So’nggi yangiliklar

11:55Муҳаннад Ал Яҳё: "Ўз майдонимизда U-23 Осиё кубоги бош совринини қўлга киритишни хоҳлаймиз"  0 11:31"Манчестер Сити" 22 ёшли ҳимоячи учун 57 млн евродан кўпроқ тўлашга тайёр  3 10:36Лунин "Манчестер Юнайтед"га ўтиши мумкин  2 10:19"Барселона" президенти: "Клуб ёзда бошқа футболчи олмайди"  6 09:57"Реал" Винисиусни сотмоқчи (Defensa Central)  9 09:16"Интер Майами" жаҳон чемпионини сотиб олди  10 08:43Ёзги трансфер ойнасида 300 миллион сарфлаб бўлган "Ливерпуль" "Ювентус" футболчига таклиф билан чиқди  3 08:08Эральдо Чинарига асосий даъвогар Ўзбекистон жамоаси маълум  5 07:35ПСЖ собиқ футболчиси Остон Ўрунов жамоадошига айланди  1 01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  5 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1 00:55Маунт: "МЮ еврокубокларга қайтиши керак"  2 00:37"Челси" Стерлингни сотишни истайди, бироқ бир муаммо бор  1 00:14"Ньюкасл" Исакни сотмоқчи эмас  2 23:21Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  1

“Qo'qon-1912” faxriylari bosh sovrin sohibi Yangiliklar

“Qo'qon-1912” faxriylari bosh sovrin sohibi

Farg'onada farxiylar o'rtasida o'tkazilgan mini-futbol musobaqasi yakuniga etdi.

Farg'ona viloyat hokimligi, viloyat mini-futbol assosiaciyasi va “Real futbol professional klubi” MCHJ hamkorligida tashkil etilgan musobaqada o'nta jamoa ikki guruhga bo'lingan holda kurash olib bordi.

Havaskor futbolchilar tashabbuslari bilan o'tkazilgan  ushbu turnirda 40 yoshdan oshgan faxriy futbolchilar qatnashishdi.

O'yinlar 10 sentyabr kuni boshlanib, har yakshanba kunlari “Real futbol professional klubi” MCHJga qarashli so'niy maydonda bo'lib o'tdi.

Kecha musobaqaning final bosqichi bo'lib o'tdi. Dastlab o'z guruhida birinchi va ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan jamoalar yarim final bahslarida maydonga tushishdi.

Birinchi yarim finalda “Qo'qon-1912” jamoasi “Burvestnik” jamoasiga qarshi kurash olib bordi. O'yinda tashabbusga ega bo'lgan “Qo'qon-1912” faxriylari 6:1 hisobida raqibdan ustun kelishdi.

Ikkinchi finalchi nomi – “Jillet”-“Quva” faxriylari o'rtasidagi bellashuvda malum bo'ldi. Qiziqarli va keskin kurashlar ostida o'tgan bahsda “Jillet” futbolchilari 5:2 hisobida g'alaba qozonishdi.

Uchinchi o'rin uchun bo'lgan uchrashuvda yarim finalda mag'lubiyatga uchragan jamoalar – “Quva” va “Burvestnik” maydonga tushishdi. Ushbu bellashuvda quvaliklar raqiblarini 10:6 hisobida dog'da qoldirishdi.

“Qo'qon-1912” – “Jillet”  o'rtasidagi final uchrashuvi ham murosasiz va keskin kurashlar ostida o'tdi. Musobaqada yuqori darajada o'tkazgan bu ikki jamoaning o'yini muxlislarda ham yaxshi taassurot qoldirdi. Finalda esa “Qo'qon-1912” jamoasi 5:1 hisobda zafar quchdi va bosh sovringa ega bo'ldi.

Musobaqa yakunida barcha ishtirokchilar ushbu turninni tashkil etgan va uni yuqori darajada o'tishini taminlagan “Real futbol professional klubi” MCHJ xodimlariga o'z minnatdorchiliklarni izhor etishdi.

 



Yarim final

“Qo'qon-1912” – “Burvestnik” – 6:1

“Jillet” – “Quva” – 5:2

3-o'rin uchun

“Quva” – “Burvestnik” – 10:6

Final

“Qo'qon-1912” – “Jillet” – 5:1.


Abror DEHQONOV

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика