Rafael Leau APLning top-klublari diqqat markazida
10 may 11:49
Yangiliklar
Rafael Leau APLning top-klublari diqqat markazida
Londonning "Chelsi" jamoasi "Milan" vingeri Rafael Leauning transferi bo'yicha norasmiy muzokaralarni boshladi.
Bu haqda "Caught Offside" xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, 25 yoshli portugaliyalik futbolchining shartnomasida tovon puli 175 mln evroni tashkil etadi, biroq Italiya klubi ancha kichikroq – 75 million evro atrofidagi shartnomaga rozi bo'lishi mumkin.
Shuningdek, Leauga Londonning boshqa bir klubi "Arsenal" ham qiziqish bildirayotgani qayd etilgan.
Rafael Leau joriy mavsum barcha musobaqalarda 48 o'yin o'tkazib, 12 ta to'p kiritdi hamda 13 ta golga assistentlik qildi. Uning "Milan" bilan amaldagi bitimi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar