So’nggi yangiliklar

14:04Лизаразю "Ал Насср"га трансфер бўлган Команни танқид қилди  0 13:35Беллингем ва Камавинга "Реал"нинг ЕЧЛ учун қайдномасига киритилган ҳамда "Қайрат"га қарши ўйнаши мумкин  1 13:08Гвардиола мураббий сифатида топ-лигалардаги 600-ўйинида қатнашди. Ғалабалар фоизи сизни ҳайратда қолдиради  4 12:40"Насаф"нинг халқаро майдондаги мағлубиятли серияси давом этмоқда  8 12:20Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли"нинг мағлубиятсиз серияси 19 та ўйинга етди  0 11:56"Насаф"нинг асосий ҳимоячиси "Ал Ҳилол"га қарши ўйнай олмайди  4 11:38Гол ўтказмаган посбон, "Нефтчи"ни ютган мураббий ва 30 ёшли легионер — Суперлигада 21-турнинг энг яхшилари​  3 11:20Дориев, Норчаев, Яшин, Йўлдошев ва бошқалар... Суперлига 21-тур рамзий терма жамоаси  1 11:04Футзал. Бугун терма жамоамиз Осиёнинг номдор жамоасига қарши баҳс олиб боради  0 10:38Жаҳон чемпиони 31 ёшида фаолиятини якунлади  4 10:12Goal АПЛнинг барча даврлардаги энг яхши ҳужумчисини эълон қилди  9 09:45Sofascore. Алиқулов энг яхшиларидан бири бўлди  1 09:18Сентябр-октябрь ойидаги ФИФА кунларига ўзгартириш киритилди. Қарор келаси йилдан кучга киради   2 08:51Ҳусанов рамзий термадан жой олди  7 08:23Пролига. Бугун турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  0

Qarshida seminar mashg'ulot taqdimoti bo'lib o'tdi (foto) Yangiliklar

Qarshida seminar mashg'ulot taqdimoti bo'lib o'tdi (foto)

Avval xabar qilganimizdek, bugun Qarshi shahridagi “Geolog” madaniyat va sport sog'lomlashtirish markazida germaniyalik FIFAning etakchi eksperti Monika SHtaab tomonidan mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan ayollar jamoalari va etakchi futbolchilar uchun muljallangan seminar mashg'ulot taqdimoti bo'lib o'tdi.


Seminar mashg'ulotning boshlanishidan oldin uning ochilish marosimi va Monika SHtaab tomonidan loyihaning taqdimot marosimi ham bo'lib o'tdi.


Seminar boshg'ulotning ochilish marosimini O'zAFAning vakili Alisher Fayziev kirish so'zi bilan boshlab berdi.


Keyin Germaniyaning O'zbekistondagi elchixonasi matbuot kotibi To'ychi Ro'ziboev elchixona va O'zbekiston Ayollar Futboli Associyasining ko'p yillardan buyon mamlakatimizda ayollar futbolini yanada rivojlantirish uchun  olib borilayotgan sai-harakatlari to'g'risida gapirib berdi. Jumladan, “SHuni Sizlarga qo'shimcha tarzda aytib o'tmoqchimanki, O'zbekistonda Germaniya elchixonasi kabi  hech bir elchixona hozircha bunday xayrli ish bilan shug'ullanayotgani yo'q. Umid qilamizki, bunday xayrli ishlar bundan buyon ham davom etaveradi”,-deydi To'ychi Ro'ziboev.


SHundan so'ng loyiha rahbari va muallifi Monika SHtaab seminar o'tkazilishining asosiy maqsadi va vazifalari haqida so'zlab, seminar mashg'ulot ish rejasi bilan yig'ilganlarni yaqindan tanishtirib o'tdi. U jumladan, “O'zbekistonda ayollar futboli sezilarli darajada rivojlanayotganiga guvohman. Xuddi shunday yo'lni Germaniya ham bosib o'tgan, umid qilamanki hali Sizlarda ayollar futboli bundanda yuqori chuqqiga chiqadi. Bunday ijobiy o'zgarishlarga bizning ozgina bo'lsada hissamiz tegsa, maqsadimizga erishgan bo'lamiz, men sizlarga butun jahon ayollar futbolidagi  mashg'ulotlar jarayoni va o'yinnni tashkil qilish borasidagi yangi joriy etilayotgan jarayonlar bilan tanishtirish niyatidaman. SHuningdek sizlardagi mavjud tajribani ham o'rganib, boshqa davlatlarga yoyish ish rejamdan joy olgan”,-deydi Monika SHtaab.

Etiboringiz uchun, Monika SHtaab vaqtida ayollar Bundesligasidagi  “Frankfrut” ayollar jamoasida o'n bir yil mobaynida murabbiylik qilgan, uning qo'l ostidagi jamoa 1999 yildan 2005 yilgacha besh marta mamlakat chempionligini va Germaniya Kubogini qo'lga kiritgan.  Uning jamoasi  shuningdek 3 marta Evropa chempionlar ligasi g'olibi hisoblanadi. Keyinchalik Monika SHtaab ushbu klubga rahbarlik ham qiladi. Uning tashabbusi bilan klub qoshida Germaniyadagi ilk qizlar futbol maktabi ish yurita boshlagan.

56 yoshdagi ushbu mutaxasis keyingi yillarda FIFA tasarrufida etakchi ekspert sifatida o'z tajribasini va dunyo ayollar futbolidagi yangiliklarni er yuziga yoyish bilan shug'ullanmoqda. U shu paytgacha 70ta davlatda shunday seminar mashg'ulotlar o'tkazganligi diqqatga sazovordir. Ushbu mutaxasis nemis tilidan tashqari ingliz tilini ham mukammal biladi. Monika SHtaab yurtimizda shunday seminar mashg'ulotni ikkinchi marta o'tkazmoqda, bundan avval u 2010 yilda ham Qarshi shahrida seminar mashg'ulot o'tkazgan edi.

FIFAning ushbu etakchi eksperti yurtimizda uch mobaynida ish yuritadi. Qarshidagi seminar mashg'ulot ertadan ish boshlaydi va 23 dekabrgacha davom etadi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика