"Qo'qon-1912" Adhamjonov va O'zdemirni tarkibiga qo'shib oldi
20 fev 20:22
Yangiliklar
"Qo'qon-1912" Adhamjonov va O'zdemirni tarkibiga qo'shib oldi
"Qo'qon-1912" transfer oynasining so'nggi kunida Alper O'zdemir va Muhammadziyo Adhamjonov bilan shartnoma imzoladi.
"Yangi mavsum oldidan jamoamiz nafaqat tarjibali futbolchilar, balki yosh va iqtidorli futbolchilar bilan ham shartnomalar imzolamoqda. Turkiyaning "Beshiktosh" futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi va o'tgan mavsum "Sivasspor" yoshlar safida harakat qilgan Alper O'zdemir va 2025 yilgi mavsumda "Neftchi" bilan O'zbekiston chempionligini qo'lga kiritgan Muhammadziyo Adhamjonov bilan shartnoma imzoladik.
Malumot uchun, O'zdemir 2005 yilda Toshkent shahrida tug'ilgan. Markaziy himoya va tayanch yarim himoyada harakat qila oladi. Muhammadziyo esa 2004 yilda Farg'ona viloyatida tug'ilgan va u himoyaning istalgan qismida harakat qiladi.
Har ikki yangi futbolchilarimizga omad va zafarlar tilab qolamiz!", - deb yoziladi klub bayonotida.


O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar