So’nggi yangiliklar

10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  0 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  7 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  2 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  5 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  2 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  21 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  3 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  2 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  2 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  3

"Qizilqum" futbolchisi Stanislavlevich: "Lokomotiv" bilan o'yindagi g'alabaning qadri mavsum oxirida bilinadi" Yangiliklar

"Qizilqum" futbolchisi Stanislavlevich: "Lokomotiv" bilan o'yindagi g'alabaning qadri mavsum oxirida bilinadi"

Nikola Lazarevich murabbiyligidagi "Qizilqum" mavsumni g'alaba bilan boshladi.

Olmaliqda "Lokomotiv" raqiblik qilgan o'yinda navoiyliklar 2:0 hisobida zafar quchdi. Jamoaning ikkinchi goliga mualliflik qilgan Aleksandar Stanislavlevich uchrashuvdan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 


"Birinchi o'rinda g'alabani raqibga bermaganimizdan xursandman. Mavsumning boshida juda muhim uch ochkoni qo'lga kiritdik. Ushbu ochkoning qadri mavsum oxirida bilinadi. "Lokomotiv" bilan o'yinning boshidan qaynoq kurash kechdi. Raqibga yaxshi o'yin uchun minnatdorchilik bildiraman. 

Albatta O'zbekiston chempionatidagi debyutimda gol urishim yoqimli. Lekin bu men uchun muhim ahamiyat kasb etmaydi. Jamoaviy natija hamma narsadan ustun sanaladi. Bir narsani aytishim kerakki, jamoada ichki muhit alo darajada. Klubga kelgan paytimdanoq chiqishib ketdik. O'zimni uyimdagidek his qilmoqdaman. Bu omil o'z-o'zidan maydondagi harakatlarimizning yaxshilanishiga xizmat qilmoqda",- deydi serbiyalik yarim himoyachi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика