So’nggi yangiliklar

22:21Виктор Карпенко: "Илк гол сабаб биринчи бўлимда тўртта ўтказдик"  2 21:44Анри Франция терма жамоаси ҳақида: "Янги мураббий ким бўлишини барчамиз биламиз"  0 21:20Нойер: "Германия таркибида бошқа ўйнамайман. Бу онгли қарор эди"  1 20:52Суперлига. "Насаф" "Бухоро"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  52 19:23Тоуни: "Саудия лигаси мен учун АПЛ билан бир даражада"  7 18:273 ўйинда 2 очко тўплаган Симеоне: "Учинчи ўрин етарли эмас. Чемпион бўлиш вақти келди"  5 17:33“Бу оптимал таркиб эмас. Ҳакам қарорлари тўғри эди, мағлубиятни тан ола билиш ҳам керак" — Санъат Шихов Эрон билан ўйин ҳақида  33 17:18Тожикистоннинг икки терма жамоасида истеъфо юз берди  16 17:07"Ман Сити" ҳужумчиси жароҳат туфайли МЮга қарши ўйинни ўтказиб юборади  1 16:24"Интер" 2025/26 мавсум учун учинчи формани тақдим этди. У "2000-йилларда жамоани яхши кўрганлар ва бугун уни севувчиларга" бағишланган  2 15:49"Барселона" Хасбуллани "Камп Ноу"га таклиф қилди  9 15:18Бунақаси Месси фаолиятида биринчи марта юз берди  20 14:43Воҳа дербиси олдидан "Машъал"да катта йўқотишлар  3 14:15"Ювентус" узумзор акс этган формасини тақдим этди  2 13:42Суперлиганинг 21-турини ўтказиб юборадиган футболчилар рўйхати  5

"Qo'qon-1912" Toshkentda mashg'ulotlarni boshladi. Yig'inga Osiyo chempioni qo'shildi Yangiliklar

"Qo'qon-1912" Toshkentda mashg'ulotlarni boshladi. Yig'inga Osiyo chempioni qo'shildi

"Qo'qon-1912" jamoasi 2020 yilning dastlabki o'quv-yig'in mashg'ulotlarini Toshkent shahrida o'tkazmoqda.

Kecha jamoa azolari dastlabki mashg'ulotlarni o'tkazishgan edi. Bugun esa Baxtiyor Ashurmatov shogirdlari ikki mahal mashg'ulotlarda ishtirok etishdi. Mashg'ulotlar "Paxtakor" akademiyasiga qarashli suniy qoplamali maydonda hamda "Bunyodkor" akademiyasining tabiiy maydonlarida bo'lib o'tmoqda.

"SHunqorlar"ning bugungi mashg'ulotlariga yangi futbolchilar kelib qo'shilgan. Barcha muxlislarimizga yaxshi tanish bo'lgan hujumchi, Osiyo chempioni Andrey Sidorov hamda yarim himoyachi Sobit Sindarov Toshkentning "Paxtakor" jamoasidan kelib qo'shilishgan. Hozircha bu futbolchilar jamoa ko'rigida bo'lib turishibdi. SHuningdek o'tgan mavsumning ikkinchi qismini Jizzaxning "So'g'diyona" jamoasi tarkibida o'tkazgan Muhammadanas Hasanov ham ijara muddati yakuniga etgach, jamoa tarkibiga qaytib kelgan.

"Qo'qon-1912" jamoasi 9 yanvar kuni Dushanbening "Istiqlol" klubiga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushishi haqida xabar bergan edik. Yana ikkita o'rtoqlik o'yinlari uchun sparring raqiblar bilan kelishuvga erishildi. Bu haqida keyingi xabarlarimizda batafsil malumot beramiz", - deb yozadi "Qo'qon-1912" matbuot xizmati.

Malumot uchun, Andrey Sidorov o'tgan mavsum "Buxoro" safida 7ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urdi.


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика