So’nggi yangiliklar

23:46Бундеслига. "Байер" ўз уйида "Хоффенхайм"га мағлуб бўлди, "Боруссия Дортмунд" сўнгги дақиқаларда иккита тўп ўтказиб, ғалабадан қуруқ қолди  4 23:38"Леванте" — "Барселона". Таркиблар маълум  2 23:28АПЛ. "Арсенал" "Эмирейтс"да "Лидс"га жавобсиз 5 та гол урди, Гёкерешда дубл!  6 23:21Мирко Йеличич: "Жамоам ривожланаётгани кўзга ташланмоқда"  0 22:42Айбек Нурбаев: "Локомотив" бугун U19 жамоа билан ўйнагандек бўлди. 20 кунни қандай ўтказамиз, ҳайронман"  0 22:25Суперлига. "Сурхон" – "Насаф" 1:2   0 22:23"Реал" собиқ футболчиси "Бавария"га ўтиши мумкин  0 21:47"Атлетико" — "Эльче". Таркиблар маълум  0 21:27Суперлига. Хуршид Ғиёсовнинг бенефисига айланган учрашувда ОКМК "Хоразм"ни мағлуб этди  9 21:18БАА Про лигаси. "Дибба Ал Жумайра" 5 та гол урилган ўйинда "Ал Айн"га мағлуб бўлди, Абдуллаев тўлиқ ўйнади  0 21:10"Арсенал" Эзени "Кристал Пэлас"дан 60+7,5 млн фунтга сотиб олди  1 20:58Ўзбекистон кубоги 1/4 финал босқичи учрашувларида ишловчи расмийлар билан танишинг  1 20:25Суперлига. Воҳа дербисида "Насаф" "Сурхон"ни мағлуб этди  40 19:54Про лига. "Локомотив" "Жайхун"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 19:32"Ал Аҳли" — Саудия Арабистони Суперкубоги соҳиби. Роналду ва "Ал Насср" яна соврин ютолмади  64

Qashqadaryo. Ikkinchi liga: 7-tur uchrashuvlari natijalari Yangiliklar

Qashqadaryo. Ikkinchi liga: 7-tur uchrashuvlari natijalari

O'tgan hafta Qashqadaryo viloyatida Ikkinchi liganing 7-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.
Qarshining “Nasaf-98” jamoasini qabul qilgan Kosonning “Alanga-2” jamoasi teng kurashlarga boy bo'lgan uchrashuvda imkoniyatni boy berdi. SHiddatli kechgan uchrashuvning birinchi bo'limida “Alanga-2” jamoasida bir qator imkoniyatlar yuzaga keldi. Birinchi vaziyatda 14-raqamdagi Muslim Sulaymonov yaqin masofadan darvozani ishg'ol qila olmagan bo'lsa, 11-daqiqada kosonliklarning 11-raqamli futbolchisi Kamron Asqarov yuzaga kelgan imkoniyatni ko'kka sovurdi. Uchrashuvda hisob ochilavermagach “Nasaf-98” jamoasi murabbiylari tarkibda o'zgarishni amalga oshirishdi. 28-daqiqada Artyom Yanborisov o'rniga maydonga tushgan Orzumurod Axmedov o'ziga garchi yaxshi harakat qilgan bo'lsada, murabbiylar ishonchini oqlay olmadi va keyinchalik uning o'rniga Ruslan Nusratullaev maydonga tushdi.

Uchrashuvning ikkinchi bo'limini shiddatli hujumlar bilan boshlagan qarshiliklar 55-daqiqaga kelib hisobni ochishdi. Jarima maydonchasi tashqarisida kosonlik futbolchi “Nasaf-98” hujumchisi Bobur Abduxoliqovni qo'pollik bilan to'xtatib qoldi. Uchrashuv bosh hakami SHerzod Ro'ziqulov tomonidan belgilangan jarima zarbasini Jahongir Qurbonboev golga aylantira oldi. Keyingi daqiqalarda har ikki jamoa futbolchilari bir qator hujumlar uyushtirishgan bo'lishsa-da, yakunda hisob o'zgarmay qoldi.

"Alanga-2″ - "Nasaf-98″ - 0:1 (0:0)

07.06.2014. 7-tur. Koson Markaziy stadioni. 67 tomoshabin.

Hakamlar
: SHerzod Ro'zikulov, Nusrat Halimov, Yunus SHirinov
Nazoratchi: Olim Tolipov

Gol: Jaxongir Kurbonboev, 55 (0:1)

"Alanga-2″: 28.Ibroxim Bobokulov; 21.Mirjalol SHaripov; 5.Olimjon Allanov; 3.Ergash Kodirov; 17.Kosim Norchaev; 77.SHerali Subxonov; 19.Sardor Amonullaev (4.Mirjalol Toirov, 62); 11.Kamron Askarov; 14.Muslim Sulaymonov (18.Anzor Axadullaev, 50); 7.Bekzod Kushmurodov; 9.M. Nosirov (15.J. SHarofiddinov, 84)
"Nasaf-98″: 12.To'ra Sadriddinov; 5.SHerzod Nasrullaev; 22.SHoxrux Safarov; 20.Samandar SHukrullaev; 18.Sardor Sadullaev; 15.Artyom Yanborisov (19.Orzumurod Axmedov, 28) (11.Ruslan Nusratullaev, 75); 17.Davron To'raev; 8.Jaxongir Kurbonboev; 21.Xudoyberdi Xolikov; 9.Rustam Xazratkulov; 7.Bobur Abduxolikov (10.Akmal Olimov, 87)

7-turning qolgan uchrashuvlari:
6 iyun

“Nasaf-99” – “Nuriston” 5:1
“SHo'rtan-FM” – “Navbahor” 4:1
7 iyun
“Hisor” – “SHo'rtan-98” 1:3

“Binokor” –“A-Ko'kdala” uchrashuvi “Binokor” jamoasi futbolchilarining Toshkentdagi turnirga ketganligi sababli qoldirildi.

8-tur uchrashuvlari:
10 iyun, seshanba

“Nasaf-98” – “SHo'rtan-FM”
“A-Ko'kdala” – “Nasaf-99”
11 iyun, chorshanba
“Navbahor” – “Mashal-99”
“SHo'rtan-98”- “Binokor”
“Olimpiya” – “Alanga-2”
“Mashal-98” – “Nuriston”
“Neftchi” – “Po'lati-B”
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика