So’nggi yangiliklar

11:10"Қалдирғочлар" қаршисида "чақилмас ёнғоқ": "Қизилқум" – "Бунёдкор" учрашувини кўриш учун 7 та сабаб  1 10:50"Манчестер Юнайтед"га 21 ёшли футболчи керак  1 10:25Родригонинг вакиллари Англияда  4 10:1025 август куни ЎФФ раҳбарияти иштирокида брифинг бўлиб ўтади  0 09:52Луис Энрике: "Танқидларни тўғри тушунаман"  0 09:37Суперлига. Бугунги учрашувларни кимлар шархлайди?  12 09:24Кунде: "Рекордни янгиламоқчиман"  0 08:57"Ювентус" Артурни ижарага беради  1 08:27Sofascore. Кечаги учрашувда Шомуродов ва Файзуллаев неча баҳога лойиқ кўрилди?  11 08:00Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" - "Крайова" 1:2  5 07:56Суперлига. Бугун бизни яна иккита учрашув кутиб турибди  12 07:35Суперлига. "Нефтчи" йирик ҳисобда ғалаба қозонди, "Бухоро" – "Қўқон-1912" баҳсида эса ўйин тақдирини битта гол ҳал қилди  1 07:30Расман. "Ювентус" футболчиси АПЛга кўчиб ўтди  0 01:52Конференциялар лигаси саралаши. "Кристал Пэлас" илк ўйинда ўз майдонида кичик ғалаба қайд этди  1 01:15"Манчестер Сити" марказий ҳимоячисини сотиб юборди  1

“Qo'qon-1912” jamoasi rahbari futbolchilar bilan uchrashdi Yangiliklar

“Qo'qon-1912” jamoasi rahbari futbolchilar bilan uchrashdi

Avval xabar berganimizdek “Qo'qon-1912” jamoasi Toshkent shahrida mashg'ulotlarga kirishdi.

Bugungi mashg'ulotlardan oldin jamoa azolari hamda klub prezidenti Baxtiyorjon Tolipov ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi. Yig'ilishda jamoa murabbiylar shtabi hamda asosiy tarkibning barcha futbolchilari ishtirok etishdi. Majlisda “Qo'qon-1912” futbol klubining rahbari Baxtiyorjon Tolipov so'zga chiqib jumladan shunday dedi:

- Hurmatli murabbiylar, futbolchilar. Sizlar bilan bugungi uchrashuvimizdan maqsad so'nggi o'yinlardagi qoniqarsiz natijalardan norozi ekanligimiz. “So'g'diyona” jamoasidan o'z maydonimizdagi mag'lubiyat jamoamiz muxlislarini ham keskin noroziliklariga sabab bo'ldi. Mavsum boshida sizlar bilan maqsad qilgan natijalarimizga erisha olmayapmiz. To'g'ri chempionatning birinchi davrasida ko'plab o'yinlarni safarda o'tkazganimiz ham natijalarimizga tasir ko'rsatdi. Endi o'z maydonimizda o'ynayapmizku. Biz o'z muxlislarimizning oldida yutqazishga haqqimiz yo'q. Men sizlarga ishonaman. Bu vaziyatdan jamoani olib chiqishga qodir bo'lgan futbolchilar jamoamizda yig'ilishgan. 

Oldimizda “Dinamo” bilan Samarqandda bo'ladigan o'yin kutib turibdi. Undan so'ng liga kubogi o'yini bilan qo'shib hisoblaganda ettita uchrashuvni Qo'qonda o'tkazamiz. Mana shu o'yinlarda ijobiy natijalarni qayd etib, muxlislar oldida yuzimizni yorug' qilishimiz shart.Oldimizga qo'yilgan vazifani bajaradigan, maydonda barchasini hal qiladigan sizlar. Biz tomondan nima kerak bo'lsa barcha sharoitlarni yaratishga tayyormiz. Oylik maoshlaringizni vada qilganimiz bo'yicha berib kelyapmiz. Kimda yaratilgan shariotlar yoki maosh borasida muammo bo'lsa bemalol aytinglar , qo'limizdan kelgancha hal qilamiz – dedi jumladan Baxtiyor Tolipov.


Yig'ilishda jamoa sardori Murod Holmuhammedov hamda Aleksandr Merzlyakov ham so'z oldi.

- Men hamma bolalarni nomidan gapiryapman. Hamma o'ziga ishonmoqda. Biz xudo hohlasa bu vaziyatdan yaxshilik bilan chiqib ketamiz - dedi Murod Xolmuhammedov.

- To'g'ri jamoamiz qiyin vaziyatda qoldi. Lekin barchamiz tushunib turibmiz, biz bu vaziyatdan chiqib ketmasak bo'lmaydi.Biz bu ishni uddalaymiz. Rahbariyat tomonidan mavsum boshida berilgan vadalar barchasi bajarib kelinmoqda. Hammasi o'zimizga bog'liq, biz harakat qilamiz va vaziyatni o'nglaymiz – dedi Aleksandr Merzlyakov.

Yig'ilish so'nggida jamoa rahbariyati hamda futbolchilar bir yoqadan bosh chiqarib ishlashga , jamoa muxlislarini g'alabalar bilan xursand qilish uchun astoydil mehnat qilishga kelishib olishdi.


Reyting: -8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика