So’nggi yangiliklar

02:11ЕЧЛ саралаши. "Қайрат" сўнгги босқичнинг илк баҳсида "Селтик" билан дуранг ўйнади. Барчаси Олмаотада ҳал бўлади  4 01:13Шоҳмалик Комилов: "Бугун қийин бўлишини билардик. "Шўртан" - футбол ўйнайдиган жамоа"  4 00:34Биринчи лига. Охтаевдан пента-трик, пешқадамлардан ғалабалар ва бошқа натижалар  1 00:19U-21 биринчилиги. "Пахтакор"дан 8:0, "Машъал"дан камбэк, пешқадам "Навбаҳор"дан ғалаба ва бошқа натижалар  0 23:55Вадим Абрамов: "Мен ВАРни тушунмаяпман"  14 23:45Иван Бошкович: "Биз охиригача курашадиган жамоамиз"  9 23:40Суперлига. "Шўртан" – "Навбаҳор" 3:3  0 23:21"Динамо" Танташевнинг Жиззахдаги қарорлари бўйича расмий эътироз киритди  24 23:11Дониёр Нарзуллаев: "Бироз омадимиз келмади. Голларимни фарзандларимга бағишлайман"  0 22:36Элдор Мойлиев: "Қийналиб тўп киритамиз, кейин эса оддий гол ўтказамиз"  4 22:11Сергей Лушчан: "Қўлни туширмасдан ишлашда давом этамиз, олдинда Кубок ўйини кутяпти"  10 22:06Суперлига. "Сўғдиёна" "Динамо"га қарши ўйинда 102-дақиқада урилган гол эвазига мағлубиятдан қутулиб қолди   104 21:38Суарес фаолиятини Месси билан бирга якунламоқчи  3 20:55Суперлига. Ғузорда дарвозаларга 6 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  73 20:47"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини Туркияда давом эттиради  5

Qashqadaryo viloyati chempionati. 2-tur bahslari yakunlandi Yangiliklar

Qashqadaryo viloyati chempionati. 2-tur bahslari yakunlandi

Qashqadaryo viloyati futbol federaciyasi tomonidan bu yilgi mavsumga start berildi.

Ichki chempionatda jami 18 ta jamoa ishtirok etmoqda. Ushbu hafta 2-turning barcha uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

2-tur natijalariga ko'ra, Elbek Jo'raev shogirdlari “Qarliq”(Muborak) jamoasi  raqiblar darvozasiga 7ta to'p kiritishib  6 ochko jamg'argan holda, turnir jadvalida karvonboshlik qilmoqda.

Qamashining “Zafar” jamoasi esa  o'z maydonida  Qarshi olimpiya zahiralari kollejining “Olimpiya”  jamoasini qabul qildi. Ushbu  bahsda mezbonlar qamashiliklar 2:0 hisobida chempionatdagi ikkinchi g'alabasini nishonlashdi.

2-turning ikki bahsida futbol muxlislar “gollar shousi”ga guvoh bo'lishdi.

“Nasaf” futbol maktabi tarbiyalanuvchilari  2001 yillarda tug'ilgan tarbiyalanuvchilardan iborat “Nasaf-FM”jamoasi “CHiroqchi” jamoasi mehmoni bo'lishdi.
Mazkur bahsda  yosh “nasafchilar”  o'zilaridan 15-20 yoshdan katta bo'lgan chiroqchilik futbolchilarga qarshi  maydonda kurash olib borishdi.

Asabiy tarzda o'tgan uchrashuvda  Azamat Aliqulov shogirdlari yirik ko'rinishdagi 7:4 hisobida mag'lubiyat alamini tortib ko'rishdi.   

Ikkinchi gollar shousi  kichik “qarshi derbi”sida kuzatildi  “Binokor”-“Qarshi” jamoalari o'rtasida kechgan shiddatli bahsda qarshilik yo'lbarslar  Arslon SHaropov  shogirdari  hamshahrilari darvozasiga naqd 8 ta to'p kiritishdi. Yakuniy hisob . 8:2   

2-tur natijalari bilan tanishing:
“Hisor”(SHahrisabz) - “Mashal-FM(Muborak) ” 0-0
“Semrug'”(Yakkabog') -“SHo'rtan-FM”(G'uzor) 1-2
“Novqat –CITY”(Kasbi) -“Ko'kdala”(CHiroqchi) 3-1
“Alanga”(Koson) -“Qarliq”(Muborak)  1-3
“Binokor”(Qarshi) -“Qarshi”(Qarshi)  2-8
“CHiroqchi”(CHiroqchi) -“Nasaf-FM”(Qarshi) 7-4
“Zafar”(Qamashi) -“Olimpiya”(Qarshi OZK) 2-0
“Turon”(Qarshi QSKXK ) -“Neftchi”(Kitob) 3-0

“Nishon”(Nishon) - “Navbahor”(Kasbi) jamoalari o'rtasidagi uchrashuv qoldirildi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика