Qozog'iston klubi "Al Nassr" futbolchisi transferini elon qildi
25 jan 2023 20:01
Yangiliklar
Qozog'iston klubi "Al Nassr" futbolchisi transferini elon qildi
“Astana” Gambiya terma jamoasi hujumchisi Dembo Darbo transferini elon qildi.
24 yoshli futbolchining huquqlari BAAning “Al Nassr” klubiga tegishli.
Gambiyalik futbolchi ijara shartnomasi asosida Qozog'iston klubiga ko'chib o'tdi.
Darbo 2022 yilning yozida Belarusning "Soligorsk" klubidan "Al Nassr"ga o'tgandi. Jamoa safida u 16 o'yinda 3 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. "Al Nassr" va Darbo o'rtasidagi shartnoma 2025 yilning yozida yakuniga etadi. Hujumchi 2021 yil Gambiya terma jamoasida debyut qilgan va hozirgacha beshta o'yin o'tkazgan.
Malumot uchun, o'zbekistonlik yarim himoyachi Jaloliddin Masharipov BAA emas, Saudiya Arabistonining "Al Nassr" klubi sharafini himoya qiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar