So’nggi yangiliklar

03:02Конференциялар лигаси. "Кристал Пэлас" 2-ғалабасини қўлга киритди, "Динамо" Киевдан 6та гол ва бошқа натижалар  0 02:57Европа лигаси. "Астон Вилла", "Рома", "Бетис"дан ишончли ғалабалар ва бошқа натижалар  0 02:00Азизбек Эримбетов: "Кейинги баҳсда биз олдингидан-да яхшироқ ўйин кўрсата оламиз деб ўйлайман"  1 01:38Абдусамад Саидов: "Мураббийларнинг барча кўрсатмаларини бажара олганимиз учун ғалаба қозондик деб ўйлайман"  0 01:10Ислом Исмоилов: "Ирландиянинг Парагвайдан кучли томонлар бўлса борки, кучсиз томонлари йўқ"  0 00:58Роналду: "Саудиядан кўра Испанияда гол уриш осонроқ"  7 00:34U17 ЖЧ. Бельгиядан 7, Португалиядан 6 гол, Осиё термаларидан муваффақиятсизликлар  0 00:09Умар Абдулраҳмон фаолиятини якунлади  6 23:55Винисиус "Барса" билан ўйиндан сўнг Алонсодан узр сўраган  1 23:50Лео Месси: "Ҳудо менга иқтидор берган бўлса-да, мен жуда кўп нарсаларни қурбон қилдим"  4 23:23Ўзбекистон U17 Ирландияга қарши ўйин учун тайёргарликни бошлади ГАЛЕРЕЯ + ВИДЕО  0 22:59"Барселона" ҳимоячисининг бурни синди  0 22:30Аморим Роналдунинг МЮ ҳақидаги гапларига жавоб қайтарди  4 22:12Аргентина ЖЧ-2026 учун либосини тақдим қилди  1 21:49"Аякс" бош мураббийини истеъфога чиқарди  7

Qozog'istonlik futbol jurnalisti: "Bizda o'zbek futbolchilarini qadrlashadi. Olimpiadada sizning jamoangizni kuzatib boramiz" Yangiliklar

Qozog'istonlik futbol jurnalisti: "Bizda o'zbek futbolchilarini qadrlashadi. Olimpiadada sizning jamoangizni kuzatib boramiz"

Kecha bo'lib o'tgan UEFA CHempionlar ligasi saralashidan o'rin olgan "Ordabasi" - "Petrokub" (Moldova) uchrashuvida championat.asia muhbiri Nikolay Egorichev qozog'istonlik futbol jurnalisti Alim Dinasilov bilan suhbatlashdi (Metaratings.kz sayti).

- Uchrashuv haqida qanday fikrdasiz?

- Fikrimcha, "Ordabasi"da qandaydir ishonchsizlik bor edi. Axir UEFA CHempionlar ligasidagi ilk o'yin. Balki o'yin boshiyoq olingan jarohat bosh murabbiy Aleksandr Sednyovning rejalarini o'zgartirib yuborgandir. Qayd etish lozimki, "Petrocube" -  munosib raqib. Jamoa u erda mashhur "SHerif"ni mag'lub etib, Moldaviya chempionligini qo'lga kiritgan. Bu oson bo'lmaydi, lekin "Ordabasi" keyingi bosqichga chiqishiga ishonaman. 

- CHimkentda mahalliy muxlislarning o'yinga bo'lgan qiziqishini oshiradigan hech qanday lavha yoki bannerlar yo'qligiga etibor berdim...

- Darhaqiqat, bunday narsalar bo'lmadi. Lekin o'yinga qiziqish juda katta edi. Barcha chiptalar sotildi. To'g'ri, stadion 100 foizga to'lgani yo'q. Menimcha, bu olib-sotarlar bilan bog'liq. Bannerlarga kelsak, shuni aytishim mumkinki, Qozog'iston terma jamoasining UEFA Millatlar ligasi doirasidagi o'yinida Greciyada bo'lganimda ham shaharda reklama yo'q edi. Hozirda ijtimoiy tarmoqlar va media-marketingga ko'proq etibor qaratilmoqda.

- "Ordabasi"dagi o'zbekistonlik futbolchilar - SHaxboz Umarov va Jasur Yaxshiboev haqida qanday fikrdasiz?

- Qozog'istonda o'zbek futbolchilariga juda yaxshi munosabatda bo'lishadi. Ular qadrlashadi va hurmat qilishadi. O'zbekiston terma jamoalari so'nggi yillarda katta yutuqlarga erishdi. O'zbek futboli qozoq futboli bilan raqobatlasha oladi, hatto bazi jihatlarda o'zib ham ketdi. Umarov va Yaxshiboevga kelsak, ular Qozog'iston chempionlari safida o'ynashadi. Bu esa ko'p narsadan darak beradi. O'tgan yili Bobir Abdixoliqov ham o'ynab, chempionlikka o'zining katta hissasini qo'shdi. Yaxshiboev esa bu mavsum keldi va yaxshi o'yin ko'rsatmoqda. U Evropada o'ynagan va bu darajasidan dalolat beradi. Yaxshiboev Islamxan va Tagibergenlar kabi "Ordabasi" etakchilaridan biri.

- Qozog'istonda, xususan, CHimkentda O'zbekiston terma jamoasiga munosabat qanday? CHunki mamlakatimizda ko'pchilik Qozog'iston terma jamoasini UEFA Millatlar ligasi o'yinlarida va Evro-2024 saralashida qiziqish bilan kuzatishgan va muxlislik qilgandi.

- Kuzatishadi albatta. Lekin katta etibor bilan emas. CHunki O'zbekiston Osiyo Futbol Konfederasiyasida o'ynaydi. Balki Qozog'iston ham Osiyoda o'ynaganida ko'proq kuzatishardi. Fursatdan foydalanib, O'zbekiston olimpiya terma jamoasini Olimpiadaga yo'l olgani bilan tabriklayman. O'zbekiston yoshlar va yoshlar terma jamoalari Qozog'iston jamoalaridan farqli o'laroq, yaxshi natijalar ko'rsatmoqda. Bu borada o'zbek futboli bizdan oldinda. Sizda juda kuchli avlod etishib chiqmoqda. O'zbekiston - bizning qo'shnimiz, birodarimiz. SHuning uchun Parijdagi o'yinlarda sizning Olimpiya terma jamoangizni ham kuzatamiz. 

- Hozirgi O'zbekiston terma jamoasining qaysi futbolchilarini bilasiz?

- SHomurodov, Fayzullaev, Husanov. Men Vitaliy Denisov Rossiyada o'ynaganida ham uni kuzatardim.  Oldin Qozog'istonda o'ynaganlarni ham yaxshi eslayman: Kapadze, Geynrix, Baqoev, Sergeev. SHuningdek, Jaloliddinovni ham eslayman - u "Qayrat"da o'zining bor imkoniyatlarini ko'rsata olmadi, lekin u juda aqlli va texnik tomonlama kuchli futbolchi ekanligi ko'rinib turardi. 

- Sizningcha, nima uchun o'zbek futbolchilari Qozog'istonda o'ynaydi, lekin O'zbekistonda qozoq futbolchilari yo'q?

- Menimcha, bu ham O'zbekistonning Osiyoda o'ynashi bilan bog'liq. Bu erda evrokuboklarga chiqish uchun kurash bor. Agar etibor bergan bo'lsangiz, qozoq futbolchilari o'z mamlakatidan tashqarida juda kam. Hatto Evropada ham ular ko'p emas. Balki yaqin orada futbolchilarimiz O'zbekistonga borishar. Sizda baribir yaxshiroq infratuzilma, yaxshiroq stadion va sifatli maydonlar bor.


Nikolay Egorichev suhbatlashdi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика