So’nggi yangiliklar

02:10ЕЧЛ. "Атлетико" яна бешта гол урди, "Бавария" ва "Интер"да йирик ғалаба (барча натижалар)  2 01:21Хаби Алонсо: "Қайрат" Чемпионлар Лигасида ўйнашга муносиб жамоа"  1 00:34ЎФА терма жамоалар бўлими собиқ раҳбари: "Қозоғистон билан ўртоқлик учрашуви бўйича музокаралар олиб борилган эди, аммо..."  2 23:58Иван Бошкович: "Битта чиройли зарба ўйин тақдирини ҳал қилди"  2 23:37ЕЧЛ. "Қайрат" ўз майдонида "Реал"га йирик ҳисобда ютқазди, Мбаппедан хет-трик!  93 23:27Виталий Левченко: "Сафарда муҳим ғалабани қўлга киритдик"  5 23:13Отабек Нарзуллаев: "Ҳимоямизни анча яхшилаб олдик"  1 23:08ЕЧЛ. "Интер", "Ливерпуль", "Челси" ва бошқа жамоаларнинг асосий таркиблари маълум!  2 22:55Футзал. 2-тур 3-кунида "Насаф", СҚБ ва "Oil-Star"да ғалабалар  0 22:43Александр Хомяков: "Бизга тетиклик етишмади"  8 22:39Суперлига. "Сўғдиёна" – "Нефтчи" 0:1   3 22:23Луис Энрике "Барселона"ни мақтади  1 21:41Клопп эмас: "Ал Иттиҳод" бош мураббийлиги учун асосий номзодлар маълум қилинди  0 21:14"Бунёдкор" мураббийлари тақдирланди  0 21:00Суперлига. "Нефтчи" меҳмонда "Сўғдиёна"дан устун келди  40

"Qo'qon-1912": Qiyin g'alaba Yangiliklar

"Qo'qon-1912": Qiyin g'alaba

Farg'ona Hokimi kubogi doirasidagi "Cementchi" - "Qo'qon-1912" uchrashuvi yakunlandi.

Uchrashuvni quvasoyliklar faol boshlashdi. Dastlabki o'n daqiqa orasida “Cementchi” vakillari katta kuch bilan oldinga tashlanishdi. Lekin hisobni ochish jamoamizga nasib etdi. Otabek Zokirov 15-daqiqada quvasoyliklar darvozasini nishonga oldi – 0:1.

32-daqiqada jarima maydonchasi ichida Jalil Kimsanov quvasoylik futbolchini qo'pollik bilan to'xtatib qoldi. Natijada bosh hakam penalti belgiladi. Rahmatullo Meliboevning o'n bir metrli nuqtadan bergan zarbasini G'ayrat Hasanov qaytardi.

Ikkinchi bo'lim quvasoyliklar ustunligida boshlandi. Abdumalik Hakimov shogirdlari hisobni tenglashtirish uchun oldinga tashlanishdi. Ammo ulardan omad yuz ugirdi. 65-daqiqada Otabek Zokirov dublga erishishi mumkin edi. Quvasoyliklar posboni to'pni qaytarishda xatoga yo'l qo'ydi. Lekin Otabek Zokirovga tekkan to'p darvoza yonidan o'tib ketdi.

85-daqiqada Otabek Zokirov va Otabek Haydarov ijrosida ajoyib kombinaciya tashkil etildi. Haydarov to'pni darvozabon ustidan tashlab qo'ymoqchi bo'ldi. Lekin Farrux Turdaliev to'pni ushlab qoldi. Qolgan daqiqalardan jamoalar bir qator xavfli hujumlarni tashkil etishdi. Ammo muxlislarga boshqa gol kurish nasib etmadi.

Ikkinchi o'yinda ham g'alaba qozongan jamoamiz ochkolar sonini oltitaga etkazib oldi.

“Viloyat Hokimi Kubogi-2016”
“V” guruhi
2-tur
“Cementchi” – “Qo'qon-1912-1” – 0:1 (0:1)
Gollar:
Otabek Zokirov-15.
Hakamlar: Aziz Tolipov, Davron Mamatov, Akbar Soliev.
“Cementchi”: 22. Farrux Turdaliev, 2. Jo'rabek Yoqubov, 6. Aziz Matkarimov, 5. Abduxoliq Qo'rbonov, 15. Oqil Mahmudov, 7. Alisher Fayzullaev. 4. Rahmatullo Meliboev, 11. Erbol Seytnazarov, 21. Elyor Mamasoliev, 8. Muhammadsulton Fozilov, 10. Elyor Akbarov.
Zaxira: 1. Ilhom Jumanov, 14. Sardor Sotivoldiev, 14. Nurlibek Talasboev, 27. Isroil Tursunov, 19. Bahdir Qodirov, 9. Jamshid Qobulov, 20. Davlatbek Yorbekov.

“Qo'qon-1912-1”: 21. G'ayrat Hasanov, 4. Hasan Asqarov,  5. Jalil Kimsanov, 6. Bahodir Akramov,11. Otabek Zokirov,14. Alibobo Rahmatullaev, 15. Alisher Ziyovuddinov, 26. Abdul Aziz Yusupov, 49. Ilhom Komilov, 55. Oybek Nurboev, 91. Otabek Haydarov.
Zaxira: 1. Ruslan Matniyazov, 8. Sardor Qahhorov, 9. Nosir Otaqo'ziev,  17. Aziz To'xtaboev, 22. Orif Mamajonov, 23. Furqat Hasanboev, 24. Ilya Ilin.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика