So’nggi yangiliklar

14:09"Тоттенхэм" янги бош мураббийи: "Ваъда бераманки, биз албатта ўйинларда ютқазамиз"  1 13:41"Бухоро" етакчиларидан бири билан битимни бекор қилди  3 13:28Погба: "Рэшфорднинг "Барселона"га ўтиши – ақлсизлик, МЮ ажойиб ўйинчини йўқотмоқда"  6 12:59"Like Сup"да финалчилар маълум бўлди  0 12:49Пол Гаскойнни ҳушсиз ҳолда топишди  1 12:20Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  0 12:00Камолиддин Мурзоев: "У яна топ-5га қайта олади, Шомуродов-Файзуллаев тандемидан ўзбек футболи ва терма жамоа ютади"  8 11:31"Рома" "Ланс" футболчисини сотиб олди  0 11:14Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада. Кимда қандай ўзгариш?  14 11:05ПСЖ бош мураббийига “Реал“ футболчиси керак  2 10:43“Ливерпуль“ Диаснинг ўрнига “Реал“ футболчисини олиб келади  9 10:19МЮ яна бир ҳужумчисини сотишга тайёр. Унга А Сериядан таклифлар бор  1 09:56“Ал-Ҳилол” Саудия Арабистони Суперкубогида иштирок этишдан бош тортди  2 09:31Отабек Жўрақўзиев: “Мухлисларимизни Суперлига ва ОЧЛ учрашувларида хурсанд қиламиз”  4 09:05МЮ Ўринбоевнинг жамоадошига қизиқиш билдирмоқда  1

“Qo'qon-1912” futbol klubi akademiya masalasini hal qildi Yangiliklar

“Qo'qon-1912” futbol klubi akademiya masalasini hal qildi

Teglar :  Qo'qon-1912
O'zbekiston professional futbol ligasi oldinda turgan yangi mavsumdan oldin superliga klublari oldiga bir qator jiddiy talablarni qo'ygan edi.

Bu talablarning eng asosiylaridan biri , har bir klub o'zining futbol akademiyasiga ega bo'lishi yoki O'FA  qoshidagi biron akademiya bilan shartnoma qilishi lozim edi.

“Qo'qon-1912” futbol klubi bugun PFLning akademiya masalasidagi talabini bajardi. Jamoamiz rahbariyati bugun  O'FA qoshidagi Farg'ona futbol akademiyasi bilan hamkorlik shartnomasini imzoladilar.

Endi stadion borasidagi talabga keladigan bo'lsak, Qo'qondagi “Markaziy” stadionda katta hajmdagi ishlar boshlangani haqida avval xabar bergan edik. Bugungi kunda “Markaziy” stadion maydoni to'liq yangilanish arafasida. Stadionimizga sifati yuqori bo'lgan tayyor chim olib kelib o'rnatiladi. Ayni kunda maydon drenaj va sug'orish tizimlari to'liq yangilanib, chimni yotqizish uchun tayyor holatga keltirilgan. Mutaxassislar chim yotqizish uchun biroz qulay bo'lgan ob-havoli kunlarni kutib turibdilar. Yaqin kunlarda “Markaziy” stadioniga yangi chimni o'rnatish boshlanadi.

SHuningdek stadionimiz yoritgichlari ham yangilanib, PFL talab qilgan lyuks holatiga keltiriladi.


Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика