So’nggi yangiliklar

01:39ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан 11:1, Холанддан 5та гол, Англиядан йирик, Португалиядан иродали ғалаба  2 01:15АПЛда ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  0 00:44"Фенербаҳче" Моуриньюдан кейинги бош мураббийини эълон қилди  1 00:14Холанд термадаги 45-ўйинида 44-голини урди  3 23:49Халқаро ўртоқлик турнири. Ўзбекистон U-17 Марокашга мағлуб бўлди  11 23:24Меньяннинг "Челси"га ўтмагани сабаби маълум бўлди  0 22:27Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси йиғинга киришди. Олдинда Япония билан ўйин бор  3 21:36"Динамо" назорат учрашувида "Локомотив"ни ютди  2 21:13U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон Шри-Ланкани йирик ҳисобда енгди ва гуруҳда биринчи бўлди  20 20:19Владо Радманович: "Афсуски, Катанецнинг ҳозирги ҳолати яхши эмас"  28 19:59Кроос: "Германия ҳозирда катта ютуқларга эриша оладиган терма жамоалар қаторида эмас"  1 19:33Остон Ўруновдан рекорд!  9 19:05Алиризо Жаҳонбахш: "Ҳакамлик ҳақида ҳеч нима демайман"  21 18:38"Арсенал" МЮ кўзлаган футболчи учун курашда фаворит  2 18:17Мустақиллик Кубоги-2025 "Uz-Galaxy"да!  2

Qurolli bosqinchilar Roberto Badjoning uyiga bostirib kirishdi Yangiliklar

Qurolli bosqinchilar Roberto Badjoning uyiga bostirib kirishdi

Italiyada qurolli jinoyatchilar to'dasi Roberto Badjoning uyiga bostirib kirib, uning boshiga zarba berdi, deb xabar bermoqda "Corriere della Sera".

Futbolchining Altavilla-Vichentinadagi uyiga hujum 20 iyun kuni kechqurun sodir bo'ldi. O'shan mahal oila Evro-2024 doirasidagi Italiya va Ispaniya terma jamoalari o'rtasidagi o'yinni (0:1) tomosha qilayotgan edi. Jinoyatchilar Badjo va uning oilasini uydagi xonalardan biriga qamab, bir soatcha ushlab turishgan. 57 yoshli futbolchi hujumchilarga qarshilik ko'rsatishga uringan, biroq uning boshiga to'pponcha bilan zarba berilgan. Natijada u ko'p qon yo'qotgan.

Bosqinchilar butun uyni ag'dar-to'ntar qilib, soatlar, taqinchoqlar va pullarni o'g'irlab ketishgan. Zararning aniq miqdori hali hisoblab chiqilmagan.

Badjo jinoyatchilar ketganini payqagach, eshikni buzgan va policiyani chaqirgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari jabrlanuvchilardan ko'rsatmalar olib, videokuzatuv kameralarini ko'rib chiqishmoqda.

Voqeadan so'ng Badjo kasalxonaga yotqizilgan va unga bir nechta chok tushgan. Oilaning boshqa azolari jabrlanmagan.

Roberto Badjo 1993 yilda "Oltin to'p"ni qo'lga kiritgan. "Yuventus" bilan UEFA Kubogi, chempionlik va Italiya Kubogiga erishgan. Italiya terma jamoasi tarkibida futbolchi 1994 va 1990 yillarda mos ravishda Jahon chempionatlarida kumush va bronza medallarini qo'lga kiritgan.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика