So’nggi yangiliklar

18:44Breaking! "Истанбул Башакшеҳир" Аббос Файзуллаев трансфери учун пул тўлади  1 18:40Саудия Арабистони Суперкубоги ярим финали: "Ал Насср" "Ал Иттиҳод" билан баҳс юритмоқда (онлайн ҳисоб)  11 18:33Легионер мураббий ва ҳужумчи, "Динамо" посбони, чиройли гол урган ҳимоячи — Суперлигада 19-турнинг энг яхшилари   0 18:19Суперлига 19-тур рамзий терма жамоаси  0 18:15Про лига. "Арал" Нукусда "Олимпик-MobiUz" билан ўйнамоқда (онлайн ҳисоб)  0 17:58Каррагернинг фикрича, АПЛ янги мавсумида "Ливерпуль" чемпион бўлади. Невилл талқинида эса "Арсенал"...  1 17:22"Футбол олами". "Нефтчи" Наманганда ғолиб, Абрамов Қосимовдан устун келди, "Андижон"да яна мағлубият  0 16:29"Барселона" янги мавсум учун учинчи либосини тақдим этди  1 15:41"Интер" Онанани ортга қайтармоқчи  1 15:12Рэшфорд: "Барселона" ушбу мавсум треблни расмийлаштириши мумкин"  5 14:43"Челси" ҳужумчиси фаолиятини "Астон Вилла"да давом эттириши мумкин  0 14:14"Ливерпуль" ҳимоячиси жамоани тарк этиши мумкин  2 13:42"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 13:13Натижа ортидаги оғриқлар. ЎФА 2009 йиллар борасида қарор қабул қиладиган вақт келмадими?  11 12:57"Интер" ўз футболчисини "Челси"га қўйиб юбормади  0

"Qizilqum" jamoasi Turkiyada mashg'ulotlarni boshladi Yangiliklar

"Qizilqum" jamoasi Turkiyada mashg'ulotlarni boshladi

SHu kunlarda Antaliyaning Side shaharchasida o'quv-mashg'ulot yig'ini olib borayotgan Orange palace mehmonxonasida istiqomat qilmoqda.
Kuniga ikki marotaba mashg'ulotlar uyushtirilmoqda.

Sidedagi Emerhon palase mehmonxonasiga qarashli sport majmuasida 19 fevral kuni ilk mashg'ulotlar o'tkazildi. Unda yigirma uch nafar futbolchi ishtirok etdi. Mashg'ulotlarni bosh murabbiy Yuriy Lukin va murabbiy Akmal Xoliqovlar olib borishmoqda.

Kunning birinchi yarmida asosiy etibor engil yugurish, chigalyozdi mashg'ulotlariga qaratildi. So'ngra jamoa azolari ikki tarkibga bo'lingan holda o'zaro to'p surdilar.

Antaliya o'quv-mashg'ulot yig'inida qatanashayotgan jamoa azolari bilan tanishing:

Darvozabonlar - Artyom Makosin, Erkin Jabborov.

Himoyachilar - Asqarjon Muhiddinov, Fayzullo Qambarov, Azizbek Usmonov, Boburjon Iskandarov, Akmal Rustamov, Mirjalol Qurbonov.

Yarim himoyachilar - Sarvarjon Xolmatov, Farruh Haydarov, Alisher Sanoev, Andrey Derkach, G'ayrat Jumaev, Jamshid SHohnazarov, Ruslan Sanaev.

Hujumchilar - Alisher Xoliqov, Vyacheslav SHevchenko, Alisher Azizov, Nodirjon SHaxobiddinov, Bobur Mamirov, Xurshid Yo'ldoshev, Bahriddin Vahobov, Feruz Boboqulov.

"Qizilqum"ning mohir yarim himoyachisi SHerali Jo'raev esa malum sabablarga ko'ra, hozirda jamoa bilan birga emas. Bir necha kundan so'ng, SHeralining Antaliyaga etib kelishi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, konchilar yig'in doirasidagi dastlabki o'rtoqlik uchrashuvini 20 fevral kuni o'tkazadi. Rossiya premer ligasi vakili "Rostov" jamoasiga qarshi kechadigan mazkur bahs Toshkent vaqti bilan soat 20.00 da boshlanadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика