"Qo'qon-1912": "Paxtakor"ga qarshi tayyorgarlik davom etmoqda
06 okt 2017 12:38
Yangiliklar
"Qo'qon-1912": "Paxtakor"ga qarshi tayyorgarlik davom etmoqda
“SHo'rtan” ustidan qozonilgan yirik g'alabadan ruhlangan futbolchilar “Paxtakor”ga qarshi uchrashuvga astoydil tayyorgarlik ko'rmoqdalar. Mashg'ulotlar CHirchiq shahrida kuniga ikki mahaldan o'tkazilyapti. Bosh murabbiy No'mon Hasanov boshchiligida o'tayotgan mashg'ulotlarda B Akramovdan tashqari barcha futbolchilar astoydil ter to'kishmoqda. Jarohati bois Bahodir Akramov mashg'ulotlarda ishtirok etmayapti.
“Paxtakor” – “Qo'qon-1912” jamoalari o'rtasidagi o'yin 14 oktyabr kuniga belgilangan. O'rtadagi tanaffus uzoqligini hisobga olgan murabbiylar, bitta nazorat o'yini o'tkazishni o'z rejalariga kiritishgan. Bu uchrashuvda bizga Navoiyning “Qizilqum” jamoasi raqib vazifasini o'tab beradi. Nazorat o'yini 8 oktyabr kuniga belgilangan. Uchrashuv o'tadigan stadion hamda o'yin vaqti haqida qo'shimcha tarzda xabar beramiz.
Fikrlar