So’nggi yangiliklar

02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  0 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  4 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  1 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  0 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  2 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  3 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  10 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  14

Qarshida yomg'ir, stadion OCHL o'yiniga tayyor. "Nasaf"ning taxminiy tarkibi Yangiliklar

Qarshida yomg'ir, stadion OCHL o'yiniga tayyor. "Nasaf"ning taxminiy tarkibi

Teglar :  OCHLNasafAl Vasl
Bugun Osiyo CHempionlar ligasi 2-turi doirasidagi "Nasaf" - "Al Vasl" uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Qarshi shahridagi "Markaziy" stadionda o'tadigan bellashuv 18:00da start oladi.

OCHL-2018
"S" guruhi
, 2-tur
"Markaziy" stadion, Qarshi
20.02.2018. 18:00

"Nasaf" (O'zbekiston) – "Al Vasl" (BAA)

Bosh hakam: Jillet Jared (Avstraliya)


Ayni paytda Qarshi shahrida yomg'ir yog'moqda. Havo harorati 6 daraja iliq, shamolning tezligi soatiga 14.8 km/soat. Yomg'irli havo bugun kechga qadar davom etishi kutilmoqda. Hatto, o'yin payti ham shaharni yomg'irli bulutlar tark etmasligi taxmin qilinmoqda.


Qarshi shahridagi havo harorati

12:30. 6 daraja iliq, yomg'ir. shamolning tezligi soatiga 14.8 km/soat.

18:00. 5 daraja iliq, yomg'ir. shamolning tezligi soatiga 15.2 km/soat.


Ko'rib turganingizdek, bugun futbolchilarga bunaqangi ob-havoda to'p tepish oson bo'lmaydi. Ayniqsa, darvozabonlarga qiyin bo'ladi. Muxlislar havoga qaramay, o'z suyuklilarini olqishlash uchun stadionga kelishlari aniq. Kecha kun davomida stadion kassalaridan o'yinga chipta olish uchun kelgan muxlislarning oqimi tugamadi. Agar, yomg'ir halal bermasa ishqibozlar stadionni kamida 75 foizga to'ldirishsa kerak.

"Nasaf"ning rasmiy mashg'uloti

"Nasaf" kecha, 19 fevralda "Al Vasl"ga qarshi bahs oldidan rasmiy mashg'ulot o'tkazdi. "Markaziy" stadionda kechgan mashg'ulotning dastlabki 15 daqiqasi OAV vakillari uchun ochiq bo'ldi. Ana shu vaqt davomida 3 nafar darvozabon Denis Ivankov boshchiligida alohida shug'ullangan bo'lsa, qolgan o'yinchilar Ro'ziqul Berdiev boshchiligida mashqlarni bajarishdi. Qizib olish va kayfiyat qo'shish maqsadidagi mashqlar maydon markazidagi aylana ichidan chiqmagan holda olib borildi. Mashg'ulot davomida futbolchilarning kayfiyati mutlaqo alo darajada bo'ldi. Bosh murabbiy muhim to'qnashuv oldidan shogirdlarining ruhiyatini ko'tarishga urg'u bergani ko'rinib turdi.


Kechagi mashg'ulot boshlangunga qadar "ajdarlar" ustozi Ro'ziqul Berdiev bilan biroz suhbatlashdik. Ana shu suhbat davomida undan Aziz G'anievning uzoqdan zarba berishi haqida fikrini so'radik. R.Berdiev esa mashg'ulotga chiqish oldidan Aziz G'anievga aynan uzoqdan ko'proq zarbalar berishi kerakligi haqida aytdim deya takidladi. Bu borada G'anievga videoroliklar ham ko'rsatilgan. Demak, murabbiy shogirdlariga o'zlarining ustun tomonlaridan kelib chiqib alohida ko'rsatmalar berib chiqqan.

Taxminiy tarkib

"Nasaf"ning bugungi o'yiniga o'zimizning taxminiy tarkibimizni berib o'tamiz. Demak, Ro'ziqul Berdiev bugun deyarli "Al Faysali"ga qarshi o'ynagan tarkibni qo'yishini taxmin qilayapmiz. Faqatgina, chap qanot himoyasida SHarof Muhiddinov o'rnini nisbatan tajribaliroq Saydullo Rahmatov egallasa kerak.

Qarshiliklar bugun 4-2-3-1 sxemasida maydonga tushishlari ehtimoli katta. Bunda, Hamrobekov haqiqiy tayanch yarim himoyachisi vazifasini bajarsa, G'aniev markazga yaqin o'ynaydi va hujumlarni rivojlantiruvchi bo'ladi. Qanotlarda vingerlik Hasanov va Kenjaboev zimmasiga tushadi. CHeran hujumchi ortida o'ynasa, Abdixoliqov markaziy hujumchi rolini bajaradi.

"Nasaf"ning taxminiy tarkibi: Sanjar Quvvatov - Slavko Lukich, Igor Golban, Umar Eshmurodov, Saydullo Rahmatov - Odil Hamrobekov, Azizjon G'aniev - Jasur Hasanov, Islom Kenjaboev, Dragan CHeran - Bobir Abdixoliqov.


Mashg'ulotdagi alo kayfiyat o'yinchilarni bugun o'yindan keyin ham tark etmasin deya "Nasaf"ga omad va g'alaba tilab qolamiz. Stadionda ko'rishguncha!

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +81   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика