So’nggi yangiliklar

20:15ЕЧЛда ҳафта футболчиси аниқ бўлди  1 19:56"Брюгге" клуби президенти: "Биргина "Барселона" футболчисининг нархи бутун жамоамизники билан тенг"  1 19:35Ислом бирдамлиги ўйинлари. Ўзбекистон Озарбайжонга нақд 13 та гол урди!   1 19:17Суперлиганинг 27-тур учрашувларида ҳакамлик хатолари кузатилдими?  2 18:59Расман: Де Росси А Серия клубида иш бошлади  2 18:32Суарес дисквалификация қилинди  4 18:00"Барселона" Бельгияда мағлуб бўлмагани ҳам аслида бир мўъжиза  4 17:35Исмоил Акинаде: "Бутун эътибортимизни кейинги икки ўйинга қаратамиз ва плей-оффга чиқишга ҳаракат қиламиз"  2 17:04Гвардиола: "Агар яна 1-2 та ғалабага эришсак, умумий босқични кучли саккизликда якунлаймиз"  5 16:35Про лига. "ФарДУ" Нукусда қийин ғалабага эришди  1 16:22"Барселона" мухлислари автобуси ёниб кетди  0 15:46"Ливерпуль" қишда йирик трансферга қўл уради  6 15:13Про лига. 20-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  3 14:56Эшитдик-да! ЎФА қўмитаси "Навбаҳор"дан 3 очко олиб ташлади   25 14:34"Челси" ярим ҳимоячиси яна жароҳат олди  0

Qo'shni mamlakatlar chempionatlaridagi g'oliblar, to'purarlar va o'zbekistonlik legionerlar Yangiliklar

Qo'shni mamlakatlar chempionatlaridagi g'oliblar, to'purarlar va o'zbekistonlik legionerlar

Qo'shni mamlakatlarda ham 2022 yilgi mavsum nihoyasiga etdi.

Qozog'iston chempionati

"Astana" Qozog'istonning so'nggi mavsumdagi chempioni sanaladi. Arslon Beshpaev shogirdlari 26 o'yinda 53 ochko jamg'ardi. Bir ochko kam jamg'argan "Aktobe" kumush medallar sohibiga aylangan bo'lsa, 47 ochko bilan "Tobol" kuchli uchlikdan o'rin oldi. "Astana"ning portugaliyalik hujumchisi Pedro Eujeniu 18 ta gol bilan to'purarga aylandi. "Tobol"ning o'zbekistonlik hujumchisi Igor Sergeev esa 9 ta gol urdi.

O'zbekistonlik legionerlar

Odil Abdumajidov, SHahboz Umarov (ikkalasi ham — "Ordabasi"), Igor Sergeev ("Tobol")


Tojikiston chempionati

Dushenbening "Istiqlol" klubi ketma-ket 9-marta mamlakat chempioniga aylandi. Xodadad Azizi shogirdlari katta ustunlik bilan ikkinchi o'rindagi "Ravshan"ni (13 ochkolik farq) ortda qoldirdi. Kumush medal sohiblaridan bir ochko kam jamg'argan "Xo'jand" esa uchinchi o'rin bilan kifoyalandi. CHempionlar etakchisi Manuchehr Jalilov turnirning eng yaxshi futbolchisi hamda to'purari (16 ta gol)ga aylandi.

O'zbekistonlik legionerlar

Olim Karimov, SHahzod Mamurjonov, Sanjar Rixsiboev, Jahongir Safarov (barchasi — "Esxata"); Oybek Axmatov, Jafar Ismoilov, Mirzohid Jalilov, Ismoil Ohunjonov, Javohir Rasulov, Otabek Zokirov (barchasi — "Istaravshan"); Jamshid Xomidov, Rustam Qo'chqorov (ikkalasi ham — "Xatlon"); Firdavs Abdusalimov, Xushnudbek Bozorov, Dinmuhammad Ochilov, Samandar Ochilov, SHahboz Salimbaev (barchasi — "Xo'jand"), SHahzod Abdurahimov, Muhriddin Ahmedov, Behruz Dustmurodov, Javohir G'aybullaev, Jahongir Qurbonboev, Mirjalol Qurbonov, Sardor Matmurodov (barchasi — "Ravshan Zafarobod"); Hakim Alamxonov, Jasur Qurbonov, Mirkomil Lokaev, Anvar Murodov, Sergey Proxorov (barchasi — "Regar-TadAZ")


Qirg'iziston chempionati

O'tgan yili kumush medallarga ega chiqqan "Abdish-Ata" bu gal "Dordoy"ning to'rt yillik seriyasiga barham berdi hamda o'z tarixida ilk bor mamlakat chempionligini qo'lga kiritdi. Jeylan Arikan shogirdlari yaqin takibchisi "Alay"ni 9 ochkoga ortda qoldirdi. Uchinchi o'rin esa "Alga" klubiga nasib etdi. "Alay" futbolchisi Emmanuel Yagr chempionat to'purariga aylandi. "Abdish-Ata" futbolchisi Atay Jumashev esa turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

O'zbekistonlik legionerlar

SHerzodbek Abduraimov, Murodjon To'ychiboev (ikkalasi ham — "Alay"); Timur Talipov ("Dordoy"); Saidjamol Davlatjonov, Kamron Najafaliev, Hasan Yo'ldoshev, Azamat Jumaboev (barchasi — "Kaganat"); Azamat Abdullaev ("Neftchi"); Sardor Ablaev, Jamshid Qobulov, Mirzohid Mamatxonov, Doston Rashidov, Dilshod Umrzoqov ("Nur-Batken")


Turkmaniston chempionati


"Axal" klubi ko'p yillik chempion "Altin Asir"ni katta farq bilan ortda qoldirgan holda mamlakat chempioniga aylandi va Osiyo CHempionlar ligasida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi. Bronza medallariga “Merv” klubi ega chiqdi. "Kopetdag"ning 24 yoshli yarim himoyachisi Begench Akmamedov chempionatning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. "Axal" futbolchisi Didar Durdiev 27 ta gol bilan to'purarga aylandi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика