So’nggi yangiliklar

22:13Туркманистонга қарши ўйин олдидан расмий машғулот  1 21:13Илкай Гюндоганнинг кейинги клуби номи маълум бўлди  2 21:07"Байер" 30 млн. еврога Саудия Арабистони клуби футболчисини сотиб олди  0 20:15Трансфер дедлайни: "Ливерпуль" Гехини ҳам сотиб олмоқда  7 19:53"Манчестер Сити" аъзоси Италияга йўл олмоқда — Here We Go!   5 19:36Breaking! "Бавария" Николас Жексон трансферини ижобий ҳал қилди  5 19:20Коло Муани "Тоттенхэм" футболчисига айланмоқда — Here We Go!  1 19:00CAFA Nations Cup. Эрон Ҳиндистон дарвозасига 3 та тўп киритди  16 18:41Расман: "Ливерпуль" футболчиси "Рома"га ўтди  0 18:23"Ньюкасл" 63,5 млн евро эвазига ҳужумчи сотиб олмоқда  4 18:02Ҳусанов қанча муддатга сафдан чиққани маълум  12 17:39Эшитдик-да! Усмон Тошев ЎФА терма жамоалар бўлими раҳбари лавозимига қайтмоқда  53 17:28"Милан" ҳужумчиси "Рома"га ўтишга рози  2 17:10Абдуқодир Ҳусанов CAFA мусобақасини ўтказиб юборади  19 16:50Расман: Эрон терма жамоаси ҳужумчиси "Олимпиакос"га ўтди  2

"Qirg'iziston va Tojikiston bilan o'yinlar, Marokash yig'ini, futzalga katta tasir qilgan omil". Davron CHoriev bilan intervyu Yangiliklar

"Qirg'iziston va Tojikiston bilan o'yinlar, Marokash yig'ini, futzalga katta tasir qilgan omil". Davron CHoriev bilan intervyu

O'zbekiston futzal terma jamoa jamoasi 23 martdan 3 aprelga qadar Quvayt mamlakatida bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatiga qizg'in hozirlik olib bormoqda.

Musobaqaga qadar puxta tayyorgarlik ko'rish maqsadida vakillarimiz bir qator o'rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etmoqda. Xususan shu oyning boshida Marokash bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazgan futzalchilarimiz yig'inning navbatdagi qismini poytaxtimizda davom ettirishdi hamda Qirg'iziston va Tojikiston termalari bilan o'zaro kuch sinashishdi. Ortda qolgan yig'in xususida terma jamoamizning tajribali o'yinchisi Davron CHorievning fikrlariga quloq tutdik.

-  Avvalo Toshkentda o'tgan yig'in haqida fikrlaringizni bildirib o'tsangiz. Tojikiston va Qirg'iziston terma jamoalari bilan kechgan o'rtoqlik uchrashuvlaridan qanday xulosalar chiqarildi?

- Toshkentda o'tkazgan yig'in va tashkil etilgan o'rtoqlik uchrashuvlari bizning foydamizga xizmat qildi. CHunki mazkur o'yinlarda yosh futzalchilar ham ishtirok etishdi. Hammamiz uchun katta tajriba bo'ldi deb o'ylayman. 

- Qirg'iziston bilan Olmaliqda o'tgan birinchi o'rtoqlik uchrashuvida nima uchundir terma jamoamiz qiynalgandek taassurot qoldirdi. Xato va kamchiliklar ko'rindi...

- Nafaqat Qirg'iziston balki Tojikiston bilan bahsda ham xato va kamchiliklarimiz borligi sezildi. Mening o'ylashimcha tarkibimizni ko'proq o'zgartirib o'ynaganimiz sabab bo'lgan bo'lishi mumkin. Lekin bu holat yaxshi. Boisi rasmiy uchrashuvlarda jarohatlar, turli vaziyatlar yuz beradigan bo'lsa tarkibda o'zgarish qilishga ehtiyoj seziladi. 

- Bilishimizga qaraganda mashg'ulotlarda jismoniy yuklamalar ko'p berilayotgan ekan. Lekin Osiyo chempionatida buning samarasini ko'ramiz degan umiddamiz. 2016 yil Xose Mariya Mendes murabbiyligida Toshkentdagi Osiyo chempionatida terma jamoamiz jismoniy jihatdan yaxshi holatda bo'lgan edi...

- 2016 yilgi Osiyo chempionatiga adashmasam 8 oy tayyorgarlik ko'rgan edik. Ko'p o'rtoqlik o'yinlarida ishtirok etganmiz. Eron, Qozog'iston, Ispaniya, Portugaliya kabi termalar bilan bellashganmiz. Qisqa qilib aytganda jahon darajasidagi termalar o'rtoqlik uchrashuvida raqiblik qilgan. Bu yil esa pandemiya barcha sohalar qatori futzalga ham katta tasir qildi. Asta-sekinlik bilan barchasi joyiga tushadi, hammasi yaxshi bo'lishiga ishonaman.

- Eron haqida gap borar ekan oktyabr oyida bu yurt futzal terma jamoasi bilan ikkita o'rtoqlik o'yini o'tkazildi. Har ikki bahsda ham futzalchilarimiz tengma-teng harakat qilishdi va yutish mumkinligini ham isbotlay olishdi. Bu narsa yosh futzalchilarga o'z kuchiga bo'lgan ishonchni ortishiga yordam beradimi?

- Eron kabi yaxshi saviyadagi jamoalarga qarshi to'p tepishning ijobiy tomonlari ham bor. Boisi bunda tajriba va malaka yanada ortadi. 

- Har bir yig'inda yangi nomlarni, yosh futzalchilarni uchratmoqdamiz. Ularning terma jamoaga va ichki muhitga moslashib ketishi qiyin kechmayaptimi? Muxlislar esa Artur Yunusov, Konstantin Sviridov, Farhod Abdumavlonov kabi nomdor o'yinchilarga o'rganib qolgandi...

- Yosh futzalchilar tez chiqishib ketishmoqda. Ichki muhitda esa muammo yo'q deb bemalol ayta olaman.

- Marokash yig'ini qaysidir manoda terma jamoamiz uchun yangilik bo'ldi. Xo'sh, Marokash bilan o'yin jamoaga nima berdi?

- Ha, Afrika qitasi vakili biz uchun o'ziga xos yangilik edi. Marokash terma jamoasi bilan ilk bor to'qnash keldik. Raqib kutilmagan o'yin uslubida bizga qarshi o'ynadi, tarkibidagi futbolchilar ham yuqori darajada asosan Evropa klublarida to'p tepadi. Bu esa albatta o'z so'zini aytdi.      

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика