So’nggi yangiliklar

12:05"Ютқазиш ва хато қилишдан қўрқиб, мухлисларни зериктириб қўйишмаса бўлгани" — Суперкубок олдидан сўз Суперлига матбуот котибларига  0 12:01"Ливерпуль” Алиссон билан шартномани узайтирди  0 11:33"Манчестер Юнайтед" Давид Раумни нишонга олди  0 11:05Ўзбекистон Суперкубоги: “Насаф” энг кўп соврин ютган, “Пахтакор” энг кўп мағлубиятга учраган  2 10:45Макс Доуман кечаги голидан сўнг АПЛ тарихига кирди  0 10:16Финалиссима бўлиши учун Аргентина ўз талабларини қўйди, акс ҳолда...  4 09:41"Машъал" жамоа бош мураббийининг соғлиғи ҳақида маълумот берди  0 09:14Кечаги йирик мағлубиятдан сўнг "Истанбул Башакшехир" устози нималар деди?  1 09:00Ўзбекистон Суперкубоги: томошабинлар рекорди янгиланадими?  8 08:46Кечаги дурангдан сўнг Гвардиола чемпионлик учун кураш ҳақида гапирди  9 08:20Sofascore. "Истанбул Башакшехир" йирик ҳисобда мағлуб бўлган баҳсда Шомуродов неча баҳо олди?  0 07:53Sofascore. "Манчестер Сити" дуранг ўйнаган баҳсда Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  5 07:25Ўзбекистон Суперкубоги. Бугун Ўзбек "Эл Классико"си бўлиб ўтади  21 04:25Ла Лига. "Реал Мадрид" - "Эльче" 4:1. Арда Гюлер 70 метрдан гол урди  10 04:05АПЛ. "Вест Хэм" — "Манчестер Сити" 1:1  1

Quttiboev ikkinchi bosqichda ham yoshlarga ishonch bildiradi Yangiliklar

Quttiboev ikkinchi bosqichda ham yoshlarga ishonch bildiradi

Hademay, birinchi liganing ikkinchi bosqich o'yinlariga ham start beriladi.
Birinch bosqichda “G'arb” mintaqasida ishtirok etgan Nukusning “Orol” jamoasi ikkinchi bosqichda ham ishtirok etish huquqini qo'lga kiritgandi. SHu bois ayni damda jamoa o'z qarorgohida tayyorgarlikni boshlab yuborgan. Ushbu jamoaga Qoraqalpoq futbolining yorqin namoyondalaridan biri Nematullo Quttiboev ustozliq qilib kelmoqda. Kuni-kecha ushbu yosh murabbiy bilan suhbatlashganimizda, quyidagilarni bildirib o'tdi.

"Jamoamizda moliyaviy muammolar yuzaga kelganligi sababli futbolchilarga berilgan tatil biroz cho'zilib ketdi", – deya gap boshladi Quttiboev. "Yaqinda hammasi ijobiy hal etildi va yig'inni boshlab yubordik. Bilasiz, hozir ko'plab klublarda moddiy qiyinchilik bor. SHu bilan birga “Orol”da ham. Lekin boya aytganimdek, futbolchilarni o'z qarorgohimizda yig'ishga erishdik va mashg'ulotlarni o'tkazyapmiz. Ikkinchi bosqich o'yinlari boshlanishiga ham oz fursat qolmoqda. Tarkibimizda aytarli jiddiy o'zgarishlar qilinmadi. To'g'ri, hozir ko'rikdan o'tish uchun bir nechta futbolchiloar kelgan. Ular asosan ikkinchi ligada o'ynagan mahalliy futbolchilardir. Safimizni birgina Temur Turdiev tark etdi. Menga malum bo'lishicha, himoyachi oliy liga vakili “Qizilqum” tarkibiga borib qo'shilgan. Ayrim chiziqlarni kuchaytirishni rejalashtirganmiz. Xususan bitta munosib darvozabon kerak. Xolbuki, imkoni bo'lganida har bir poziciyaga o'yinchi olgan bo'lardik. Lekin shunisi aniqki, ikkinchi bosqichda ham asosan o'zimizning mahalliy yosh futbolchilarga imkoniyat beramiz".
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика