So’nggi yangiliklar

09:58Яна бир собиқ Олимпия терма жамоамиз аъзоси фаолиятини "Шўртан"да давом эттиради  0 09:32Ўзбекистон МТЖ аъзоси фаолиятини "Андижон"да давом эттириши мумкин  4 09:08Арманистон чемпионатининг энг яхши футболчиларидан бири фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  5 08:41ЦСКА собиқ футболчиси: "Файзуллаевни жуда яхши вақтда сотишди"  5 08:15Луиджи Ди Бияджо: "Рақиб ғалабага лойиқ ўйин намойиш қилди"  0 07:56"Насаф" бразилиялик ярим ҳимоячига таклиф билан чиқди  8 07:28Расман. "Бунёдкор"ни яна бир асосий таркиб футболчиси тарк этди  3 01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  5 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  3 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  7 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  4 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  2 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  3 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  1

Qirg'iziston – Myanma: O'yindan oldingi matbuot anjumani Yangiliklar

Qirg'iziston – Myanma: O'yindan oldingi matbuot anjumani

JCH-2022 saralashi doirasidagi Qirg'iziston - Myanma uchrashuvidan oldin ikkala jamoa ustozlari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Qirg'iziston bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin, Myanma ustozi Miodrag Radulovich, futbolchilar – Valeriy Kichin va Zo Min Tun jurnalistlar savollariga javob berishdi.

Miodrag Radulovich, Myanma terma jamoasi bosh murabbiyi:


«Qirg'izistonga kelganimga 4 yil bo'libdi (izoh – Miodrag Radulovich 2016 yil oktyabr oyida Livan ustozi sifatida Qirg'izistonga kelgan). Sizning mamlakatingizdan yaxshi xotiralar qolgan, xalqingiz mehmondo'st, stadionga ajoyib muxlislar kelishadi. Myanma hozir rivojlanish davrini boshdan kechirmoqda. Bu saralash bosqichiga Suzuki Sup-2020 musobaqasiga tayyorgarlik sifatida qarayapmiz. Maqsadim aynan shu musobaqaga yaxshi tayyorgarlik ko'rish. Qirg'iziston bilan o'yin – biz uchun katta tajriba. Umid qilamanki, muxlislar o'yindan zavq olishadi.

Qirg'iziston qanday o'ynashini juda yaxshi bilaman. Jamoaning Osiyo Kubogidagi ishtirokini kuzatdim. Futbolchilar o'zlaridan yaxshi taassurot qoldirishdi, balki omad etishmagandir. Jamoa – kuchli, shu bois ertaga bizni og'ir o'yin kutmoqda. Ammo men realistman va o'z jamoam imkoniyatlarini to'g'ri baholayapman".


Aleksandr Krestinin, Qirg'iziston bosh murabbiyi:

«Jamoa ertangi bahsni kutmoqda. Ha, biz saralashni u qadar yaxshi boshlay olmadik, ammo bu endi tarix, uni o'zgartirib bo'lmaydi. Ertaga musobaqa jadvalidagi holatni yaxshilash uchun borimizni beramiz. O'z muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz. Barchasi joyida. Terma jamoaga bugungi kundagi eng kuchli va eng tayyor futbolchilarni chaqirganmiz.

Hozirgi Myanma terma jamoasi – Osiyo Kubogi saralashida o'ynagan jamoadan tubdan farq qiladi, ularda yangi murabbiy bor, uning talablari umuman boshqacha. Terma jamoa ancha yoshardi, o'yin uslubi ham o'zgardi".

Valeriy Kichin, Qirg'iziston futbolchisi:

«Ertaga muxlislarni xafa qilmaslik uchun borimizni beramiz, o'z uyimizda o'ynaymiz shu bois g'alabadan boshqasi qoniqtirmaydi».

Eslatib o'tamiz, JCH-2022 saralashi va Osiyo Kubogi-2023 saralashi doirasidagi Qirg'iziston – Myanma uchrashuvi 10 oktyabr kuni Bishkekdagi Dolon Omurzakov nomidagi stadionda bo'lib o'tadi.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика