So’nggi yangiliklar

14:491995 йилги Нигерия билан ўйинлар, Кападзенинг дебюти, Наманганда меҳмон Уганда — Африка вакиллари билан ўйинларни эслаймиз  0 14:29Қатар ва Саудия Арабистони клублари Модричга даъвогарлик қилмоқда  0 14:00Абрамовнинг "Динамо"си тарих остонасида: ким совринли ўринлардан четда қолади?  1 13:38Меҳди Тареми: "Ўзбекистон даражаси нуқтаи назаридан кичик жамоа эмас, улар жуда сифатли футбол кўрсатади"  4 13:10Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди  7 12:52"Севинч" — 17 карра Ўзбекистон чемпиони!  2 12:31Рафинья индивидуал машғулотларга қайтди  1 12:04Миср етакчиларидан бири Ўзбекистонга қарши ўйнамайди  1 11:43Сака "Арсенал"нинг чемпионлиги ҳақидаги гап-сўзларга эътибор бермаслиги айтди  0 11:20Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Миллий футбол марказида ўқув-машғулот йиғинига киришди  5 10:44"Манчестер Юнайтед" Германия терма жамоаси ҳужумчисини нишонга олди  0 09:53Месси шарафига "Камп Ноу"да унинг ҳайкали ўрнатилади  6 09:26Португалия терма жамоаси устози Роналдунинг қизили ҳақида фикр билдирди  12 09:20Испания терма жамоасининг собиқ бош мураббийи: "Бундай хатти-ҳаракатлари билан Ямал чўққида узоқ туролмайди"  9 09:00Мбаппе ушбу натижага эришган тарихдаги иккинчи футболчи  4

Qosimov Baqoevni yuta oladimi yoxud AGMK - "So'g'diyona" uchrashuviga prevyu Yangiliklar

Qosimov Baqoevni yuta oladimi yoxud AGMK - "So'g'diyona" uchrashuviga prevyu

Teglar :  So'g'diyonaAGMK
Har qanday ibtidoning intihosi bor. Ko'z ochib yumgunimizcha 2021 yilgi Superliga bahslari finish marrasiga etib keldi.

Tabiiyki finishga birinchilardan bo'lib muddatidan avval "Paxtakor" etib keldi. AGMK, "Nasaf", "So'g'diyona" esa ikkinchi, uchinchi bo'lib etib kelish yo'lida mavsum davomida bir-birlari bilan ancha kurashishdi. Endi esa xulosa yasaydigan palla, xo'sh kumush egasi kim? Bu savolga biz ertaga Olmaliqda bo'lib o'tadigan AGMK - "So'g'diyona" uchrashuvi orqali bilib olamiz. 

O'zaro o'yinlar 

SHu kungacha jamoalar o'zaro 26 marotaba to'qnash kelishgan bo'lib (1ta o'yin kubok), AGMK 8ta, "So'g'diyona" 10ta g'alabani tantana qilgan. Qolgan 8ta uchrashuvda tomonlar durangga imzo chekishgan. Olmaliqliklarning eng yirik g'alabasi 4:1, 3:0. Jizzaxliklarning eng yirik g'alasi 5:2. 

Birinchi davradagi o'yin. 

SO'G'DIYONA – AGMK 0:0

Hakamlar: Ilgiz Tantashev, Andrey Capenko, Timur Gaynulin, Nayim Qosimov

Nazoratchi: Bobur Haydarov

Komissar: SHohruh Said

Boshlanish vaqti: 20:00

"So'g'diyona": 27.Milan Mitrovich, 2.Sardor Qulmatov, 4.Elyor Orifov(28.Ergash Ismoilov,46), 5.Ayubxon Nomanov, 6.Iskandar SHaykulov (18.Darko Stanoevich,84), 10.SHohruz Norxonov, 11.Jasur Hasanov (14.Daniel Nasriddinov,87), 17.SHahboz Jo'rabekov, 19.Javohir Qahramonov (77.Sahob Rashidov, 70), 31.Luka CHermel, 93.Marko Kolakovich.

Zaxira: 1.SHirinboy Abdullaev, 37.Alisher Pirmatov,   25.Nodirbek Qo'yboqov,  63.Asil Begimqulov, 88.Muhsin Bozorov.

AGMK: 35.Valijon Rahimov - 77.Dilshod Ahmadaliev, 8.Bobur Yo'ldoshev, 7.Sardor Rahmonov, 11.Murod Toshmatov - 5.Dilshod Jo'raev ( 27.Martin Boake,82), 17.Sanjar Tursunov, 22.Sanjar SHoahmedov (4.Mirjamol Qosimov,70 )- 28.SHohruh Gadoev, 18.Aleksandr Kasyan (9.Zafar Polvonov,82), 10.Husniddin G'ofurov (23.Yovan Jokich, 70).

Zaxira: 1.Botirali Ergashev, 32.Suhrob Sultonov - 15.Abbos Otaxonov, 20.Mirg'iyos Sulaymonov, 42.Nodir Abdurazzoqov.

Ogohlantirish: Elyor Orifov (45), Iskandar SHaykulov (75)



FAKT! AGMK Mirjalol Qosimov kelganidan beri  "So'g'diyona"ni yuta olmayapti 

AGMK 2019 yilda Mirjalol Qosimov bosh murabbiyligiga o'tganidan beri 5 marotaba "So'g'diyona" bilan o'ynadi. Ularning 3tasida durang, 2tasida esa "bo'rilar" g'alabani o'z tomoniga og'dirganini aytish joiz. 

19.05.2019. AGMK - "So'g'diyona" 0:2

27.08.2019. "So'g'diyona" - AGMK 1:0

07.03.2020. "So'g'diyona" - AGMK 1:1

17.09.2020. AGMK - "So'g'diyona" 1:1

31.07.2021. "So'g'diyona" - AGMK 0:0 


So'nggi o'yinlardagi kayfiyat va turnir jadvali 

Qiziq holat, AGMK ham, "So'g'diyona" ham so'nggi uchrashuvlarini "Nasaf"ga qarshi o'tkazishdi. "Ajdarlar" Jizzaxda kechgan bahsda so'nggi daqiqalarda mag'lubiyatdan qutulib qolgan bo'lsa, Mirjalol Qosimov shogirdlari O'zbekiston kubogi yarim finalida alamli mag'lubiyatga uchradi. Ko'rinib turibdiki kayfiyat ikki jamoada turlicha. 

Superligada ikkinchi o'rin masalasi hamon ochiq. Kumush medallarni kim qo'lga kiritadi?


Jamoalardagi yo'qotishlar 

Kecha malum qilganimizdek, ertangi o'yinda maydon egalariga Sanjar Tursunov sariq kartochkalari 4taga etgani bois yordam bera olmaydi. Mehmonlarda ham Sardor Qulmatovning sariq kartochkalari 4taga etgani bois uchrashuvni o'tkazib yuboradigan bo'ldi. 


Hakamlar haqida  

Kumush medal uchun kechadigan masuliyati yuqori bo'lgan bellashuvni boshqarish Zokir Qodirov boshqaruvidagi hakamlar brigadasiga ishonib topshirildi. Tajribali referi bu mavsum "So'g'diyona" ishtirokidagi o'yinni boshqargani yo'q. AGMK jamoasining safarda "Surxon"ga qarshi o'tkazgan o'yinida Zokir Qodirov ishlagan. Unda esa olmaliqliklar safardan 1:0 hisobida g'alaba bilan ortga qaytgan. 

AGMK – SO'G'DIYONA

27.11.2021. OKMK sport majmuasi.15:00

Hakamlar: Zokir Qodirov, Husniddin SHodmonov, Doniyor Saylalov, Doston Mirzaraimov

Nazoratchi: Marat Ismailov

VAR hakami: Akobirho'ja SHukurullaev

VAR assistent: Aleksandr Sidorov

VAR nazoratchisi: Vladislav Ceytlin

Komissar: Laziz Qo'chqorov



Abdulaziz Iskandarov

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика