So’nggi yangiliklar

00:35Ла Лига. "Леванте" – "Реал Мадрид". Таркиблар аниқ!  3 00:30Кейн Англияга қайтмишни режалаштирмаяпти  0 23:54"Барселона"га "Камп Ноу"да ўйнашга рухсат беришмади. Стадионда хавфсизлик билан боғлиқ муаммолар мавжуд бўлиши мумкин  0 23:21Англия лига кубоги. "Ливерпуль" – "Саутгемптон" ва "Линкольн Сити" – "Челси" учрашувлари учун таркиблар аниқ  0 22:52Ўзбекистон U-16 терма жамоаси ўртоқлик учрашувида Венгрияга ютқазди  2 22:27Биринчи лига. "Локомотив"лардан 5тадан гол, Бухоро дербисида талабалар ғолиб ва бошқа натижалар  0 22:03Неймар "Олтин тўп" натижалари ҳақида: "Рафиньянинг 5-ўринда туриши - шунчаки масхарабозлик"  9 21:35U-21 биринчилиги. Пешқадамлардан дуранглар, Фарғонада 4:4 ва бошқа натижалар  0 20:54Лапорта "Реал"нинг "Олтин тўп"ни бойкот қилиши ҳақида: "Спортда ютқазишни ҳам билиш керак"  44 20:25FIFA клубларни қўллаб-қувватлаш дастурини эълон қилди. Суперлига клублари қанча пул ишлаб олади?  2 20:00Аморим: "Моуринью – португалиялик энг яхши мураббий"  0 19:38"Насаф" – "Ал Ҳилол" учрашуви чипталари қачон сотувга чиқади?  7 19:13"France Football" бош муҳаррири: "Дембеле "Олтин тўп" учун сўровномада катта устунлик билан ғалабага эришди"  7 18:45Артём Петросян: "Оддий вазиятларда тўпни йўқотяпмиз. Ҳамма ишлаган режаларимизни эсдан чиқариб юбордик"  4 18:32Шавкат Юсупов: "Олимпик" етарлича муаммолар туғдирди"  5

Quvondiq Ro'ziev: “Muxlislarimiz bor ekan, hech qaysi raqibdan qo'rqmaymiz” Yangiliklar

Quvondiq Ro'ziev: “Muxlislarimiz bor ekan, hech qaysi raqibdan qo'rqmaymiz”

Bugun Namangandagi “Markaziy” stadionning zaxira maydonida “Navbahor” jamoasi navbatdagi mashg'ulotlarga kirishdi.

Futbolchilarimiz ko'tarinki kayfiyatda shug'ullanishdi. Ushbu mashg'ulotlardan so'ng “Navbahor” safiga yangi qo'shilgan mahoratli yarim himoyachi Quvondiq Ro'ziev klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.

‑ Avvalambor, namanganlik ashaddiy muxlislarga salom! Turkiyadagi yig'inimiz ajoyib tarzda o'tdi. Klub rahbarlariga katta rahmat, barcha sharoitlarni yaratib berishdi. Mashg'ulotlarni o'zimiz o'ylagan reja asosida tashkil etdik.

Turkiyadagi o'rtoqlik uchrashuvlari haqida gapiradigan bo'lsam, albatta, bunday o'yinlarda natija muhim ahamiyat kasb etmaydi. Asosiy maqsadimiz, jamoaviy o'yinni shakllantirish edi, bir qator yoshlarga imkoniyat berildi. Xorij yig'inida yaxshi saviyadagi jamoalarga qarshi o'ynadik va o'zimizning nimalar ustida ishlashimiz kerakligi, kamchiliklarimizni aniqlab oldik.

Jamoaga ancha moslashdim, yigitlar bilan chiqishib ketdik. Bu borada Turkiyadagi yig'in menga juda asqotdi, chunki barchamiz bir joyda yashab, bir joyda ovqatlandik. SHu narsa yordam berib, futbolchilar bilan aka‑ukadek bo'lib qoldik.

No'mon Hasanov bilan, adashmasam, qariyb ikki yarim yil birga ishlaganmiz. Baxtiyor Ashurmatov bilan No'mon Hasanovning mashg'ulotlaridagi farqqa to'xtaladigan bo'lsam, Baxtiyor aka asosan jangovarlikka urg'u beradi. No'mon aka esa futbolchining mahoratidan kelib chiqib, jamoaviy o'yinni shakllantirishga intiladi.

Har ikki mutaxassisning o'ziga yarasha ustun jihatlari bor, mashg'ulotlari qiziqarli o'tadi.

Yangi mavsum taqvimi biz uchun juda qiyin keldi, desam bo'ladi. Ketma‑ket bir nechta o'yinlarni nomdor jamoalarga qarshi o'tkazamiz. Lekin hech qaysi raqibdan qo'rqayotganimiz yo'q, chunki bizning 12‑o'yinchimiz – muxlislarimiz bor, buni hamma biladi. Namanganlik ishqibozlar bizni qo'llab‑quvvatlab turishsa, bu raqiblarni bemalol enga olamiz. Xudo xohlasa, ushbu bosqichdan eson‑omon o'tib olamiz.

Jamoamiz muxlislariga oilaviy xotirjamlik tilayman, o'yinlarga kelib, stadionlarni to'ldirib turishsa, biz ham shunga yarasha ularning yuzlarini yorug' qilamiz", - deydi Quvondiq Ro'ziev. 

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.




REKLAMA



Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика