So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  4 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

Qarshidagi “Markaziy” stadionga chiptasiz kirish imkoniyati yaratiladi Yangiliklar

Qarshidagi “Markaziy” stadionga chiptasiz kirish imkoniyati yaratiladi

Xabaringiz bor, “Nasaf” yangi mavsumda "Gollox tour group" hususiy professional sport agentligi bilan hamkorlik qiladi.

Agentlik Qarshidagi “Markaziy” stadionda bo'ladigan uchrashuvlar va barcha tadbirlarga chipta sotish huquqini xarid qildi. Saytimiz muxbiri xususiy agentlik direktori SHerali Ishbo'riev bilan suhbatlashdi.

"Gollox tour group" qanday agentlik?


Agentligimiz yanvar oyida o'z faoliyatini boshladi. Iqtidorli futbolchilar haqidagi malumotlarni yig'ib boramiz va ular haqida barcha parametrlarni saytimizga joylab borib, xorijiy futbol klublariga tavsiya qilamiz. Biz bilan hamkorlik qiladigan , xorijda bo'lib turgan futbolchilarimizni haq-huquqlarini himoya qilamiz. Maqsadimiz futbolga bo'lgan qiziqishni orttirish va muhlislarga shart-sharoit yaratish, mahoratli futbolchilarni qo'llab-quvvatlashdan iborat. 2019 yil noyabr oyi oxirida “Nasaf”ga taklif bilan chiqdik va bir oydan so'ng jamoaning uy o'yinlariga kirish uchun sotiladigan barcha biletlarni xarid qilish bo'yicha kelishuvga erishdik.


Yaqin kelajakda “Markaziy” stadionga chiptasiz kirish imkoniyatini yaratiladi


Ayni paytda Qarshidagi markaziy stadionda 42ta kuzatuv kamerasi mavjud. Keyingi mavsumdan stadionda var tizimi ishlagach, 314 ta kamera o'rnatiladi. Ichki ishlar bo'limi bilan hamkorlikda ishlaymiz va elektron tizimga o'tamiz . Bu tizimda biletni kimgadir ko'rsatish talab etilmaydi. CHiptasi bo'lmagan muxlislarni kameraning o'zi anglab oladi hamda to'lov qog'ozini uning manziliga yuboradi. Demakki yonlarida mablag' yoki chiptasi bo'lmagan ishqibozning stadionga kirishiga hech kim to'sqinlik bo'lmaydi. Ushbu elektron tizimni 2-davra boshlarida o'rnatishni rejalashtirganmiz.


“Nasaf”ning yangi madhiyasini stadiondagi muxlislarga ayttiramiz


Ayni paytda "Nasaf" ning barcha o'yinlariga chiqadigan chiptalarning orqa tarafiga jamoaning yangi madhiyasining matnini joylashtirib chiqmoqdamiz. “Nasaf” – “Andijon” bahsiga 20 mingta chipta sotuvga chiqardik. “Nasaf”ning yangi madhiyasi tez orada tayyor bo'ladi. Biz stadiondagi barcha ishqibozlarga yangi madhiyamizni bir ovozda baralla kuylatmoqchimiz. Muxlislarga sharoit yaratish maqsadida Kitob, SHahrisabz, G'uzor, Mirishkor, Dehqonobod, CHiroqchi, Yakkabog' tumanlaridan ishqibozlarni Qarshiga olib kelish uchun 4ta avtobus qo'yganmiz. Bu avtobuslar muhlislarni Qarshigacha bepul olib keladi. SHuningdek butun mavsum mobaynida dron shou, lazer, salyut shou kabi turli xil ko'ngilochar tadbirlarni o'tkazib borishni rejalashtirganmiz, - deydi SHerali Ishbo'riev. 


Nomoz CHoriev yozib oldi

Reyting: +55   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика