So’nggi yangiliklar

11:20Ўзбекистон Эронга қарши қандай либосда ўйнаши маълум  0 10:55"Ливерпуль" ёзда Салоҳнинг ўрнига бошқа бир мисрлик футболчи билан шартнома тузмоқчи  0 10:26"Манчестер Сити"нинг "устуни" ёзда жамоани тарк этади  0 09:52Ислом Маматказин: “Ўйинни ўзида ютиб кетишимизга ишонгандик. Қандайдир ўзгача руҳият бор эди”  4 09:20Франческо Тотти ўзининг идеал футболчисини йиғди  3 08:43"Бавария" Мусиалани жамоада олиб қолиш учун ойлигини беш бараварга оширишга тайёр  1 08:08МЮ раҳбарлари тен Хаг борасида бир қарорга кела олишмади  9 07:33Салоҳ ва де Брюйне келаси мавсум жамоадош бўлишлари мумкин  1 02:09Мутолаа учун. Шомуродов ўйнаётган "Рома" очко йўқотди: А Сериянинг 7-тур якунлари  1 00:45Италия Суперкубоги Саудия Арабистонида ўтказилади. Тақвим маълум  2 00:15Уэйн Руни Англия терма жамоасининг энг яхши ўйинчиси кимлигини айтди  7 23:28Ўзбекистон терма жамоаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда. Элдор Шомуродов билан кичик интервью  1 22:46Андрес Иньеста 2010 йилги "Олтин тўп" ҳақида гапирди  21 22:05Ҳарри Магуайр бир неча ҳафтага сафдан чиқди  0 21:29Серхио Агуэро "Барселона"ни судга берди  10

“Qo'qon-1912” – “Neftchi”: 25-uchrashuv arafasida Yangiliklar

“Qo'qon-1912” – “Neftchi”: 25-uchrashuv arafasida

Ertaga Qo'qondagi “Markaziy” stadionda katta futbol bayrami bo'lib o'tadi.

10 may kuni viloyatning ikki jamoasi – “Qo'qon-1912”  va “Neftchi” maydonga tushadi. Quyida ushbu jamoalarning o'zaro o'yinlardagi statistik malumotlar bilan tanishing.

O'zaro o'yinlar

Ushbu jamoalar O'zbekiston chempionatlarida shu kunga qadar 24 bora to'qnash kelishgan. “Neftchi” 18 ta o'yinda g'olib bo'lgan, 2 marta durang qayd etilgan. “Qo'qon-1912” bu raqibni to'rt marta mag'lub etgan. To'plar nisbatida “Neftchi” tomonida – 67:31. O'zaro o'yinlarda “Neftchi” 56 ochkoga ega bo'lgan bo'lsa, “Qo'qon-1912” 14 ochkoni qo'lga kiritgan.
Qo'qonda bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:

26.08.2017 «Qo'qon-1912» – «Neftchi» 3:1
22.10.2016 «Qo'qon-1912» – «Neftchi» 2:1
19.06.2015 «Qo'qon-1912» – «Neftchi» 1:2
20.05.2003 «Qo'qon-1912» – «Neftchi» 2:4
03.08.2002 «Qo'qon-1912» – «Neftchi» 0:4

Fakt: Ushbu jamoalarning so'nggi uchta uchrashuvida qo'qonliklarning qo'li baland kelgan.

Hakamlar

Qo'qondagi bo'lib o'tadigan “Qo'qon-1912” – “Neftchi” uchrashuvini Vadim Agishev boshchiligidagi hakamlar boshqarib borishadi. Ushbu hakam 3-tur doirasidagi “Metallurg” – “Qo'qon-1912” uchrashuvida ham ishlagan.
 
Superliga
11-tur.
“Qo'qon” – 1912 (Qo'qon) – “Neftchi” (Farg'ona)
Hakamlar:
V. Agishev (Toshkent), D. Saylavov (Toshkent), R. No'monov (Toshkent), A. Rahimov (Andijon),
Nazoratchi: B. Tog'aev (Toshkent)
 
Uchrashuvning boshlanish vaqti

“Qo'qon-1912” hamda “Neftchi” jamoalari o'rtasidagi o'yin 10 may kuni Qo'qon shahridagi “Markaziy” o'yingohda soat 18:30da boshlanadi. Bugun esa  ushbu jamoalarning o'rinbosarlari o'rtasidagi bahs bo'lib o'tadi. O'yin soat 16:30da Uchko'prikdagi “Markaziy” o'yingohda start oladi.

Barcha muxlislarni stadionga chorlab qolamiz.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика