So’nggi yangiliklar

16:04ПСЖ форварди АПЛга йўл олиши мумкин  0 15:31"Нефтчи" Наманганда "Навбаҳор"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 15:13"Рома" АПЛдаги футболчини 20 млн еврога харид қилиш ҳуқуқи билан 3 млн еврога ижарага олди  1 14:41Де Хеа "Манчестер Юнайтед"га қайтиши мумкин  2 14:08"Ювентус" "Лилль" вингерини сотиб олмоқчи  0 13:25"Рома" Санчонинг молиявий талабларини қондира олмайди  0 12:45Гвардиола Эдерсон билан боғлиқ вазият ҳақида: "Агар футболчи кетишни истаса, у кетиши керак"  2 12:18ОЧЛ-2. "Андижон"нинг гуруҳдаги рақиблари ҳамда мураббий ва футболчиларнинг қуръага муносабати  11 11:55"Арсенал" бразилиялик футболчига қизиқиб қолди  0 11:28Родригонинг "Реал"дан "Манчестер Сити"га эҳтимолий ўтиш тафсилотлари маълум бўлди  6 10:48Превью. 8 йиллик танаффусдан сўнг "Бунёдкор" "Бухоро"ни ўз уйида мағлуб эта оладими?  5 10:20Превью. Ўтган тур мағлуб бўлган "Андижон" ва "Машъал" ўзаро баҳс олиб боради  2 09:53Флик йирик ғалабадан сўнг футболчиларини танқдид қилди  10 09:25Превью. Сўнгги турда ғалаба қозонган "Қўқон-1912" ва "Сурхон" баҳсида устунлик ким томонда?  0 08:58Гвардиола таркибдан норози эканлигини маълум қилди  13

"Qizilqum" o'z uyida "So'g'diyona" bilan durang o'ynadi Yangiliklar

"Qizilqum" o'z uyida "So'g'diyona" bilan durang o'ynadi

Superliganing 11-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "So'g'diyona" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

 

Uchrashuvning 8-daqiqasida Kaxi Maxaradze qanotdan oshirilgan to'pni boshi bilan darvozaga yo'llab, hisobni ochdi - 0:1.

20-daqiqada SHerali Jo'raevning o'ng qanotdan raqib jarima maydonchasiga uzatib bergan to'piga Grigalashvili ulgurmadi. Aks holda hisob tenglashishi mumkin edi...

33-daqiqada Boymatovning jarimadan yo'llagan zarbasini va Mitrovich qaytardi. 45-daqiqada Sanoevning burchakdan uzatgan to'pni Qambarov  boshi bilan noaniq yo'lladi...

Birinchi taymda boshqa gol urilmadi.

49-daqiqada Fayzulla Qambarovning 17 metrlardan yo'llagan zarbasi mo'ljalga etib bormadi... 

59-daqiqada SHerali Jo'raev jarima maydonchasiga kirib bordi va to'pni sheriklariga uzatdi. To'p himoyachi qo'liga tegib yo'nalishini o'zgartirdi. Bosh hakam mehmonlar darvozasiga penalti belgiladi. Elguja Grigalashvili 11 metrli jarima to'pidan gol urdi - 1:1. 

85-daqiqada jarimadan uzatilgan to'pni raqib posboni qaytarishga erishdi. Darvozabondan qaytgan to'pni Grigalashvili darvozabon ustidan oshirib to'rga yo'llashga urindi. Yana darvozabon to'pni egalladi...

O'yinda 1:1 hisobi qayd etildi. 


Qizilqum

Elguzha Grigalashvili - 60'

Superliga. 11-tur

15/06/2019, 20:00

1
:
1
Tugadi

So'g'diyona

Kaxi Maxaradze - 8'

45'
90'
60'  Elguzha Grigalashvili
8'  Kaxi Maxaradze


QIZILQUM – SO'G'DIYONA 1:1
15 iyun 2019 yil. Navoiy. "Yoshlar" stadioni. 20:00
Hakamlar
: Hasan Ro'ziev, Olim Abduvasilov, Timur Gaynullin, Asker Najafaliev
Nazoratchi: Andrey Tambovcev
Komissar: Laziz Qo'chqorov

Gollar: Kaxi Maxaradze 8, - 0:1. Elguja Grigalashvili 60 penalti, - 1:1.

"Qizilqum": Artyom Makosin, Erkin Boydullaev, Alisher Sanoev, Fayzullo Qambarov, Salim Mustafoev (Azizbek Usmonov, 55), Eldor Boymatov (Xurshidjon Olimov, 46), Muhsin Ubaydullaev, SHerali Jo'raev, Elguja Grigalashvili, Maqsud Karimov, Medina Smit.
Zaxira: Evgeniy CHeremisin, Murodbek Bobojonov, Akmal Rustamov, Humoyun Abdualimov, Mirjalol Qosimov, Sardor Jahonov, Suhrobjon Yarashev

"So'g'diyona": Milan Mitrovich, Sardor Qulmatov, Iskandar SHoyqulov (Muhammadali Yo'ldoshev, 46), Elyor Orifov, Kaxi Maxaradze, Nuriddin Hasanov, Sanjar Rashidov (Siroj Meliev, 71), SHohruz Norxonov, Izzat Abdullaev, Nikola Milinkovich, SHahboz Jo'rabekov.
Zaxira: SHirinboy Abdullaev, Oybek Nurmatov, Murod Rajabov, Doston Toshmatov, Davron Umirov, Dian Talxatov, Durbek Kamolov.


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика