So’nggi yangiliklar

16:30​Про лига. "Олимпик" "ФарДУ" билан баҳс юритмоқда (онлайн ҳисоб)  0 16:24Аморим "Интер" футболчисини "Манчестер Юнайтед"га олиб келмоқчи  0 15:55Франция Дембеленинг ғалабасидан сўнг "Олтин тўп" соҳиблари сони бўйича биринчи ўринга чиқиб олди  1 15:32"Футбол олами". "Навбаҳор"да 0:5, "Пахтакор" аутсайдерни юта олмади, ОКМКдан 5:1  0 15:06Антонио Конте: "Скудеттодан кейин биздан умидлари катта"  1 14:39Ўзбекистон U-15 терма жамоаси ОКМК U-16га ҳеч қандай имкон қолдирмади  1 14:11"Арсенал" асосий футболчиси 2 ойга сафдан чиқди  2 13:42Жоан Лапорта: "Олтин тўп" учун сўровномадаги иккинчи ўрин Ямалга мотивация беради"  12 13:14"Барселона" ярим ҳимоячиси тахминан 3 ҳафта майдонга тушолмайди  0 12:46Қосим-Жўмарт Тўқаев ФИФА президенти билан учрашди  4 12:19"Насаф"нинг рақиби Қирол Кубоги 1/8 финалига йўл олди  3 11:53Усмон Дембеле: "Олтин тўп" фаолиятимдаги мақсадим эмасди"  20 11:29"Бавария" ҳимоячиси "Реал"га ўтишни истамоқда  1 10:48Деклан Райс: "Улар бизни ҳурмат қила бошлашди"  4 10:20Пролига. Бугун 15-турга старт берилади  0

“Qizilqum” Turkiya yig'inini g'alaba bilan yakunladi Yangiliklar

“Qizilqum” Turkiya yig'inini g'alaba bilan yakunladi

Ikki hafta mobaynida Turkiyaning Antaliya shahrida o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazgan “Qizilqum” futbolchilari yig'in doirasida so'nggi nazorat uchrashuvini g'alaba bilan tugatishdi.

Navoiyliklarning bu galgi raqibi Gruziyaning “Dila” (Gori) klubi bo'ldi.

Gori shahri sharafini himoya qiluvchi klub 70 yillik tarixga ega bo'lib, 2015 yilda mamlakat chempioni, 2012 yildi Gruziya kubogini qo'lga kiritgan.

Bellashuv murosasiz kechdi. Tajriba bobida anchagina ustun bo'lgan gruziyalik futbolchilar asosan to'p nazoratini saqlash orqali o'yin tashkil etishga urinishdi. Ikkinchi bo'limni vakillarimiz ancha tajovuzkor boshlashdi. Bir  vaziyatda Giorgi Kuxianidzening zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi. Uchrashuv tugashiga o'n daqiqa qolganida vakillarimiz o'yin taqdirini hal qiluvchi golni kiritishdi.  Aniqrog'i, jamoamizning gruziyalik legionerlari o'z vatandoshlariga qarshi kechgan bahsda g'alabani o'zlari tomonga og'dirib olishdi. Mate Vacadzening ajoyib to'p uzatishidan keyin Elguja Grigalashvili raqib posboni bilan birga bir vaziyatga chiqib bordi va uni qiyinchiliksiz dog'da qoldirdi -1:0.

SHu tariqa “Qizilqum” Turkiyadagi o'quv-mashg'ulot yig'iniga yakun yasadi. Yig'in davomida futbolchilarmiz oltita nazorat uchrashuvini o'tkazishib, 4 ta g'alaba, 1 durang va 1 mag'lubiyat qayd etishdi.

Jamoamiz azolari juma kuni yurtimizga qaytishadi.

Nazorat uchrashuvi. 11.02.2021.

“Qizilqum”   - “Dela” (Gruziya) 1:0.

Gol: Elguja Grigalashvili (80).

Turkiya. Antaliya. “Asteriya” futbol markazi.

Qizilqum”: Ignatiy Nesterov - Fayzulla Qambarov (Oleg Tolmasov, 46), Muhsin Ubaydullaev, SHeral Jo'raev, Salim Mustafoev – Erkin Boydullaev, Oybek Qilichev, Jamshid Hasanov (Behruz Sadilloev, 75), Giorgi Kuxianidze, Elguja Grigalashvili – Mate Vacadze.

UCHRASHUVDAN OLINGAN FOTOLAVHALAR:


Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика