So’nggi yangiliklar

02:01А Серия. "Ювентус" "Верона"ни мағлуб этолмади, "Милан" эса йирик ҳисобда ғалаба қозонди   10 00:55Вадим Абрамов: "Захирадан тушганлар ўйинни кучайтира олмади"  1 00:50АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Челси"дан устун келди, манчестерликлар рақиб 10 киши бўлиб қолганда иккита гол уришди  59 00:31"Яхшигина "тўда" йиғилди. Сервер Жепаров - "Афсоналар кубоги" ва УЕФА мураббийлик лицензияси учун ўқиш ҳақида  1 00:06Вадим Абрамов: "Захирадан тушганлар ўйинни кучайтира олмади"  4 23:50ОПЛ. "Сабаҳ" ўз уйида ишончли ғалабага эришди, Раҳмоналиев 90 дақиқа ҳаракат қилди  4 23:27Тимур Кападзе - Англияда. Мутахассис у ерда нима қилмоқда?  19 22:59Александр Хомяков: "Нимани режа қилган бўлсак, ҳаммаси ўхшади"  7 22:50Суперлига. "Навбаҳор" "Бухоро"га йирик ҳисобда ютқазди, "Қўқон-1912" эса "Хоразм" билан дуранг ўйнади  5 22:32Сергей Лушчан: "Ҳассага таянган кампир майдонга чиқса ҳам олтита гол урарди"  27 22:15Ҳаким Фузайлов: "Агар гол урмасак керакли очколарни қўлга кирита олмаймиз"  1 21:44Баҳром Ҳайдаров: "Дуранг бизни ҳам, рақибни ҳам қониқтирмади"  1 21:28Ла Лига. "Реал" тўхтамаяпти, Алонсо жамоаси бешинчи ўйинда ҳам ғалаба қозонди  24 21:15Суперлига. "Нефтчи" марказий тўқнашувда "Динамо"дан устун келди ва пешқадам "Насаф"га анча яқинлашди  81 21:05Бундеслига. "Бавария" меҳмонда "Хоффенхайм"ни қийинчиликсиз таслим этди  3

Qo'qonlik bolalar futbol bo'yicha Respublika turnirida sovrindor bo'lishdi Yangiliklar

Qo'qonlik bolalar futbol bo'yicha Respublika turnirida sovrindor bo'lishdi

Teglar :  Qo'qon
1-7 noyabr kunlari, Buxoro shahrida 2005-2010 yillarda tug'ilgan bolalar o'rtasida, “O'zbekiston Respublikasi konstitutciyasi kuni”ga bag'ishlangan futbol turniri bo'lib o'tdi.

Turnirda respublikamizning turli viloyatlaridan futbol akademiyalari hamda futbol maktablarining tarbiyalanuvchilari ishtirok etishdi.

Mazkur turnirda Qo'qon shahridagi “Ahmadxon” futbol maktabining 2009-2010 yillarda tug'ilgan futbolchilardan iborat bo'lgan jamoasi ham ishtirok etib, sovrinli o'rin hamda kubok bilan qaytishdi.

Qo'qonlik taniqli futbolchi Rustamjon Azamov murabbiyligidagi bolalar kecha “Ahmadxon” sport kompleksi rahbarlari, “Qo'qon-1912” futbol klubi murabbiylari hamda bolajonlarning ota-onalari tomonidan karnay-surnay sadolari ostida, tantanali ravishda kutib olindi. Yosh futbolchilarga kompleks rahbarlari hamda “Qo'qon-1912” jamoasi murabbiylari tomonidan gullar hamda esdalik sovg'alari taqdim qilindi.

Bolajonlarni “Ahmadxon” sport kompleksi rahbari SHavkatjon SHaripov hamda “Qo'qon-1912” jamoasi bosh murabbiyi Baxtiyorjon Ashurmatovlar qizg'in tabrikladilar. Ularga kelajakda omad tilab, Qo'qon shahri shanini , respublikamiz shanini turli musobaqalarda munosib himoya qilishlariga ishonch bildirdilar.

- Qo'qon shanini munosib himoya qilib kelganlaringdan juda xursandmiz. Murabbiylar, ota-onalar nomidan sizlarga katta rahmat. O'ylaymanki bu g'alabalar hali davomli bo'ladi. Ishonamizki kelajakda bundanda katta zafarlarga erishasizlar. Sizlar “Qo'qon-1912” jamoasining hamda respublikamiz futbolining kelajagisizlar. Kelajakda mana shu yo'sinda mehnat qilishdan to'xtamasalaring mamlakatimizning turli yoshdagi terma jamoalarida, chet el klubalarida to'p surish imkoniga ega bo'lasizlar. Sizlarga kelgusi faoliyatlaringda omad tilayman. Hech qachon jarohat olmanglar. Sovg'a sifatida jamoamiz futbolchilarining imzolari tushirilgan ushbu futbol to'pini qabul qilasizlar- dedi jumladan Baxtiyor Ashurmatov.

Buxorodagi turnirning “eng yaxshi murabbiy” nominaciyasida “Ahmadxon” futbol klubi murabbiyi Rustamjon Azamov g'olib deb topildi.
- Jamoamiz Buxorodagi turnirda “Xorazm-Mashal”, “Buxoro”, “Nasaf” va “Marg'ilon” kabi futbol akademiyalari tarbiyalanuvchilari ustidan g'alaba qozonib , musobaqa g'oliblari safidan o'rin oldi. Bolalarimiz qilgan mehnatlarimizni ro'yobga chiqarib, yuzimizni yorug' qilgani bizni xursand qildi. Turnirda turli nominaciyalar bo'yicha sovrindorlar aniqlandi. Quvonarlisi “Ahmadxon” futbol maktabimiz bolajonlari eng ko'p sovrinlarni qo'lga kiritishdi. Musobaqaning “eng yaxshi yosh futbolchisi” SHakarov Zohirshoh, “eng yaxshi himoyachisi” Mansurov Muhammadrizo, “eng yaxshi yarim himoyachisi” Zayniddinov Muhammadrashod, “eng yaxshi hujumchi” nominaciyasida esa Jo'raboev Ayubxonlar g'olib bo'lishdi. “Ahmadxon” futbol maktabida tajribali murabbiylar Bahrom aka Xakimov, Bahrom Azimov, Ravshan Tursunov kabi murabbiylar bilan birgalikda turli yoshdagi bolalar bilan ishlayapmiz. “Qo'qon-1912” jamoasi murabbiylari Baxtiyor Ashurmatov , Zohid Nurmatovlar ham bizga betibor emaslar. Ular ham mashg'ulotlarimizga kelib o'zlarining maslahatlarini berib borishadi. Bu erda rahbarimiz SHavkatjon aka SHaripov hamda Asqar aka Usmonovlar bizga hamda bolalarga mashg'ulotlar o'tkazish, musobaqalarda ishtirok etish uchun barcha sharoitlarni yaratib berishmoqda. Oldinda rejalarimiz katta. Yaqinda Qozog'iston respublikasida bolalar o'rtasida halqaro musobaqa bo'lib o'tadi. Hozirgi kunlarda mana shu musobaqada ishtirok etish uchun tashkilotchilar bilan muzokaralar olib boryapmiz. Maqsadimiz Qo'qon futboliga , O'zbekiston futboliga munosib futbolchilarni etishtib berish –dedi Buxorodagi turnirning eng yaxshi murabbiyi deb topilgan Rustamjon Azamov.

Tadbir so'nggida tashkilotchilar tomonidan dasturxon yozilib , yosh futbolchilar hamda murabbiylari sharafiga ziyofat berildi.



Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика