So’nggi yangiliklar

10:13"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" футболчиси учун курашда етакчилик қилмоқда  0 09:44Бир қатор спорт юлдузлари Франция жамоасининг инвесторларига айланишди  0 09:15АПЛнинг кўплаб жамоаларидан қизиқиш бўлаётган Шешко келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:46"Ал Насср" яна бир португалиялик ТОП футболчига таклиф билан чиқди  0 08:17Максим Шацких: “Ёзги йиғиндан ва селекциядан кўнглим тўлди”  4 07:45Суперлига. Бугун дахшат учрашувлар бор  17 07:20Суперлига. "Пахтакор" сафарда "Машъал" устидан ғалаба қозонди, ОКМК эса "Бухоро"ни мағлуб этди  0 00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  4 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  3 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  2 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  2 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  11 22:49Улуғбек Бакаев: "Футболда шунақа: сен урмасанг, сенга уришади"  8 22:20Manchester Evening News журналисти "Ман Сити"нинг Ҳусанов бўйича режаларини хабар қилди  5

Qarshidagi “Markaziy” stadionda ish qizg'in FOTOGALEREYA Yangiliklar

Qarshidagi “Markaziy” stadionda ish qizg'in FOTOGALEREYA

Qashqadaryo vohasining bosh futbol arenasi – Qarshi shahridagi “Markaziy” stadionda ayni paytda ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.

Qarshining “Nasaf” jamoasi mana bir necha yildirki, O'zbekiston chempionati oliy ligasida muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda. Jamo azolari o'tgan yili o'z tarixlarida 10 marotaba chempionatning bronza medallarini qo'lga kiritish bilan birga ilk marta O'zbekiston superkubogi sohibiga aylanishdi.
O'tgan yilining iyun oyida  O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov vohadagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar bilan tanishish jarayonida Qarshi shahridagi “Markaziy” stadionda bo'lib, bu erda futbolchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib, stadionni zamonaviy tarzda qayta rekonstrukciya qilib, muxlislar va futbolchilar uchun sharotilarni yanada yaxshilash lozimligini takidlagandilar.

O'tgan yilning noyabr oyidan boshlab stadionda rekonstrukciya ishlari boshlab yuborildi. Dastlab stadionning futbol maydoni drenaj tizimi butunlay yangilandi. Fevral oyining o'rtalarida futbol maydoniga voha iqlimiga mos keladigan maxsus chim yotqiziladi.

Klub matbuot xizmatining malumotlariga qaraganda, stadionda qurilish ishlari uch bosqichda tashkil etiladi. Dastlabki bosqichda stadion maydoni va uning atrofidagi tribunalari kengaytiriladi. 2-bosqichda stadion hududida “Nasaf” futbol maktabi tarbiyalanuvchilari uchun usti yopiq futbol maydoni barpo etiladi. Qurilishning  uchinchi bosqichida esa stadion shimoliy minbari tomonda futbol maktabi uchun ko'rkam o'quv binosi qurish rejalashtirilgan.
Stadionda qurilish-tamirlash ishlari “Nasaf” jamoasi muassisi – SHo'rtangazkimyo majmuasining qurilishi brigadasi tomonidan amalga oshirilmoqda.

Stadionda qurilish-tamirlash ishlarining birinchi bosqichi yakuniga etgach, “Markaziy” stadionda o'rindiqlar soni 16 mingda 22 minggacha ko'payadi. Qarshilik futbol muxlislar sevimli jamoalari ishtirokidagi bellashuvlarni mamlakat chempionatining ikkinchi davrasi- avgust oyidan boshlab yana “Markaziy” stadiondan tomosha qilish imkoniyatga ega bo'lishadi.

Aziz NURIY.

Suratlarda: “Markaziy” stadionda amalga oshirilayotgan qurilish ishlaridan lavhalar.

Suratlar muallifi: Sardor NUROV.


Reyting: +39   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика