So’nggi yangiliklar

21:06Суперлига. Бир киши кам бўлиб қолган "Пахтакор" "Нефтчи"ни мағлуб этди  172 21:03"Бешиктош" — "Истанбул Башакшехир". Таркиблар маълум  3 20:36"Вест Хэм" — "Тоттенхэм". Таркиблар маълум  0 20:13"Ювентус" — "Интер". Таркиблар маълум  3 20:04"Персеполис" — "Фулад". Таркиблар маълум  3 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  10 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  17 18:41"Реал Сосьедад" — "Реал Мадрид". Таркиблар маълум  37 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0

"Qo'qon-1912" Toshkentda yig'inni boshladi. Tarkibda yangi nomlar bor Yangiliklar

"Qo'qon-1912" Toshkentda yig'inni boshladi. Tarkibda yangi nomlar bor

"Qo'qon-1912" jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlikning 2-bosqich mashg'ulotlarini boshladi.

 Jamoaning mazkur bosqichdagi mashg'ulotlari Toshkent shahrida olib borilishi haqida avval xabar bergan edik. Kecha Toshkent shahrida yig'ilgan futbolchilar kechki payt bir mahal mashg'ulot o'tkazishgan bo'lsa, bugundan mashg'ulotlar ikki mahaldan olib boriladi. Kunning birinchi yarmida trenajyor zalida , kunning ikkinchi yarmida esa "Bunyodkor" akademiyasiga qarashli maydonda to'p bilan mashg'ulotlar olib boriladi. 

Jamoa tarkibi asta - sekinlik bilan mukammallashtirib borilmoqda. Toshkentdagi yig'inda jamoaning etakchilari Murod Xolmuhammedov, Aleksandr Merzlyakov, Quvondiq Ro'ziev, Oybek Rustamovlar bilan birga tarkibga  bir qator yangi futbolchilar ham qo'shilishdi. Qarshining "Nasaf", Bekobodning "Metallurg" jamoalaridagi o'yinlari bilan muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan yarim himoyachi Dilshod Rahmatullaev,  muxlislarga tanish bo'lgan yarim himoyachi  Sobit Sindarov, shuningdek yarim himoyachi Sanat SHixovlar "shunqorlar"ning mashg'ulotlarida ishtirok etishyapti. 

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика