So’nggi yangiliklar

18:32Суарес дисквалификация қилинди  0 18:00"Барселона" Бельгияда мағлуб бўлмагани ҳам аслида бир мўъжиза  2 17:35Исмоил Акинаде: "Бутун эътибортимизни кейинги икки ўйинга қаратамиз ва плей-оффга чиқишга ҳаракат қиламиз"  2 17:04Гвардиола: "Агар яна 1-2 та ғалабага эришсак, умумий босқични кучли саккизликда якунлаймиз"  5 16:35Про лига. "ФарДУ" Нукусда қийин ғалабага эришди  1 16:22"Барселона" мухлислари автобуси ёниб кетди  0 15:46"Ливерпуль" қишда йирик трансферга қўл уради  4 15:13Про лига. 20-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  3 14:56Эшитдик-да! ЎФА қўмитаси "Навбаҳор"дан 3 очко олиб ташлади   20 14:34"Челси" ярим ҳимоячиси яна жароҳат олди  0 14:01Давид Райя — "Арсенал" тарихидаги энг яхши дарвозабон (Opta)  2 13:33ПСЖ Мендеш, Дуэ ва Дембеленинг ҳолати ҳақида маълумот берди  1 13:04"Коринтианс" Депайдан арзонроқ уйга кўчиб ўтишни сўради  2 12:36Лутфуллин бригадаси Миср – Венесуэла учрашувида ишлайди  0 12:09Испания терма жамоасининг ЖЧ-2026 учун уй либоси намойиш қилинди  3

"Qo'qon-1912" prezidenti jamoani tark etdi Yangiliklar

"Qo'qon-1912" prezidenti jamoani tark etdi

Teglar :  Grigoriy Ayrpetov
SHu kunga qadar “Qo'qon-1912” futbol klubi prezidenti lavozimida faoliyat olib borgan Grigoriy Viktorovich Ayrapetov jamoani tark etdi.

Bu haqda klubning Telegram kanalida elon qilindi.

Grigoriy Viktorovich qo'qonliklar bilan xayrlashar ekan o'z fikrlarini quyidagicha bildirdi:

- Sevimli Qo'qon-1912 jamoamizni superligada olib qololmaganligim uchun yuragimdagi dog' va aybdorlik hissi bilan jamoa bilan xayrlashmokdaman

 Bugun eng qiyin qarorlarimdan birini qabul qildim. “Qo'qon-1912” jamoasidagi deyarli 7 oylik faoliyatimni bugun to'xtatishga qaror qildim. Bunga majbur bo'lganimdan afsusdaman. Bu jamoaga meni taklif qilgan insonlarga ajoyib imkoniyat uchun rahmat  aytaman! Ushbu jamoadagi faoliyatim davomida kelgusida menga asqotadigan juda katta tajriba va xulosalarga ega bo'ldim.

 Xususan, jamoadagi prezident sifatidagi ishimdan to'g'risi qoniqmadim. Yani qoniqarli ishlay olmadim. Mendan keyingi rahbarga jamoani yangi bosqichga olib chiqib, tez orada jamoani yana superligaga qaytarishini, shuningdek, yuqori darajada ishlashiga tilakdoshman!

 Kishining xursand qiladigan narsa shuki, jamoadagi to'planib turgan barcha qarzdorliklar bartaraf etildi, shuningdek, “Markaziy” stadion yoritgichlari uchun 100 foiz to'lovlar amalga oshirilgan, OFK talablariga javob beradigan yangi darvozalar olib kelindi.  Alloh nasib qilsa, xammamiz uchun kadrli bo'lgan sevimli muxlislarimiz 2023 yildagi musobaqa o'yinlarini jonajon Qo'qon shahrimizdagi o'z stadionimizda bevosita kuzatib borishlari mumkin bo'lganidan mamnunman.

Jamoamizni qo'llab turgan minglab tomoshabinlarga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Muxlislarimizni doimo hurmat qilganman, qadrlaganman. Fursatdan foydalanib, muxlislarimizni kirib kelgan yangi yil bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman, xonadonlarida tinchlik, xotirjamlik, osoyishtalik hukm sursin. Barchangizga o'zimning yuksak hurmatim va ezgu tilaklarimni bildiraman. 

 «Qo'qon-1912» jamoasida birga ishlagan barchaga, murabbiylar, futbolchilar, jamoada ishlagan xar bir xodimga samimiyat va iliq munosabat uchun katta rahmat aytaman! 

Bizga og'ir damlarda ishonch bildirgan, qo'llab-quvvatlagan barchaga  rahmat!

Nasib qilsa qolganini vaqt ko'rsatadi. Alloh madadkor bo'lsin! -dedi Grigoriy Viktorovich

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика