So’nggi yangiliklar

19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  1 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  0 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  0 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  6 17:52Про лига. "ФарДУ" голларга бой ўйинда "Жайхун"ни таслим қилди  1 17:39Левандовски МЮга трансфери ҳақида: "Фергюсон қўнғироқ қилган, лекин унинг талаффузини тушунмаганман"  2 17:05Унаи Эмери "Манчестер Юнайтед" эътиборида  9 16:37"Манчестер Юнайтед" Каземиро ўрнига "Кристал Пэлас" аъзосини олиб келмоқчи  1 16:16ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф". Ўзаро ўйинлар тарихи  5 15:37"Бунёдкор" "Хоразм" устидан қийин ғалабага эришган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 15:15Футзал. Эртага Ўзбекистон Тошкентда тўрт карра Осиё чемпионига қарши ўйнайди  0 15:09Машҳур мураббийнинг уйи қуролли босқинчилар томонидан талон-торож қилинди  0 14:40"Арал" ўз уйида "Олимпик"ни ишончли ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:20"Ливерпуль" собиқ футболчиси 4 марта пичоқланган. У бу ҳақда биринчи марта гапирди  0 14:09Кореядаги учрашув Танташевга ишониб топширилди  6

"Qo'qon-1912": 2015 yilgi mavsumda 12-o'rin Yangiliklar

"Qo'qon-1912": 2015 yilgi mavsumda 12-o'rin

Teglar :  Qo'qon-1912
Uzoq yillik tanaffusdan keyin kuchlilar safidga qaytgan “Qo'qon-1912” jamoasi debyut mavsumda 12-o'rinni qo'lga kiritdi.

Jamoamiz uchun chempionat bahslari ikki xil o'tdi, deyish mumkin. Birinchi davrada qo'qonliklar 11 ochko jamg'arishgan bo'lishsa, ikkinchi davrada ochkolar soni 20 tani tashkil etdi.

30 turdan keyingi statistik holat: 9 g'alaba, 4 durang,  17 ta mag'lubiyat. To'plar nisbati: 31-52. Ochko: 31. O'z maydonimizdagi ko'rsatkich 6 g'alaba uch durang va 6 mag'lubiyat. Safardagi ko'rsatkich: 3 g'alaba bir durang va 11 mag'lubiyat. Eng qizig'i, chempionlik uchun kurash olib borgan jamoalar Qo'qonda qimmatli ochkolarini yo'qotishdi. Birinchi davrada “Paxtakor” bilan 2:2 o'ynagan bo'lsak, ikkinchi davrada xuddi shunday hisob “Lokomotiv” bilan bo'lgan uchrashuvda qayd etildi.

SHuningdek, mavsum 2015 da jamoamiz tarixiy g'alabaga erishdi. Aniqrog'i, Farg'onada “Neftchi”ni kichik hisobda engib, o'zaro o'yinlardagi g'alabasiz seriyaga barham berildi. Nosir Otaqo'ziev, Igor Golban, Quvondiq Ro'ziev, Doniyor Usmonov, Sardor Eminov, Jalil Kimsanov, Aziz Ashurov, Otabek Haydarov, Bahodir Akramov, Ilya Ilin, Aleksey Nikolaev kabi o'yinchilar mavsumni ko'tarinki ruhda o'tkazishdi. Debyutant bo'lishiga qaramay, “Qo'qon-1912” safida ikki nafar xorijlik legioner futbolchilar to'p surdi. Bular, Vladimir Argun va Igor Golban. Birinchi davrada jamoamizni Vladimir Argun, Izzatbek G'aniev, Xurshid Muxtorov, Qahramon Muhammadjonovlar tark etishgan. Davralar oralig'idagi tanaffus chog'ida safimizga Otabek Haydarov, Oybek Nurboev, Suhrob Qobilov, Ilhom Komilov va Asilbek Omonovlar kelib qo'shilishdi.

Umuman olganda, “Qo'qon-1912” jamoasining chempionatdagi ishtirokini yaxshi baholash mumkin. Jamoamizda so'nggi tur oldidan o'zgarish sodir bo'lganini ham aytib o'tish joiz. 29-turdagi “So'g'diyona” bilan bo'lgan o'yindan keyin Rustam Abdullaev vazifasidan ozod etildi. Ayni damda yangi mavsumda jamoani kim boshqarishi borasida muzokaralar davom etmoqda. Eslatib o'tamiz, jamoamiz keyingi mavsumga tayyorgarlikni 19 dekabrdan boshlaydi.

Aytgancha, butun mavsum davomida jamoamizni qo'llab-quvvatlab ketgan fidoyi muxlislarga o'z minnatdorchiligimizni izhor etamiz. Jamoamizning g'alabalarida ularning ham hisssalari katta.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика