So’nggi yangiliklar

15:55Норвегия 99,9% ЖЧда! Эстонияга қарши кечган қийин ўйин тақдири 6 дақиқа ҳал қилинди!  0 15:35Миср ва Ўзбекистоннинг ўйин услублари ўхшаш бўлганми? Эктор Купердан жавоб  1 15:18А Сериянинг октябрдаги энг яхши футболчиси оғир жароҳат олди ва Африка Миллатлар Кубогини ўтказиб юборади  0 14:491995 йилги Нигерия билан ўйинлар, Кападзенинг дебюти, Наманганда меҳмон Уганда — Африка вакиллари билан ўйинларни эслаймиз  0 14:29Қатар ва Саудия Арабистони клублари Модричга даъвогарлик қилмоқда  0 14:00Абрамовнинг "Динамо"си тарих остонасида: ким совринли ўринлардан четда қолади?  7 13:38Меҳди Тареми: "Ўзбекистон даражаси нуқтаи назаридан кичик жамоа эмас, улар жуда сифатли футбол кўрсатади"  6 13:10Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди  10 12:52"Севинч" — 17 карра Ўзбекистон чемпиони!  3 12:31Рафинья индивидуал машғулотларга қайтди  1 12:04Миср етакчиларидан бири Ўзбекистонга қарши ўйнамайди  2 11:43Сака "Арсенал"нинг чемпионлиги ҳақидаги гап-сўзларга эътибор бермаслиги айтди  0 11:20Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Миллий футбол марказида ўқув-машғулот йиғинига киришди  5 10:44"Манчестер Юнайтед" Германия терма жамоаси ҳужумчисини нишонга олди  0 09:53Месси шарафига "Камп Ноу"да унинг ҳайкали ўрнатилади  7

Qatar JCH-2022 inshootlarida muhojir ishchilarining sharoitlarini yoritgan ikki jurnalistni 32 soatga hibsga oldi Yangiliklar

Qatar JCH-2022 inshootlarida muhojir ishchilarining sharoitlarini yoritgan ikki jurnalistni 32 soatga hibsga oldi

Norvegiya radioeshittirish korporaciyasining (NRK) ikki jurnalisti Qatarda mamlakatni tark etayotib hibsga olindi.

Xalvor Ekeland (muxbir) va Lokman Gorbani (fotosuratchi) 2022 yilgi jahon chempionati inshootlari qurilishida ishtirok etayotgan muhojir ishchilarining mehnat va yashash sharoitlarini yorituvchi material tayyorlash vazifasini oldilar.

Norvegiyalik jurnalistlar ishchilar bilan, shuningdek, mahalliy rejimni tanqid qiluvchilardan biri bilan suhbatlashdi. Bundan tashqari, ular JCH-2022 uchun masul xodimdan intervyu olishdi.

Jurnalistlar yakshanbadan dushanbaga o'tar kechasi taxminan yarim tunda hibsga olingan va seshanba kuni ertalab qo'yib yuborilgan. Hozirda 32 soat hibsda bo'lgan ikkala xodim Norvegiyaga qaytishgan.

Jurnalistlardan telefonlar, kompyuterlar, fotoapparat va suratga olingan materiallar tortib olingan.

Qatar rasmiylari jurnalistlar xususiy hududga noqonuniy raqishda kirganliklari va ruxsatsiz suratga tushirishgani uchun hibsga olinganini aytdi.

NRK bosh direktori Tor Germund Eriksen vaziyat haqida shunday dedi: "Ommaviy axborot vositalarini dunyodagi eng yirik sport tadbirlaridan birida erkin va mustaqil jurnalistika bilan shug'ullanishiga to'sqinlik qilib bo'lmaydi. Bu masalani FIFA bilan qanday hal qilish to'g'risida o'ylab ko'ramiz".

Norvegiyaning "Verdens Gang" gazetasi FIFAdan vaziyat bo'yicha izoh so'ragan, ammo hech qanday javob ololmagan.

Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика