So’nggi yangiliklar

02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  0 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  4 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  1 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  1 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  4 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  4 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  10 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  15

Qarshida yomg'ir tindi, jamoalar esa allaqachon stadionda FOTOGALEREYA Yangiliklar

Qarshida yomg'ir tindi, jamoalar esa allaqachon stadionda FOTOGALEREYA

Teglar :  NasafAl VaslOCHL
"Nasaf" hamda "Al Vasl" jamoalari Qarshidagi "Markaziy" stadionga etib kelishdi.

Ayni paytda Qarshida erta tongda boshlangan kuchli yomg'ir tingan. Havo harorati biroz sovuq. Futbolchilar uchun futbol o'ynaydigan ajoyib havo. Dastlab stadionga o'yinni boshqarib boradigan avstraliyalik hakamlar hamda uchrashuv komissari tashrif buyurishdi.


Sal o'tib esa mehmonlar "Al Vasl" klubi o'zi ajratilgan "SHo'rtan" jamoasi avtobusida "Markaziy" stadionga etib keldi. Oxirgi bo'lib esa mezbonlar "Nasaf" jamoasi avtobusi "Markaziy" stadionga kelib to'xtadi.


SHuni alohida qayd etish kerakki, havo sovuqligiga qaramasdan amirliklar futbolchilarining aksariyati juda engil kiyinib olgan. Ular o'zlarini xuddiki Dubayda yurgandek his etishgan shekilli, hozircha Qarshidagi sovuq o'z tasirini ko'rsatgani yo'q.

"Nasaf" jamoasi vakillarining kayfiyati ancha yuqori. Lekin shu bilan birgalikda jamoa azolari jiddiylikni ham yo'qotishgani yo'q. Ular qanchalik masuliyatli bahsga tayyorgarlik ko'rishganini bir zum bo'lsada unutishgani yo'q.

"Nasaf"ning asosiy tarkibi

Ro'ziqo'l Berdiev bugungi uchrashuvda chap qanot himoyasida avval taxmin qilganimizdek Saydullo Rahmatovni qo'ygan. "Al Faysali"ga qarshi o'yinga nisbatan faqatgina shu o'zgarish amalga oshirilgan. "Persepolis" bilan o'yindagi kabi jamoa bugun 3 markaziy himoyachi bilan emas, balki o'zining odatiy uslubida, yani 4-2-3-1 taktik sxemasida o'ynaydi.

Garchi havo harorati biroz sovuq bo'lishiga qaramasdan "Nasaf"ning ashaddiy ishqibozlari hozirdanoq stadionga kelib o'z o'rnilarini band etib turishibdi. Yomg'ir tinganini inobatga olsak, o'yin boshlanguniga qadar tribunalar o'z egalarini topishiga shubha yo'q. Zero bugun "Nasaf" o'z muxlislari olqishiga va qo'llab-quvvatlashiga muhtoj.

Yaqin daqiqalar ichida ko'pchilik intiqlik bilan kutgan uchrashuv start oladi. Biz esa o'z navbatida "Nasaf" jamoasiga omad tilab qolamiz!
Demak qarshiliklar "Markaziy" stadionga otlanishlari kerak bo'lsa, qolgan o'zbekistonlik millionlar o'yini ihlosmandlari soat 17:55da boshlab televizor qarshisiga yaxshilab mixlanib olishsa maqsadga muvofiq bo'lardi.


Ha-ya, aytgancha, Siz aziz o'quvchilar esa sevimli saytingizdan bir zumda bo'lsada chiqib ketishni hayolingizga keltirmang:-)

Reyting: +38   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика