So’nggi yangiliklar

19:08Кроос: "Нойер – барча даврларнинг энг яхши дарвозабони"  3 18:40Про лига. "Локомотив" "ФарДУ" майдонида ишончли ғалабага эришди, "Олимпик" "Жайхун" билан беллашмоқда (онлайн ҳисоб)  1 18:28Суперлига. "Хоразм" - "Қизилқум" 0:1 (матнли трансляция)  2 18:25Манба: Шаҳбоз Умаровнинг янги жамоаси маълум  3 17:57Беллингем Мадридда ўзи ва онасига уй олиш учун 32 млн евро сарфлади  1 17:26Нкунку "Бавария"га ўтиш арафасида  0 16:53"Арсенал" АПЛда бурчак зарбаси орқали 31 та гол урди  1 16:31Украиналик юлдуз ПСЖда россиялик дарвозабон билан мулоқот қилмаяпти  29 16:00Соядаги қаҳрамон Салиба, омади чопмаган "қизил иблислар" — "Арсенал" қийин ўйинда "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб этди   4 15:37"Бунёдкор" сўнгги дақиқаларда дурангни ғалабага айлантирган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 15:20Матия Кривокапич: "Ғалабадан ҳамма хурсанд, лекин эртага янги кун бошланади"  0 15:02Суперлига. 20-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди   0 14:46Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг Испанияга жўнаб кетадиган таркиби маълум  5 14:22Шаҳбоз Жўрабеков: "Малини тартибга чақирдим, у эса агрессивликка берилиб кетди. Камида 1 очкога лойиқ эдик"  0 14:10"Андижон" меҳмонда "Машъал"дан енгилган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0

Qirol kubogi-2015. O'zbekiston (U23) - Tailand 5:2 Yangiliklar

Qirol kubogi-2015. O'zbekiston (U23) - Tailand 5:2

SHuhrat Maqsudov boshchiligidagi O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Tailanddagi Qirol kubogida ikkinchi o'yinini o'tkazdi.
O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Tailand milliy terma jamoasiga qarshi o'ynadi.

Uchrashuvning 8-daqiqasida Tailand hisobni ochdi. 33-daqiqada vakillarimiz hisobni tenglashtirishdi - 1:1. Sardor Sobirxo'jaev o'zini ko'rsatdi. Bo'lim so'nggida vakillarimiz oldinga chiqib olishdi - 2:1. Bu vaziyatda Sardor Sobirxo'jaevga nisbatan ishlatilgan qo'pollik uchun belgilangan jarima to'pidan jamoamiz sardori Jamshid Iskanderov gol urdi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi. Terma jamoamiz safida Diyor Turopov ancha faol o'ynamoqda. CHap qanot himoyachisi Xurshid Muhtorov o'rniga Maksimilian Fomin tushdi. 

58-daqiqada tailandliklar xavfli jarima to'piga ega bo'lishdi. Bu vaziyatda Abdumavlon Abdujalilov to'pni qaytardi.

72-daqiqada hisob tenglashdi. Pokklav Annan dublini rasmiylashtirdi - 2:2.

76-daqiqada O'zbekiston yana hisobda oldinga o'tib oldi. Bu vaziyatda zaxiradan maydonga tushgan Maksimilian Fomin raqib jarima maydoni ichiga kirib borib o'ng oyoqda darvozani ishg'ol qildi - 3:2.

81-daqiqada hisob 4:2ga etdi. O'ng qanotdan oshirilgan to'pni Abbos Maxstaliev chamasi 23 metrlardan darvozaga joylab qo'ydi.

90-daqiqada olimpiyachilarimiz hisobni yiriklashtirishdi. Iskanderovning pasidan so'ng Sergeev darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib borib gol urdi - 5:2. Bahs so'nggida Fomin qizil kartochka olib maydonni tark etdi.

SHu tariqa, SHuhrat Maqsudov shogirdlari Tailand milliy terma jamoasi ustidan yirik hisobda zafar quchishdi. Endi jamoamiz 7 fevral kuni Gonduras yoshlar terma jamoasiga qarshi o'ynaydi. 


# Jamoalar O' YU D M T-N O
1 Janubiy Koreya 2 2 0 0 3:0 6
2 O'zbekiston 2 1 0 1 5:3 3
3 Tailand 2 1 0 1 5:6 3
4 Gonduras 2 0 0 2 1:5 0


Qirol Kubogi (King's Cup).
4 fevral. Tailand. 17:00
O'zbekiston (U-23) - Tailand MTJ 5:2
Gollar:
Pokklav Annan 8, - 0:1. Sobirxo'jaev 13, - 1:1.Iskanderov 43, - 2:1. Pokklav Annan 72, - 2:2. Fomin 76, - 3:2. Maxstaliev 81, - 4:2. Sergeev 90, - 5:2.
O'zbekiston (U-23):
Abdumavlon Abdujalilov, Muhsin Ubaydullaev, Xurshid Muhtorov (Maksimilian Fomin, 55), Sardor Rahmonov, Diyor Turopov, Sardor Sobirxo'jaev (Javohir Rasulov, 75), Abdulloh Olimov, Jahongir Abdumo'minov, Jamshid Iskanderov (Murod Bobojonov, 90+2), Abbos Maxstaliev, Igor Sergeev.
CHetlatish: Maksimilian Fomin 90+4
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика