"Qo'qon-1912" o'z safiga Qo'ziboevni qo'shib olmoqchi
10 mar 2014 21:00
Yangiliklar


"Qo'qon-1912" o'z safiga Qo'ziboevni qo'shib olmoqchi
Bundan bir necha yillar ilgari muxlislar va mutaxassislar tomonidan kelajagi porloq o'yinchi sifatida etirof etilgan Nodir Qo'ziboevning faoliyatida sezilarli pasayish yuzaga kelganini inkor etib bo'lmaydi.
Farg'onalik futbolchi "Neftchi"ni tark etganidan so'ng muqim bir jamoa tarkibidan o'rin egallay olmayapti. O'tgan yili birinchi ligada Toshkentning "Istiqlol" jamoasida o'ynagan markaziy yarim himoyachini ayni paytda "Qo'qon-1912" o'z safiga qo'shib olmoqchi. SHu bois Nodir Qo'ziboev yaqin orada qo'qonliklarning o'quv-yig'in mashg'ulotlariga kelib qo'shiladi.

Fikrlar