So’nggi yangiliklar

00:30"Реал" ёзда Пасни "Комо"дан 9 млн еврога сотиб олишга қарор қилди. Нико қайта сотилмайди  0 23:41"Реал" Карвахалга ўринбосар топди  1 23:04Хаби Алонсо "Реал"дан учта юлдузни сотиб олишни сўради  2 22:15“Барселона” ва “Ювентус” “Борнмут” футболчисига қизиқмоқда  0 21:48"Арсенал" ҳимоячиси Салиба: "Мен АПЛни яхши кўраман, лекин асосий мақсадим — Чемпионлар лигаси"  0 21:21Флик Рэшфорд бўйича қарор қабул қилди  3 20:55“Манчестер Юнайтед” “Атлетико” ярим ҳимоячисини нишонга олди  1 20:24“Манчестер Сити” футболчиси январда клубни тарк этиши мумкин  3 19:54Футбол юлдузлари Рождество байрамини қандай нишонламоқда?  11 19:20Ҳатто Польша Биринчи лигаси вакили ҳам Балотелли билан шартнома имзолашни хоҳламади  4 18:49Ямаль: "Мен тун ярмида уйғониб, печенье ейиш учун эртароқ ухлайман"  9 18:20ПСЖ "Реал" асосий футболчисига фойдали шартнома таклиф қилишга тайёр  1 17:51"Челси"нинг икки футболчиси сафга қайтди ва "Астон Вилла"га қарши ўйинга тайёр  1 17:22"Манчестер Юнайтед" Семеньо бўйича муваффақиятсизликдан кейин "Лейпциг" юлдузига кўз тикди  4 16:54"Атлетико" Сёрлотни 35-40 млн евро эвазига сотишга тайёр  1

Qatarning qolib ketishi, Angliyaning oqsashi va Yaponiyaning kutilmagan mag'lubiyati – JCH 2-turining asosiy voqeliklari Yangiliklar

Qatarning qolib ketishi, Angliyaning oqsashi va Yaponiyaning kutilmagan mag'lubiyati – JCH 2-turining asosiy voqeliklari

Jahon chempionatining 2-tur o'yinlari yakunlandi. Endi oraliq natijalarni sarhisob qilish va ortda qolgan o'yinlarning asosiy voqeliklari xususida so'z yuritish mumkin.

Eronning g'alabasi

1-turdagi fiaskodan so'ng Eron terma jamoasi o'z holatini o'nglab olib, Uelsga qarshi o'yinda yaxshi o'yin ko'rsatdi. Eronliklar bu safar madhiyani kuylashdi, bu jamoa ruhiyatiga tasir qilgan bo'lishi mumkin. Karlush Keyrush jamoasi uelsliklardan yaxshiroq ko'rindi, ammo uzoq vaqt gol ura olishmadi. Uels termasi darvozaboni Ueyn Hennessining chetlatilishi hal qiluvchi omil bo'lib xizmat qildi, shundan so'ng Eron ikkita gol urdi. SHu tariqa, eronliklar guruhdan chiqish imkoniyatlarini saqlab qolishdi.



Qatarning qolib ketishi

Qatar terma jamoasi turnir mezboni maqomiga ega bo'lganiga qaramay, pley-offga chiqa olmadi. Senegal bilan o'yinda qatarliklar 1:3 hisobida mag'lub bo'lishdi va shu orqali JCH antirekordini o'rnatishdi. Qatar guruh bosqichida ikkita o'yinda mag'lub bo'lgan birinchi mezbon davlatga aylandi. Qolaversa, mundiallar tarixida ikkinchi marta mezbon mamlakat pley-offga chiqa olmadi.


Angliyaning oqsashi

Eron ustidan ishonchli g'alabadan so'ng Angliya terma jamoasi turnir favoriti sifatida qayd etildi. Ammo britaniyaliklar ikkinchi turda AQSHni mag'lub eta olmadi va Garet Sautgeyt shogirdlarida qandaydir ustunlik bor edi deb bo'lmaydi. O'yin nisbatan teng kurashlarga boy o'tdi va durang natija kuzatilgani mantiqan to'g'ri. Endi Angliya terma jamoasida Uels bilan o'yinda xato qilishga haqqi yo'q. Agar angliyaliklar pley-off yo'llanmasini qo'lga kiritishni istashsa, qanday qilib bo'lmasin uelsliklarni mag'lub etishlari shart.


Saudiya Arabistonining mag'lubiyati

Saudiya Arabistoni kutilmaganda mag'lub bo'ldi. Argentinaga qarshi o'yindagi muvaffaqiyatdan so'ng saudiyaliklar Polsha bilan o'yinda unchalik katta muammoga duch kelmasa kerak deb o'ylashgandi. Avvaliga rostan shunday bo'ldi: Saudiya Arabistoni yaxshiroq ko'rindi va o'tkazib yuborilgan goldan keyin ham hisobni tenglashtirishi mumkin edi, biroq Al Dovsarining penaltidan tepgan to'pi SHensni tomonidan qaytarildi. Ehtimol, saudiyaliklar Argentina ustidan qozonilgan g'alabadan keyin bo'shashgan yoki o'zlariga haddan tashqari ishongandir. Garchi o'yinda Saudiya Arabistoni raqibga nisbatan yaxshiroq ko'ringan bo'lsa-da, Polshani mag'lub eta olmadi.


Levandovskining JCHdagi ilk goli

Robert Levandovski Saudiya Arabistoni darvozasiga ikkita to'pdan birini kiritdi. Ajablanarlisi shundaki, bunday goleador uchun JCHlardagi birinchisi bo'ldi! Robert uchun joriy mundial ikkinchisi, u Rossiyada bo'lib o'tgan 2018 yilgi musobaqada gol urmagandi.


Yaponiyaning kutilmagan mag'lubiyati

Musobaqaning yana bir shov-shuvli jamoasi birinchi turdagi muvaffaqiyatini takrorlay olmadi. Germaniyani mag'lub etgan Yaponiya Kosta-Rika bilan o'yinda qoqildi. Saudiya Arabistoni misolida yaponiyaliklar ham raqibdan yaxshiroq ko'rinishdi, ammo ular darvozani ishg'ol qila olishmadi. Kosta-rikaliklar baribir gol urishdi – bu o'yin oxirida sodir bo'ldi. G'alaba qozongan taqdirda Yaponiya JCHning pley-off bosqichiga chiqishi mumkin.


Belgiya termasining muvaffaqiyatsizligi

Belgiyaliklarning oltin avlodi sekin-asta o'tmishga aylanib bormoqda. Buni Belgiyaning Marokash bilan o'yin natijasi isbotladi. Jamoaga shunchaki etakchi etishmadi. Azar va de Bryuyne maydonda bo'lsa-da, ularning hech biri jamoani ortidan ergashtira olmadi. Guruhdan chiqish uchun belgiyaliklar so'nggi turda Xorvatiyani mag'lub etishlari kerak. Boshqa variant: xorvatiyaliklar bilan durang, biroq Marokash Kanadaga qoniqarli hisobda imkoniyatni boy berishi sharti bilan. Bunday holda qo'shimcha ko'rsatkichlar hisobga olinadi.


Germaniya terma jamoasi guruhda so'nggi o'rin egasi

Ushbu Jahon chempionatida Germaniya terma jamoasi ham qoqilmoqda. Yaponiya va Ispaniya terma jamoalari bilan o'yinlarda atigi bir ochko jamg'argan Xansi Flik shogirdlari ayni damda o'z guruhida oxirgi o'rinda bormoqda. Endi nemislar Kosta-Rikani mag'lub etib, Ispaniyaning Yaponiya ustidan g'alaba qozonishini kutishlari kerak. Aks holda, Germaniya fiaskoga duch keladi, yani Jahon chempionatida ketma-ket ikkinchi marta guruhdan chiqa olmaydi.


Gollar to'lqini

Ikkinchi davraning so'nggi kunida 14 ta gol urilgan bo'lsa, shundan 11 tasi ikkita o'yinga to'g'ri keldi. Avvaliga Kamerun va Serbiya haqiqiy triller namoyish etishdi, unda afrikaliklar hisobni ochishdi, shundan so'ng evropaliklar uchta gol urishdi. So'ngra Kamerun uch daqiqa ichida ikkita gol urib, hisobni durangga olib keldi. Serbiya hatto g'alaba qozonishi mumkin edi, ammo biroz omad etishmadi. Olovli durang – 3:3!

Keyingi o'yinda ham deyarli shunday bo'ldi. Gana 2:0 hisobida oldinda borayotgan edi, ammo Janubiy Koreya ikkinchi bo'lim boshida hisobni tenglashtira oldi. 68-daqiqada ganaliklar "Ayaks" hujumchisi Muhammad Kudusning goli evaziga hisobda oldinga chiqib olishdi. Balki bu turnirdagi eng yaxshi o'yinlardan biri bo'lgandir.


Favoritlar guruhdan chiqishdi

Ikkinchi tur yakunlariga ko'ra, pley-offning ilk ishtirokchilari ham aniqlandi – Franciya, Braziliya va Portugaliya. Ular ikkitadan g'alabaga erishib, guruhdan chiqish masalasini hal etishdi.


Nikolay Egorichev

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика