So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

"Qo'qon-1912" 2020 yilgi mavsumdan oldin yangi futbolchilarni tanishtirdi Yangiliklar

"Qo'qon-1912" 2020 yilgi mavsumdan oldin yangi futbolchilarni tanishtirdi

Bugun Qo'qondagi "Oltin vodiy" mehmonxonasining anjumanlar zalida "Qo'qon-1912" jamoasi yangi futbolchilarni tanishtiruv marosimi o'tkazdi.

Aslida bu tadbir "Markaziy" stadionda o'tishi belgilangandi, lekin ob-havoning keskin o'zgarib, tinimsiz yomg'ir yog'ishi sababli tadbir mehmonxonaning anjumanlar zaliga ko'chirildi. Zal ozgina kichikroq bo'lganligi uchun tadbirga kelgan hamma muxlislarni ham sig'dira olmadi.

Tanishtiruv marosimini "Qo'qon-1912" jamoasi matbuot kotibi Akramjon Mamadaliev ochib berdi va olib bordi. Dastlab murabbiylar shtabi - bosh murabbiy Baxtiyor Ashurmatov va uning yordamchilari Davron Fayziev, Zohid Nurmatov va Muhiddin Abduvaliev tanishtirildi. 

Dastlabki so'z Baxtiyor Ashurmatovga berildi. Ashurmatov o'z so'zida o'zi tug'ilgan Qo'qon shahri jamoasiga bosh murabbiylik qilishi sharaf ekanligi, shogirdlariyam masuliyatni his qilib, yaxshi o'ynab har qanday raqibga qarshi "jang" qilishga tayyor ekanini, jamoaga muxlislarni qo'llab quvvatlashi kerakligini, muxlislarni xursand qilish uchun qo'lidan kelgan barcha ishni qilishini va halol futbol o'ynashini aytdi.

Yana bir taniqli murabbiy Davron Fayziev ham so'zga chiqib, Qo'qonda ishlayotganidan ko'ngli to'qligi, Qo'qonda o'zini xuddi uyidagiday his qilishini aytdi.

  

Keyin jamoaga yangi kelgan futbolchilar raqamlari bilan tanishtirildi. "Yangilar" quyidagi raqamlardagi o'ynaydigan bo'ldi:


1. Botirali Ergashev

3. Bobur Akbarov

4. Sobit Sindarov

7. SHoxnazar Norbekov

8. Suxrob Nurulloev

13. Sardor Azimov

17. Muzaffar Muzaffarov

22. Muhammadanas Hasanov

33. Ivan Yosovich (Serbiya)

44. SHodiyor Xojimatov

91. Yakuba Bamba (Kot-D'Ivuar)

99. Bek Abdullaev


SHundan so'ng jamoaning etakchi futbolchilari so'zga chiqib yangi mavsumda astoydil o'ynab o'tgan yilga nisbatan yaxshi natijalarga erishib muxlislarni xursand qilishga vada berdi.



Farhodjon Uzoqov

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика