So’nggi yangiliklar

19:00Суперлига. "Машъал" — "Андижон" 0:0 (матли трансляция)  11 18:41Расмус Хойлундга Германиядан даъвогар пайдо бўлди  0 17:43ПСЖ футболчиси АПЛ клуби сафига ўтди  1 17:18Суперлига. "Қўқон-1912" - "Сурхон" 1:0 (матнли трансляция)  2 16:59"Челси" — "Кристал Пэлас". Биринчи тур ўйини учун таркиблар маълум  6 16:36"Манчестер Сити" Родриго бўйича қарор қабул қилди  2 16:04ПСЖ форварди АПЛга йўл олиши мумкин  0 15:31"Нефтчи" Наманганда "Навбаҳор"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 15:13"Рома" АПЛдаги футболчини 20 млн еврога харид қилиш ҳуқуқи билан 3 млн еврога ижарага олди  2 14:41Де Хеа "Манчестер Юнайтед"га қайтиши мумкин  2 14:08"Ювентус" "Лилль" вингерини сотиб олмоқчи  0 13:25"Рома" Санчонинг молиявий талабларини қондира олмайди  0 12:45Гвардиола Эдерсон билан боғлиқ вазият ҳақида: "Агар футболчи кетишни истаса, у кетиши керак"  2 12:18ОЧЛ-2. "Андижон"нинг гуруҳдаги рақиблари ҳамда мураббий ва футболчиларнинг қуръага муносабати  21 11:55"Арсенал" бразилиялик футболчига қизиқиб қолди  0

Quvondiq Ro'ziev: “Qo'qon-1912” uchun jonimni berishga tayyorman" Yangiliklar

Quvondiq Ro'ziev: “Qo'qon-1912” uchun jonimni berishga tayyorman"

O'zining ajoyib tezligi va driblinglari bilan muxlislarimiz qalbidan joy olgan Quvondiq Ro'ziev yana bir yarim yildan so'ng jamoamizga qaytdi.

Jamoaga qaytgan Quvondiq Ro'ziev bilan faoliyati va kelajagi borasida suhbatlashdik.


- Quvondiq jamoamizga xush kelibsiz. Sizni yana Qo'qonda ko'rib turganimizdan xursandmiz.

- Avvalambor barcha Qo'qonlik muxlislarga alangali salom. Oradan bir yarim yil o'tib yana Qo'qonga qaytganimdan xursandman. “Qo'qon-1912”ga qaytishni xammadan ko'p o'zim istadim. Bosh murabbiy meni jamoaga taklif qilgach , boshqa takliflar haqida o'ylab ham o'tirmadim. CHunki meni  futbolchi sifatida tanitgan jamoa bu  “Qo'qon-1912”  bo'ladi.  Bu jamoa uchun jonimni berib o'ynashga tayyorman.

- Oradan o'tgan bir yarim yil hayotingizda qanday o'zgarishlar ro'y berdi ?

- O'tgan bir yarim yilda qanchalik qiynalganimni faqat o'zim bilaman. Futbolsiz yashash juda qiyin bo'ldi. Ertaga o'ynamasligingni bilib turib mashg'ulotlarda ishtirok etishdan qiyin narsa yo'q ekan.Bir yarim yil Qo'qondagi o'yinlarim xotirasi bilan yashadim. Tushkunlikka tushgan vaqtlarim bo'ldi. Yaxshiyam oila azolarim bor, ular menga katta ruhiy dalda bo'lishdi. O'zbekiston chempioni va kubogi sohibi bo'lgan bo'lsamda, bir yarim yil umrimni behuda yo'qotdim. Endi bunday xatoni takrorlamaslikka harakat qilaman.  O'zimga qolsa faoliyatimni so'nggigacha Qo'qonda o'ynagan bo'lardim, lekin ixtiyor menda emas edi. Yana eski darajamga chiqish, muxlislarning  yoqimli futbolchisi bo'lish uchun jonimni berishga tayyorman.


- Jamoada siz o'ynaydigan chiziqdagi raqobat etarli. Nima deb o'ylaysiz asosiy tarkibdan joy egallay olasizmi ?

- Raqobatni borligi yaxshi. CHunki raqobat bor joyda o'sish bo'ladi. Albatta asosiy tarkibdan xech kimga joy kafolatlanmagan. Men asosiy tarkibdan joy olish uchun tinimsiz menat qilishga, shu orqali murabbiy va muxlislar ishonchini oqlashga harakat  qilaman.

-“Qo'qon-1912” jamoasi 2-davrada ham etakchilar qatorida bo'ladimi, sizni fikringiz qanday ? 

- Jamoa 1-davrada juda yaxshi natijalarni ko'rsatdi. Endi ikkinchi davrada bundan ham yaxshi o'yin ko'rsatib, jadvaldagi mavqeimizni saqlab qolishimiz talab etiladi. Mana jamoaga mendan tashqari Doniyor Hasanov ham qo'shildi. Hasanov 1-davrada “Obod” jamoasining yuragi bo'ldi desam adashmagan bo'laman.  Endi  barchamiz birgalikda  “Qo'qon-1912” jamoasini sovrindorlar qatoridan o'rin olishi uchun  bor kuch g'ayratimizni ishga solamiz.

- Qo'qonlik muxlislarga tilaklaringiz.

- Barchalariga sog'lik-salomatlik, oilalariga xotirjamlik tilayman. Men ularni sog'inganman. Yana stadionimizni to'ldirib jamoamizni qo'llab turishlarini istayman. 


Akramjon Mamadaliev suhbatlashdi.


Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика