Qashqadaryo viloyati hokimi mavsum starti oldidan “Nasaf” azolari bilan uchrashdi
01 mar 16:34
Yangiliklar
Qashqadaryo viloyati hokimi mavsum starti oldidan “Nasaf” azolari bilan uchrashdi
“Nasaf” bugun O'zbekiston Superligasida ishtirokini boshlaydi.
“Mavsum starti arafasida Qashqadaryo viloyati hokimi, viloyat futbol associaciyasi prezidenti Murotjon Berdialievich Azimov “Nasaf” futbol klubining qarorgohiga tashrif buyurib, murabbiylar shtabi va futbolchilar bilan uchrashuv o'tkazdi.
Uchrashuv davomida viloyat rahbari “Nasaf” futbol klubining nafaqat Qashqadaryo viloyati, balki respublika miqyosida ham muhim o'rin tutishini alohida etirof etdi. Shuningdek, klub kelgusida ham O'zbekiston milliy va yoshlar terma jamoalari uchun iqtidorli futbolchilarni etkazib beruvchi asosiy tayanch baza sifatidagi faoliyatini davom ettirishiga ishonch bildirdi.
Yakunda Murotjon Azimov jamoaga yangi mavsumda muvaffaqiyat, omad va yuqori natijalar tiladi”, — deyiladi klub xabarida.




O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar