So’nggi yangiliklar

07:58"Интер" "Ланс" ярим ҳимоячисини сотиб олди  0 07:35Суперлига. "Андижон" – "Пахтакор" ўйинида 8 та гол урилди ва "шерлар" ғалаба қозонди. "Қизилқум" – "Бунёдкор" баҳсида эса дуранг  4 07:30"Манчестер Сити"нинг яна бир ҳимоячи жамоани тарк этиши мумкин  0 01:56АПЛ. "Челси" дербида "Вест Хэм"ни аямади  5 01:39Франция. ПСЖ яна кичик ҳисобда ғалабага эришди  0 01:29Бундеслига старт олди: мавсумнинг илк ўйинида "Бавария" "Лейпциг"ни янчиб ташлади, Кейндан хет-трик!  7 00:49Бошланғич таркибдаги Палмер нима сабабдан дербида қатнашмаяпти?  0 00:30ЖЧ-2026га қуръа қачон ва қаерда ташланиши маълум!  5 00:02Акмал Рустамов: "Юзага келган вазиятлардан фойдаланганимизда 3-4та тўп фарқи билан ютишимиз мумкин эди"  3 23:46Илёс Зейтуллаев: "Бунёдкор" ПФЛ тақдим этаётган тақвимни ҳурмат қилади"  0 23:28Байиндирнинг хатосидан кейин МЮнинг режалари ўзгарди  5 22:59Абдурауф Бўриев: "Мураббийлар берган тактикани яхши бажардик"  4 22:30Ҳожимат Эркинов: "Андижонлик мухлисларга раҳмат, яхши атмосфера яратиб беришди"  6 22:08Максим Шацких: "Жамоамизда "Андижон" даражасига мос бўлмаган футболчилар бор"  60 21:58Суперлига. Қизил карточка кўрсатилган ва гол инобатга олинмаган ўйинда "Қизилқум" ва "Бунёдкор" муросага келди  23

Qosimov navbatdagi yig'iniga 26 nafar futbolchini jalb etdi Yangiliklar

Qosimov navbatdagi yig'iniga 26 nafar futbolchini jalb etdi

Mirjalol Qosimov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi 20 iyul kuni Toshkentda o'zining navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inini boshladi.
Terma jamoa bosh murabbiyi mazkur yig'inga jami 26 nafar futbolchini chaqirgan.

Takidlash joiz, Qosimov ushbu yig'inda 1991, 1992 va undan keyingi yillarda tug'ilgan futbolchilardan iborat tarkibni sinovdan o'tkazadi. Boisi, ushbu futbolchilar orasidan shu yilning sentyabr-oktyabr oylarida Koreyaning Incheon shahrida start oladigan Osiyo O'yinlarining futbol musobaqasida ishtirok etadigan tarkib saralanadi. Eslatib o'tamiz, Osiyo O'yinlarida 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar ishtirok etishi belgilangan.

Mazkur yig'in davomida terma jamoa azolari 4ta nazorat uchrashuvida maydonga tushishi rejalashtirilgan. Jumladan, 22 iyul kuni Navbahor klubiga qarshi sinov-nazorat uchrashuvi bo'lib o'tsa, oradan ikki kun o'tib, 24 iyul kuni Metallurg klubiga qarshi uchrashuv o'tkaziladi. 26 iyul kuni rejaga ko'ra Toshkentning Paxtakor va 28 iyul kuni Olmaliq klublariga qarshi nazorat uchrashuvlari o'tkaziladi.

Malumot o'rnida, terma jamoa yig'iniga chaqirilgan Paxtakor himoyachisi Davron Hoshimov betobligi bois mazkur yig'inni o'tkazib yuboradigan bo'ldi. Uning o'rniga Ulug'bek Dadaboev yig'inda ishtirok etadi.

20-28 iyul kunlari bo'lib o'tadigan milliy terma jamoa yig'iniga chaqirilgan futbolchilar ro'yxati:

Darvozabonlar:
 Muhiddin Xudoyorov (Andijon)
 Abdukarim Muhammedov (Bunyodkor)
 Eldorbek Suyunov (Nasaf).

Himoyachilar:
 Salim Mustafoev (Lokomotiv)
 Bobur Yo'ldoshev (Lokomotiv)
 Sardor Rahmonov (Lokomotiv)
 SHerzod Fayziev (Mashal)
 Javlon Mirabdullaev (Andijon)
 Azamat Isroilov (Olmaliq)
 Egor Krimec (Paxtakor)
 Akbar Ismatullaev (Paxtakor)
 Vladimir Kozak (Paxtakor)

Yarim himoyachilar:
 Azim Ahmedov (Navbahor)
 Pavel Smolyachenko (Neftchi)
 Sardor Mirzaev (Lokomotiv)
 Diyor Turopov (Olmaliq)
 Jamshid Iskanderov (Paxtakor)
 Sardor Sobirxo'jaev (Bunyodkor)
 Sardor Rashidov (Bunyodkor)
 Alibobo Rahmatullaev (Bunyodkor)
 Dilshod Jo'raev (Bunyodkor)
 Farrux Sayfiev (Nasaf)
 Ulug'bek Dadaboev (Nasaf)

Hujumchilar:
 Navro'zbek Olimov (Qizilqum)
 Igor Sergeev (Paxtakor)
 SHahzod Nurmatov (Metallurg)
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика