So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

"Qizilqum": Yoshlarimizdan yana bir ishonchli g'alaba Yangiliklar

"Qizilqum": Yoshlarimizdan yana bir ishonchli g'alaba

Teglar :  QizilqumAndijon
Yoshlar ligasining oxirgi turida Andijondan ishonchli g'alaba bilan qaytgan “Qizilqum” yoshlari navbatdagi uchrashuvni ham ko'tarinki ruhda o'tkazishdi.

Garchi, “Olmaliq” yoshlari tarkibida tajribali Zohir Pirimov, Jahongir Abdumo'minov, Azamat Isroilov singari tajribali futbolchilar maydonga tushganiga qaramay, Obid Xudoyorov shogirdlari o'zlarini yo'qotib qo'yishmadi.

Dastlab birinchi bo'limda Sevdiyor Hamroqulov mehmonlar darvozasini ishg'ol etgan bo'lsa, tanaffusdan so'ng mezbonlar yana ikki bor “Olmaliq” posbonini chiroyli tarzda dog'da qoldirishdi. Avvaliga 46-daqiqada Bahrom Narzullaev o'rtadagi farqni oshirdi - 2:0.  78-daqiqada Maruf Tillaev “Qizilqum” yoshlarining uchinchi goliga mualliflik qildi.

Ko'pchilik mezbonlarning yirik g'alabasini taxmin qilayotgan bir pallada olmaliqliklar o'rtadagi farqni qisqartirishning uddasidan chiqdilar. O'yin tugashiga sanoqli daqiqalar qolganida Anvar Saparov “Olmaliq”ning yagona golini mezbonlar darvozasiga kiritdi - 3:1.

HAKAMLAR HUJJATIDAN KO'CHIRMA:

Yoshlar ligasi

22-tur, 18 sentyabr (juma)

“Qizilqum” (Navoiy) - “Olmaliq” (Olmaliq) - 3:1 (1:0)

Karmana shahri. “Qizilqum” PFK qoshidagi bolalar va o'smirlar futbol maktabi stadioni. 149 tomoshabin.

Hakamlar:
Komiljon Rasulov (Qarshi) - 8,6, Leonid Zakutilin - 8,4, Evgeniy Zakutilin - 8,4, Olimjon Abduhalimov (barchasi - Navoiy) - 9.

Nazoratchi: Igor Mustafin (Toshkent).

Gollar: Sevdiyor Hamroqulov (19), Bahrom Narzullaev (46), Maruf Tillaev (78), Anvar Saparov (90+3).

“Qizilqum”: 12. Dilshod Hamroev (50. SHaxzod Asatov, 73), 3. Jamhurbek Abdujalilov (27. Ruslan Iskandarov, 58), 4. Viktor Grigorev (5. Husniddin Fazliddinov, 31), 8. Sevdiyor Hamroqulov, 9. Bobur Mamirov (17. Sardor Po'latov, 79), 13. Bahrom Narzullaev (2. Maruf Tillaev, 55), 16. Sardor Jahonov, 20. Saidjon Hayitov, 21. Boburjon O'roqov, 25. Nuriddin Rahmatullaev, 29. Ruslan Sanaev.

“Olmaliq”: 30. Maksim Kriushev (s), 3. Azamat Isroilov, 4. Ulug'bek Xudoyberdiev, 6. Muhammad Isaev, 8. Jahongir Abdumo'minov (9. Qadamboy Nurmetov, 46, 19. Anvar Saparov, 62) 10. Abdumalik Toshpo'latov, 11. Zohir Primov (13. Farhod Imomov, 46), 12. Abduaziz Jo'raboev (20. Murod Axatov. 79), 14. Doniyor Nabiev, 15. Azizbek Suyunov, 17. Mirjalol Miryusupov (7. Dadaxon Yusupov, 75).

Ogohlantirishlar: Viktor Grigorev (17), Jahongir Abdumo'minov (45+1), Jamhurbek Abdujalilov (55),  Husniddin Fazliddinov (57), Ruslan Sanaev (57), Sevdiyor Hamroqulov (67), Sardor Jahonov (89).

CHetlatish: Sevdiyor Hamroqulov (ikkinchi sariq kartochka, 68).

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика