So’nggi yangiliklar

01:25"Мақсадимиз — қасос эмас, Чемпионлар Лигасида ғалаба қозониш!" — Арбелоа "Бенфика" билан ўйин олдидан  0 00:41Моуринью: "Эҳтимол, мен "Реал"дан истеъфога чиқарилмаган саноқли мураббийлардан биридирман"  1 00:26Каталония дербиси! "Жирона" ва "Барселона" баҳсни қандай таркибда бошлайди?  9 00:22Расман: Азиз Турғунбоев — «Андижон» футболчиси  3 23:54Расман: "Навбаҳор" икки легионер билан шартнома имзолади  3 23:40"Ўзлари симуляция қилиб, энди ахлоқдан дарс беришяпти!" — Милан мэри Кьеллини ва Дель Пьерони "ерга туширди"  2 23:00Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади  96 22:37Шармандалик: Туркияда мухлислар ҳакамнинг бошига велосипед билан зарба беришди!  7 22:33Расман: Жасур Ҳакимов — "Металлург" футболчиси!  0 22:12Назорат баҳси. "Сўғдиёна" - "Динамо" Батуми 2:0  0 21:43"Реал"ни мусобақадан чиқариб юборишни истайман!" — Моуринью Арбелоа ва Мадрид ҳақида гапирди  43 20:46"Ҳакамлик даражаси тарихдаги энг паст нуқтада!" — Жефф Стеллинг ВАРни кескин танқид қилди  0 19:51Исак жиддий жароҳатдан сўнг қайтишга яқин  4 19:23"Арсенал" футболчиси афсонавий Райт натижасини такрорлади  0 18:57"Милан" 40 ёшли Модричга янги шартнома таклиф қилади  2

Qarshida qolgan qasam: Qosimovning "Nasaf"ga qarshi qora statistikasi Yangiliklar

Qarshida qolgan qasam: Qosimovning "Nasaf"ga qarshi qora statistikasi

Bugun Superliga 11-turidan o'rin olgan markaziy to'qnashuv guvohiga aylanamiz.

Musobaqa jadvalida peshqadam bo'lib turgan OKMK jamoasi Qarshida bir pog'ona pastda va bir ochkoga ortda borayotgan "Nasaf" mehmoni sifatida maydonga chiqadi.

So'nggi besh yilda sovrinlar uchun doimiy kurashayotgan bu ikki jamoa o'rtasidagi to'qnashuv o'ta principial tus olgan. Bu raqobat faqat maydonda emas, murabbiylar faoliyatida ham muhim ahamiyatga ega. Berdiev va Qosimov - etarlicha tarixga ega bo'lgan shaxslar to'qnashuvi. Biroq ayrim statistik malumotlar "ajdarlar"ning o'z uyidagi ustunligini ko'rsatib turibdi.

O'zaro uchrashuvlar 

Jamoalar shu kunga qadar Superliga doirasida 36 marotaba uchrashishgan bo'lib, katta ustunlik maydon egalari tomonida 17 g'alaba. 5 ta o'yinda olmaliqliklarning qo'li baland kelgan bo'lsa, 14 ta bahsda kuchlar teng kelgan. OKMK oxirgi marotaba raqibini Superliga doirasida 2020 yil taslim qilishni uddasidan chiqqan u ham bo'lsa Olmaliqda (2:1). Keyingi 9 ta o'yinning 4 tasida Ro'ziqul Berdiev shogirdlari 3 ochkolik bo'lgan, 5 ta o'yinda murosa ko'chasi tanlangan. 


Qosimovning Qarshida qolgan qasami 

Mirjalol Qosimov 2019 yil OKMK boshqaruvini qo'lga olgan bo'lsada, shu vaqtgacha biror marotaba Qarshida "Nasaf"ni dog'da qoldirishga muvaffaq bo'lgani yo'q. Statistikaga yuzlanadigan bo'lsak, 8 ta o'yin (2 ta O'zbekiston Kubogida) faqat 2 bor durang qayd etilgan, xolos. 6 ta o'yinda Berdievning boshi osmonda bo'lgan. To'plar nisbati 2:14 ko'rinishda. "Konchilar" hattoki oxirgi 3 ta bellashuvda mehmonda raqibi darvozasiga gol ura olmagan. Jamoaning "Nasaf" ustidan safarda qo'lga kiritgan yagona g'alabasi 2018 yilgi mavsumda Baxtiyor Ashurmatov davrida qo'lga kiritilgan. 

Tarixiy g'alabadagi tarkib 

"Nasaf" - OKMK 0:2

Bosh hakam: Viktor Serazitdinov (Toshkent)

Qanot hakamlari: Ravil Shoyaxmetov (Toshkent), Husniddin Shodmonov (Buxoro)

Zaxira hakami: Isxaq Ibragimov (Nukus)

Nazoratchi: G'ayrat Karimov (Toshkent)

Uchrashuv komissari: Laziz Qo'chqorov.

Gollar: Muzaffar Muzaffarov 49, - 0:1 (Jasur Hasanov). Zohir Pirimov 62, - 0:2.

“Nasaf”: 35.Sanjar Quvvatov, 4.Maqsud Karimov (38.Akmal Mozgovoy, 67), 5.G'olib G'aybullaev, 7.Odiljon Hamrobekov, 9.Amirjon Safarov, 10.Bobir Abduxoliqov, 14.Sharof Muhitdinov,  15.Dilshod Saitov, 27.Islom Rashidxonov (20.Islom Kenjaboev, 60), 31.Saydullo Rahmatov (52.Sherzod Temirov, 79), 92.Umarbek Eshmurodov.

Zaxira: 1.Umidjon Ergashev, 3.Ilhomjon Alijonov, 17.Doniyorjon Narzullaev, 18.Bobir Davlatov, 28.Xurshidbek Muxtorov.

OKMK: 12.Roman Abdulov, 2.Abduqahhor Hojiakbarov, 6.Azamat Isroilov, 8.Muzaffar Muzaffarov (71.Jamshid Hasanov, 78), 11.Jasur Hasanov, 13.Lutfulla To'raev (s), 14.Zohir Primov, 15.Vladimir Bubanya, 16.Milosh Trifunovich (9.Zafar Polvonov, 46), 19.Vladislav Kasminin, 23.Yovan Jokich.

Zaxira: 46.Xurshid Xo'jaev, 17.Kamoliddin Murzoev, 21.G'ulom-Haydar G'ulomov, 22.Abdumalik Abdullaev, 24.Javlon Guseynov, 70.Oybek Qilichev, 72.Alisher Samatov.

Ogohlantirishlar: Yovan Jokich 68, G'olib G'aybullaev 75


Superligadagi vaziyat. "Nasaf"da mag'lubiyatsiz yurish davom etadimi?

Aytish mumkinki, ikki jamoa ham Superligada barqaror ishtirok etmoqda. Qosimov jamoasi o'zining kambeklari bilan raqiblarini hushyor bo'lishga chaqirayotgani, "Nasaf"ning Kubokdan so'ng bor etiborini elitaga qaratishi va hokazo. Fakt shuki, qarshiliklar joriy mavsumda Superligada mag'lub bo'lmagan ikki jamoadan biri bo'lib turibdi (yana bittasi "Dinamo"). Jamoa oxirgi marotaba 2024 yilning 30 noyabr kuni uyda "Metallurg"ga yutqazgandi. 

Taxmin 

Yuqoridagi faktorlardan kelib chiqib aytganda bugun kuchlar teng kelishi ehtimoli yuqoriroq. Jamoalarning oxirgi bahsida OKMK kambek evaziga raqibini taslim qilgan faqat u kubok musobaqasida edi. Bugungi o'yin boshqa, unga bo'lgan munosabat ham farq qiladi. Taxminimcha, aynan shu o'yin g'olibi birinchi davrani chempioni sifatida yakunlaydi. 

OKMKning taqvimi:

12-tur. OKMK - "Sho'rtan"

13-tur. "Navbahor" - OKMK

14-tur. OKMK - "Surxon"

15-tur. "Mashal" - OKMK

"Nasaf"ning taqvimi:

12-tur. "Nasaf" - "Navbahor"

13-tur. "Mashal" - "Nasaf" 

14-tur. "Nasaf" - "Paxtakor"

15-tur. "Dinamo" - "Nasaf"

Ko'rinib turibdiki, "ajdarlar"ning keyingi raqiblari OKMKnikiga nisbatan ancha jiddiyroq. OKMKda biroz engilroq desak mubolag'a bo'lmasa kerak. 

Yoqimli tomosha tilaymiz!

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика