So’nggi yangiliklar

19:08Кроос: "Нойер – барча даврларнинг энг яхши дарвозабони"  3 18:40Про лига. "Локомотив" "ФарДУ" майдонида ишончли ғалабага эришди, "Олимпик" "Жайхун" билан беллашмоқда (онлайн ҳисоб)  1 18:28Суперлига. "Хоразм" - "Қизилқум" 0:1 (матнли трансляция)  2 18:25Манба: Шаҳбоз Умаровнинг янги жамоаси маълум  3 17:57Беллингем Мадридда ўзи ва онасига уй олиш учун 32 млн евро сарфлади  1 17:26Нкунку "Бавария"га ўтиш арафасида  0 16:53"Арсенал" АПЛда бурчак зарбаси орқали 31 та гол урди  1 16:31Украиналик юлдуз ПСЖда россиялик дарвозабон билан мулоқот қилмаяпти  29 16:00Соядаги қаҳрамон Салиба, омади чопмаган "қизил иблислар" — "Арсенал" қийин ўйинда "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб этди   4 15:37"Бунёдкор" сўнгги дақиқаларда дурангни ғалабага айлантирган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 15:20Матия Кривокапич: "Ғалабадан ҳамма хурсанд, лекин эртага янги кун бошланади"  0 15:02Суперлига. 20-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди   0 14:46Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг Испанияга жўнаб кетадиган таркиби маълум  5 14:22Шаҳбоз Жўрабеков: "Малини тартибга чақирдим, у эса агрессивликка берилиб кетди. Камида 1 очкога лойиқ эдик"  0 14:10"Андижон" меҳмонда "Машъал"дан енгилган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0

Qiziq: Superligada birinchi davra tugamasidanoq 50% jamoalarda murabbiylar almashdi Yangiliklar

Qiziq: Superligada birinchi davra tugamasidanoq 50% jamoalarda murabbiylar almashdi

Superliganing joriy mavsumida hali birinchi davra tugamasidanoq jamoalarning teng yarmida murabbiylar almashtirildi.

Hali birinchi davra tugashiga bir tur qolganida 14 jamoadan 7tasida murabbiylar istefoga chiqarildi.


Istefoga chiqarilgan murabbiylar:

"So'g'diyona" — Sergey Lushan

"Buxoro" — Baxtiyor Ashurmatov 

"Andijon" — Ildar Sakaev 

"Qo'qon-1912" — No'mon Hasanov

"Lokomotiv" — Andrey Fyodorov 

"Navbahor" — Andrey Kanchelskis

"Surxon" — Andrey Miklyaev 


Ayni paytda faqatgina AGMK, "Paxtakor", "Nasaf", "Dinamo", "Metallurg", "Bunyodkor" va "Qizilqum"da murabbiy almashgani yo'q. Qolgan jamoalar chempionat avvalidagi murabbiylarni istefoga chiqarib, ularning o'rniga boshqa mutaxassislarni jalb etishdi.

"So'g'diyona" — Ulug'bek Baqoev

"Buxoro" — Muhsin Muhammadiev (Tojikiston)

"Andijon" — Aleksandr Xomyakov (Rossiya)

"Qo'qon-1912" — Aziz To'xtaboev

"Lokomotiv" — Samvel Babayan 

"Navbahor" — Deyan Jurjevich (Serbiya)

"Surxon" — Baxtiyor Ashurmatov (hali rasman elon qilingani yo'q)


Qayd etish kerakki, chempionat Oliy ligadan Superligaga o'zgargach faqatgina "Nasaf", "Qizilqum"  va "Paxtakor" murabbiyni almashtirgani yo'q. Qolgan barcha jamoalarda bu vaqt ichida qator murabbiylar o'zgartirildi. Oliy liganing oxirgi mavsumida va Superligada faoliyat ko'rsatib kelayotgan Ro'ziqul Berdiev, Hamidjon Aktamov va SHota Arveladze uzluksiz muntazam ishlab kelayotgan mutaxassislar sanalishmoqda.

SHuningdek, Superligada Andrey Miklyaev, Ulug'bek Baqoev va Baxtiyor Ashurmatov bittadan ko'p jamoalarda ishlashga ulgurishdi. Miklyaev "Loko"dan so'ng malum vaqt "Surxon"ni boshqardi. Ulug'bek Baqoev o'tgan yili "Buxoro" va joriy mavsumda "So'g'diyona"da ishlamoqda. Baxtiyor Ashurmatov esa AGMK va "Buxoro"dan keyin endilikda "Surxon" boshqaruviga o'tishi kutilmoqda.

Reyting: -37   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика