So’nggi yangiliklar

17:39МЮ ҳимоячиси Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  0 17:16Рио Фердинанд Николас Жексонни Дрогбага қиёслайди  1 16:45Сонга Америкадан таклиф тушди  0 16:29Шамиль Яфаров 75 ёшда!  0 16:09"Ҳали трансфер ойнасидаги ишимизни тугатмадик. Ҳимоя чизиғини кучайтиришни режалаштирганмиз" — Вадим Абрамов  1 15:47"Истиқлол": Кожога омад тилаймиз  8 15:21"Насаф" асосий футболчиларидан бири билан шартномани узайтирди  5 15:00"Манчестер Сити" янги дарвозабон билан келишувга эришди — Here We Go!  2 14:43"Навбаҳор"дан трансфер тақиқи ечилди  8 14:18"Спортинг" Сегунда тўпурарини харид қилмоқда  0 13:50Instagram орқали мураббий излаётган Ҳиндистон Хавига рад жавобини берди  13 13:22Андреа Пирло Дубай жамоаси бош мураббийи этиб тайинланди  3 12:54"Алавес" "Барселона" тарбияланувчиси трансферини эълон қилди  3 12:25"Шўртан" 7 нафар футболчиси билан шартномани бекор қилди  2 11:57"Эвертон" мухлисларини АҚШдаги эксклюзив очиқ машғулотга таклиф қилди  0

Qani yuristlar, maydon sizniki! Yangiliklar

Qani yuristlar, maydon sizniki!

Kecha O'FA rasmiy saytida Superliganing ikki klubi "Navbahor" hamda "Bunyodkor"ga O'FA Ijroqo'mi qaroriga muvofiq 500 million so'mdan jarima solingani haqida rasmiy xabar chiqdi.

Gap shundaki, o'tgan yil oliy liga doirasida bo'lib o'tgan "Qo'qon-1912" - "Navbahor" bahsida "Navbahor" yarim himoyachisi Oybek Qilichev raqibning erda yotgan futbolchisini aytayin tepishga uringani uchun bosh hakam tomonidan chetlatilgandi. Keyinchalik Ijroqo'm Qilichevning ishini o'rganib chiqib, uni bir yil muddatga chetlatish haqida qaror chiqardi. Lekin "Navbahor"ning mavsumoldi o'rtoqlik uchrashuvlarida bu futbolchi jamoa tarkibida ko'rinish berdi. 

"Bunyodkor" himoyachisi Dilshod Ahmadaliev bilan bog'liq masala esa juda murakkab. O'FA uning yoshi kichraytirilgan deya butunlay futboldan chetlatdi. Lekin shu o'rinda savol tug'iladi: Dilshod yoshini o'zi borib kichraytirganmi yoki unga kimdir ko'mak berganmi? Har holda 15-16 yoshli bolaning xayoliga bu narsa kelmasa kerak. Holzir bu erda go'yoki Ahmadalievning o'zi aybdor bo'lib qolgandek. Vaholanki, unda nima ayb? Aybi birovning gapiga kirganimi? Voyaga etmagan bolani aldashdan osoni bormikin? 

Xullas yakunda Dilshod Ahmadaliev futboldan butunlay chetlatildi. Ammo oradan ko'p o'tmay, u "Bunyodkor" mashg'ulotlarida ko'rinish berdi. Kerak bo'lsa, Ahmadaliev "Bunyodkor"ning Dubaydagi o'quv-yig'in mashg'ulotiga ham borib keldi. Lekin shuni ayta olamizki, bu erda Dildshodning hech qanday aybi yo'q. U - futbolchi va maydonga tushib to'p tepyapti, xolos. Har holda qo'ltig'ida bitta papkani quchoqlab qog'ozli ishlar bilan chopib yurmagan bo'lsa kerak. 

SHunday qilib O'FA Ijroiya qo'mitasi "Bunyodkor"ga ham 500 million so'm miqdorida jarima soldi. Xo'sh, bu qaror qanchalik to'g'ri? Aytish mumkinki, 500 million so'm kichkina pul emas va "Navbahor" uchun ham, "Bunyodkor"ga ham bu pulni to'lash oson bo'lmaydi. Har ikkala jamoa hozir moddiy tomondan baquvvat emasligi haqidagi gap-so'zlarni eshitib qolyapmiz. Masalan, "Navbahor"ning konkret homiysi yo'q, jamoa mana bir necha yildirki hokimiyat qaramog'ida. "Bunyodkor"ga yirik kompaniyalardan biri "UzTransGaz" homiylik qilmoqda, ammo tashkilotning ushbu jarimaga munosabati qanday bo'ladi? Albatta, bu ham alohida masala. 

Ijroqo'mning bu erda yaqqol haq tomoni chetlatilgan ikkala futbolchining ham mavsumoldi o'rtoqlik uchrashuvlarida ko'rinish bergani. SHu o'rinda "Navbahor" va "Bunyodkor" klublari chetlatilgan o'yinchilarni o'rtoqlik uchrashuvlarida sinab ko'rayotgani haqida O'FAni ogohlantirib qo'yishi mumkinmidi? Keyin bu borada yana bitta masala turibdi. Bilishimizcha, O'FA Ijroiya qo'mitasi azolari safida "Bunyodkor" bosh direktori Murod Aliev ham bor. Demak, nimadir qaror chiqarishdan oldin Ijroqo'm azolari yig'ilishi va hamma birgalikda qaror chiqarishi lozim bo'lgan. 

Aytaylik, Dilshod Ahmadaliev butunlay futboldan chetlatilishidan Murod Alievning xabari bo'lganmi? U kishi Ijroqo'm azosi sifatida o'sha yig'ilishda qatnashganmi? Yoki bo'lmasa har ikkala klubga jarima solinishidan oldin klubga bu borada xat yuborilganmi? Hech bo'lmasa, shu-shu futbolchilar haliyam o'ynab yuribdi, ehtiyot bo'linglar degan manoda O'FA tomonidan ogohlantirish berilganmi? 

Ko'rib turganingizdek, savollar ko'p, biroq bu savollarga javob topish endilikda "Navbahor" va "Bunyodkor" klublarida faoliyat yuritayotgan yuristlarning zimmasidagi ish hisoblanadi. Ko'plab joylarda bu kabi muammolarni hal qilishda yuristlar hal qiluvchi rolni o'ynaydi. Ular barchasiga qonun doirasida javob topishga harakat qilishadi. SHunday ekan, hurmatli yuristlar, maydon sizniki! Bu borada kim qanchalik haq? Marhamat, klub yuristining ishi klub manfaatini qonun doirasida himoya qilishmi, demak bu borada oxirigacha kurashish ham avvalambor Siz bajarishingiz kerak bo'lgan ish hisoblanadi.

Reyting: +51   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика