"Qo'qon-1912": Bugun “Istiqlol” bilan o'yin "Bunyodkor"da bo'ladi
18 fev 2018 11:47
Yangiliklar
"Qo'qon-1912": Bugun “Istiqlol” bilan o'yin "Bunyodkor"da bo'ladi
Bugun "Qo'qon-1912" futbolchilari Toshkent shahrida o'zlarining navbatdagi nazorat o'yinlarini o'tkazishadi.
Bugungi raqib Tojikistonning eng nomdor jamoasi, Dushanbe shahrining “Istiqlol” klubi bo'ladi. Dushanbeliklar ayni kunlarda Toshkentda yig'in o'tkazishmoqda. Ushbu klub o'tgan yil OFK kubogi finaliga chiqib “Al Quva Al Javiya” klubiga yutqazib qo'ygandi – 0:1.
Bugun “Istiqlol” tarkibida O'zbekistonlik futbolchilar ham maydonga tushishlari mumkin. O'tgan mavusmni “Qizilqum”da boshlab , 2-davrada “Bunyodkor” jamoasida to'p surgan hujumchi Vohid SHodiev ayni kunlarda Dushanbeliklar tarkibiga qo'shilgan. SHuningdek Temur Hakimov ham bugun Tojikistonliklar tarkibida jamoamizga qarshi o'ynashi mumkin.
“Qo'qon-1912” – “Istiqlol” uchrashuvi bugun soat 16-00 da “Bunyodkor” akademiyasiga qarashli stadionida start oladi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar