Qirg'iz Respublikasi darvozaboniga Italiya va Rossiya jamoalari qiziqmoqda
23 mar 22:07
Yangiliklar


Qirg'iz Respublikasi darvozaboniga Italiya va Rossiya jamoalari qiziqmoqda
RPL, MFL va Italiyaning bir qancha jamoalari qirg'izistonliklar posboni Erjan Tokotaevga qiziqish bildirmoqda.
Bu haqda Aladop.kz xabar berdi.
Erjan Tokotaev va uning terma jamoasi JCH 3-saralash bosqichi 7-turida O'zbekistonga qarshi bahs olib bordi. Toshkentda bo'lib o'tgan o'yinda qirg'izistonlik darvozabon bir nechta seyvlarni amalga oshirgan va Eldor Shomurodovning penaltisini qaytargandi. Umuman olganda, Tokotaev bahsning eng yaxshi o'yinchilaridan biri bo'lgan edi.
25 yoshli futbolchi Qirg'iz Respublikasi terma jamoasi safida 33 o'yinda maydonga tushgan. Transfer narxi – 300 ming evro. U ayni paytda Turkiya birinchi ligasida ishtirok etayotgan "Shanliurfaspor" jamoasida o'ynaydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Ана клубларга майли Пахтакоргаям танкид килавурила, бу у́з миллий камандамизку
Omadini bersin UZB bilan oʻyinda zoʻr turib berdi darvozabonda... Har qalay Yevropada oʻynargan hozir bu darvozabon...