So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

"Qo'qon-1912" - "Buxoro". Prevyu Yangiliklar

"Qo'qon-1912" - "Buxoro". Prevyu

Bugun O'zbek futboli vatani Qo'qon shahrida Superliganing yangi mavsumi boshlanadi.

“Qo'qon-1912” 1-tur o'yinini o'z maydonida “Buxoro” jamoasiga qarshi o'tkazadi. O'yin “Markaziy” stadionda soat 15:30da boshlanadi.

O'zaro o'yinlarga oid faktlar

Ushbu jamoalar milliy chempionat doirasida bungacha o'zaro 28 marotaba uchrashgan. SHulardan 10ta o'yinda Qo'qonliklarning qo'li baland kelgan. 3ta o'yinda o'zaro durang qayd etilgan. 15 o'yinda “Buxoro” jamoasi g'alaba qozongan. O'zaro o'yinlarda darvozalarga 91ta gol urilgn. To'plar nisbati bo'yicha ustunlik "Buxoro" tomonida – 53:38. O'zaro o'yinlarda "Qo'qon-1912" 37, "Buxoro" 48 ochko jamg'argan.

Yana bir etiborli malumot: Bu jamoalarning 2000 yilgi mavsumda Qo'qon shahrida bo'lgan o'yinida "Buxoro" yirik 6:1 hisobida g'alaba qozongan, qizig'i mehmonlarning barcha oltita golini ham xozir "So'g'diyona" jamoasini boshqarayotgan Ulug'bek Baqoev urgan.

Mazkur jamoalar o'rtasidagi o'tgan yili Qo'qonda o'tishi kerak bo'lgan o'yin stadion maysasi mavsumga tayyor bo'lmagani uchun Farg'onadagi "Istiqlol" stadionida o'tkazilgan. Unda “Buxoro” 3:1 hisobida zafar quchgan. Gollarni "Buxoro"dan Asadbek Sobirjonov, Doston Ibragimov va Ivan Nagaev, qo'qonliklardan esa Murod Xolmuxamedov penaltidan urgan. Ikkinchi davrada, Buxoroda o'tgan o'yinda Murod Xolmuhamedovning penaltidan urgan yagona goli "Qo'qon-1912"ga g'alaba keltirgan edi.

"Qo'qon-1912" maydonida o'tkazilgan so'nggi beshta uchrashuv:
14.04.2019. Qo'qon 1912 – Buxoro - 1:3
22.05.2018. Qo'qon 1912 – Buxoro - 1:2
26.05.2017. Qo'qon 1912 – Buxoro - 2:1
09.04.2016. Qo'qon 1912 – Buxoro - 0:1
02.05.2015. Qo'qon 1912 – Buxoro - 2:1

O'yin rasmiylari

Hakamlar: Timur To'xtasinov, Rasuljon Fozilov, Maksim Nexochin, Rahimbek Karimov
Nazoratchi: Sayfiddin Irmatov
Komissar: Erkin Baxtiyorov

“Qo'qon-1912” – “Buxoro” uchrashuvi bugun, 28 ferval kuni “Markaziy” stadionda soat 15:30da start oladi. Uchrashuv paytida Qo'qonda havo harorati 10-12 daraja iliq bo'lishi kutilayapti. Bu futbol o'ynash uchun ham, o'yinni stadionga kelib ko'rmoqchi bo'layotgan muxlislar uchun ham juda ideal havo.


Qo’qon-1912

Murod Xolmuhamedov - 17', Murod Xolmuhamedov - 68', Quvondiq Ro'ziev - 85'

Superliga. 1-tur

28/02/2020, 15:30

0
:
3
Tugadi

Buxoro

45'
90'
17'  Murod Xolmuhamedov
64'  Sardor Azimov (Avazxon Mamatxo’jaev)
68'  Murod Xolmuhamedov
79'  Shohnazar Norbekov (Iqbol Malikzhonov)
85'  Quvondiq Ro'ziev
85'  Suhrob Berdiyev
86'  Otabek Haydarov (YAkuba Bamba)
58'  Anvarzhon ZHo'raev
64'  Anvarzhon ZHo'raev (Jasur Hakimov)
73'  Mirzhalol ZHumaev (Jasur Hasanov)
76'  Zohir Pirimov (Abbosbek ZHumaqulov)
83'  Jaba Lipartiya


Farhodjon Uzoqov tayyorladi

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика