So’nggi yangiliklar

09:18"Ал Иттиҳод" 18 ёшли футболчига 50 миллион евро тўлашга тайёр  0 08:51Модрич А Серия рекордини ўрнатди  0 08:20Артета кечаги учрашувда жароҳат олган етакчилари ҳақида фикр билдирди  0 07:52Роналду ушбу натижага эришган тарихдаги илк футболчи  8 07:24МЛС. Мессисиз "Интер Майами" мусобақа аутсайдерини мағлуб эта олмади  2 07:05Суперлига. "Насаф" сафарда "Сурхон"ни енгди, "Хоразм" эса ОКМК майдонида мағлубиятга учради  0 02:36Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Леванте"га қарши 0:2ни 3:2га айлантириб, ғалаба қозонди  60 01:55А Серия. "Наполи" ва "Рома"да ғалаба, "Милан" эса кутилмаганда ўз уйида "Кремонезе"га мағлуб бўлди  5 01:47Ҳаким Фузайлов: "Туркманистон бизга таклиф билан чиқди, аммо биз рад жавобини бердик"  2 01:31Миржалол Қосимов: "Ҳар бир ўйин қийин кечмоқда. "Хоразм" ҳам бугун яхши ўйин кўрсатди"  2 00:37Ла Лига. "Атлетико" иккинчи турда ҳам ғалаба қозона олмади, Симеоне шогирдлари Мадридда "Эльче" билан дуранг ўйнашди  2 00:31Рўзиқул Бердиев: "Сурхон" эҳтимол "Насаф"нинг салоҳиятидан қўрққандир"  10 00:15Февзи Давлетов: "Бундан ҳам яхшироқ ўйнай оламиз"  2 23:46Бундеслига. "Байер" ўз уйида "Хоффенхайм"га мағлуб бўлди, "Боруссия Дортмунд" сўнгги дақиқаларда иккита тўп ўтказиб, ғалабадан қуруқ қолди  4 23:28АПЛ. "Арсенал" "Эмирейтс"да "Лидс"га жавобсиз 5 та гол урди, Гёкерешда дубл!  12

"Qizilqum": Yig'inda gruziyalik legionerlar qatnashmoqda Yangiliklar

"Qizilqum": Yig'inda gruziyalik legionerlar qatnashmoqda

SHu kunlarda Navoiyning “Qizilqum” jamoasi poytaxtimizda navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'ini tashkil etmoqda. Unda yigirma olti nafar futbolchi ishtirok etyapti.
Mashg'ulotlarda birinchi davra uchrashuvlarini yoshlar tarkibida o'tkazgan yarim himoyachi Bobirjon Iskandarov, hujumchi Bahodir Qosimovlar ham qatnashmoqda. Jamoa murabbiylar shtabi ikkinchi davraga munosib tayyorgarlik ko'rish maqsadida yana bir qator legionerlarni ham ko'rikdan o'tkazishni rejalashtirishgan. Jumladan, poytaxtda uyushtirilayotgan mashg'ulotlarga gruziyalik Georgiy Kvesishivili, Georgiy Mikaberidze jalb etilgan. Himoyachi Kvesishivili “Buxoro” jamoasidagi o'yinlari bilan muxlislarimizga yaxshi tanish. Yarim himoya va hujum chizig'ida to'p suradigan Mikaberidze esa oxirgi mavsumda Gruziyaning “Olimpi” (Rustavi) jamoasi sharafini himoya qilgan.
   
Konchilar Toshkentda 20 iyulga qadar yig'in o'tkazishni mo'ljallashgan. Bu vaqt mobaynida Yuriy Lukin shogirdlari bir necha o'rtoqlik o'yinlarida maydonga tushadi.
   
“Qizilqum” jamoasi dastlabki sinov uchrashuvini 14 iyulda Namanganning “Navbahor” vakillariga qarshi o'tkazdi. Unda murabbiylar shtabi ikki tarkibni maydonga chiqazdi.
   
Dastlabki bo'limda navoiyliklar maydonda quyidagi tarkibda maydonda harakat qildilar:
   
Artyom Makosin, Akmal Rustamov, Asqarjon Muhiddinov, Georgiy Kvesishivili, Mirjalol Qurbonov, Azizbek Usmonov, Alisher Sanoev, Samandar SHodmonov, SHerali Jo'raev, Ruslan Vagapov, Georgiy Mikaberidze.
   
Ikkinchi bo'limda esa quyidagi futbolchilar “Qizilqum” libosida uchrashuvni davom ettirdilar:

   
Dilshod Hamroev, Akmal Xoliqov, Fayzullo Qambarov, G'ayrat Jumaev, Bobirjon Iskandarov, Eldor Boymatov, Jamshid SHohnazarov, Sarvarjon Xolmatov, Navro'zbek Alimov, Alisher Xoliqov, Nodirbek SHahobiddinov (Bahodir Qosimov).
   
Uchrashuv tafsilotiga qisqacha to'xtaladigan bo'lsak, o'yin teng kurashlar ostida o'tdi. Har ikkala jamoada ham golga tortadigan vaziyatlar etarlicha sodir etilgan bo'lsa-da, undan faqat bir bor namanganliklar unumli foydalandilar. O'yinning 60-daqiqasida konchilar himoyachilarining o'zaro tushunmovchiligidan samarali foydalangan Alisher Mahmudov darvozabon Dilshod Hamroevni osonlikcha dog'da qoldirdi. Uchrashuv oxirigacha shu hisob o'zgarmay qoldi.
   
Rejaga ko'ra, “Qizilqum” jamoasi navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvini 17 iyul kuni o'tkazadi. SHu kuni Yuriy Lukin shogirdlari “Bunyodkor” yoshlari bilan kuch sinashadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика