So’nggi yangiliklar

08:11"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини Туркияда давом эттириши мумкин  0 07:40Пролига. Бугун марказий учрашув бўлиб ўтади  0 07:15Суперлига. "Хоразм" — "Қизилқум" 0:1  0 00:51Қосимов фаолиятини Ироқда давом эттиради  3 00:30"Манчестер Сити" Родриго харидидан воз кечди, жамоа ўз вингерини сақлаб қолади  1 23:40Санчо "Рома"га ўтишни хоҳламаяпти, аммо римликлар уни кўндиришга уриниб кўради  0 23:13Ҳаким Фузайлов: "Хоразм"ни Суперлигада олиб қолишга ҳаракат қиламиз, бошқа йўлимиз ҳам йўқ"  6 22:59"Тоттенхэм" 60 млн. фунтлик трансферга яқин турибди  0 22:27Стримернинг онасини сўккан Россия терма жамоаси собиқ футболчиси аёлнинг ўзидан кечирим сўради  2 22:11Акмал Рустамов: "Суперлигада ўйинлар орасида вақт кам. Бир кунни йўлга сарфлаяпмиз, икки кун сунъий майдонда машғулот қилдик"  2 21:58Алонсо "Реал"нинг ўйинини кўчиришни рад этишгани ҳақида: "Футболчилар соғлиғи учун бизни қўллаб-қувватлашларини хоҳлардик"  6 21:15Левандовски Ла Лига 2-турида "Барселона"га ёрдам бера оладими?  1 21:00Суперлига. "Хоразм" 15 йилдан сўнг уйига қайтган оқшомда "Қизилқум"га мағлуб бўлди  20 20:37Артём Петросян: "Ўйинни якка курашларда ютқазганимиз учун бой бердик"  1 20:08Шавкат Юсупов: "Локомотив"да Суперлига савиясидаги ўйинчилар йиғилган"  1

Qanday tashkil etilgan: ikkinchi liga futbolchisi Yangiliklar

Qanday tashkil etilgan: ikkinchi liga futbolchisi

RPFLdagi kelishgan o'yinlar, alkogolizm, maosh haqida ikkinchi divizion futbolchisi anonim tarzida so'zlab berdi.

Bolalik


Futbolga meni otam olib kelgan. O'shanda etti yoshda edim va bu menga kerakmi, yo'qmi bilmasdim. Bolalar va o'smirlar futbol maktabida to'liq o'qiganman va maydonga ko'pinchi asosiy tarkibda tushardim. O'qish tugadi, futbolni tugatishni xohlamadim va jamoa qidirishni boshladim. O'shanda ilk marotaba ikkinchi ligada qatnashdim.

Yashash sharoiti


Boshqa shahardan kelganlar bazada yashardi. SHaroitlar juda yomon bo'lgan. Premer-liganing o'rinbosarlar safida o'ynaganimda hammasi yaxshi edi. Biz bazada yashardik, ovqatlanardik, mashg'ulot o'tkazardik va o'sha erdan uchrashuvlarga yo'l olardik. Ko'pincha mehmondagi o'yinlarga samalyotda uchganmiz. Bir-ikki marta poezd va avtobusda uchrashuvlarga borganmiz. 

Biz bloklarda yashardik, xar bir blokda ikki kishili ikki xona bo'lgan. Butun boshli baza uchun bitta dush va ikkita xojatxona bo'lgan. Bazadan 200 metr uzoqlikda bo'lgan kafeda ovqatlanardik. O'zimizning oshpazlar bo'lgan, ammo ular klubning asosiy jamoasi uchun ovqat tayyorlar edi.

Asosiy jamoa futbolchilarida sharoitlar ancha yaxshi bo'lgan: bir kishilik nomerlar, yaxshi oqatlar, bilyard, Wi-Fi, televizor. Bizda esa yagona eski televizor bo'lgan va bu televizordan hamma bir vaqtda foydalardik. Ammo bu keyingi yashagan joylarimdan yaxshiroq edi.

Bir jamoada 60-70 yillarda qolgan bazaga o'xshash bino bo'lgan. Bir xonada 3-4 kishi yashaganmiz. Qishda bazida issiq suv bo'lmasdi, shu sabab sovuq suvda ham cho'milganmiz. Kiyimlarni ham kam berishardi: xar doimgidek uch hil emas, ikki hil, mashg'ulotga va o'yinga. O'z kiyimimizni o'zimiz yuvganmiz. Butsa sotib olish uchun uch ming rubldan berishgan, bu pullarga tuzukroq oyoq kiyim xarid qilib bo'lmas edi, shu sababli o'zimiz ham pul qo'shar edik. O'rinbosarlarda esa ikki juftdan yaxshi butsa berishgan.

Maosh


Birinchi shartnomamni o'z shahrimdagi ikkinchi liga jamoasi bilan tuzganman. 12 ming maoshli uch yillik bitim. Rubl albatta. Mukofot pullari bo'lmagan. Kattaroq futbolchilarning maoshi qanchaligini bilmagandim, ammo 30 mingdan oshmasa kerak.

Premer-liga jamoasida o'ynagan kezlarim 13 ming olganman va xar doimgidek mukofot puli yo'q. Men bilan birga kelgan do'stimning maoshi 30 ming bo'lgan. Murabbiyning sevimli futbolchilar bo'lardi va uning o'zi kim qancha maosh olishi haqida buyruq bergan. Asosiy jamoa futbolchilari o'rtacha 300 ming rubl haq olgan. Ularning mukofot muli g'alaba uchun 300 ming, durang uchun 150 ming rubl bo'lgan.

Eng ko'p olgan pulim 125 ming va qo'shimcha 70 ming mukofot puli bo'lgan. O'shanda men FNL jamoasi bilan yig'in o'tkazganman va ular bilan shartnoma imzoladim. Ammo mavsum boshlanishidan oldin menga shunday deyishgan: "Hozir chet elliklar keladi, joyni bo'shatish kerak. Biz sen bilan shartnomani bekor qilamiz".

Albatta jahlim chiqdi, ammo futbolni tugatish fikridan yiroq edim. Transfer oynasi yopilishidan oldin, meni qandaydir ikkinchi liga jamoasi tiqib qo'yishdi. SHunday qilib, birinchi ligani faqat hidlab ko'rdim..

Agent

17 yoshligimda mening agentim paydo bo'ldi. Meni va yana bir qancha kishini restoranga taklif qilib, yaxshi sharoitda o'ynshamizga vada berishdi. Uning so'zlariga ko'ra, men agentimga maoshimning 10%ni berishim kerak edim, lekin faoliyatim davomida biror marta bu ishni qilganim yo'q. Men ishlagan kishida kattaroq baliqlari bor edi, mening 3-4 ming rublim unga kerak bo'lmasligi aniq. Ammo boshqa yigitlarning agentlari 20 ming oladigan futbolchidan 2 ming olishdan uyalmasdi.

O'z agentim bilan hayotimda 3 marta uchrashganman. Unga qo'ng'iroq qilish juda qiyin. Men agent bilan unga ishlaydigan odam orqali gaplashaman.

Bir marta jamoasiz qoldim va agentimga qo'ng'iroq qilishni boshladim, ammo u trubkani ko'tarmadi. Unga ishlaydigan kishiga qo'ng'iroq qildim, aksiga olib u ham hech narsa qila olmasligini takidladi. So'nggi soniyalarda ular bir amallab menga jamoa topib berishdi.

"Mushtumzo'rlar"

Xar bir jamoada kichkinaga baqiradigan yoshi katta bor. 30 yoshga to'lgan erkak oila boqishi kerak, undan tezroq, epchilroq yigitlarni qo'pol yo'l bilan yo'q qilishga urinadi. Men bilan bu voqea yuz bermagan, ammo do'stimga ikkala oyoq bilan tashlanishgan va do'stim juda og'ir jarohat olgan. U 6 oy futboldan uzoqda yurgan.

Bu yangi hikoya emas, Vadim Evseev degan mashhur futbolchi ham mashg'ulotlarda xuddi shu ishni qilgan. Ammo ikkinchi ligada bu odati holat hisoblanadi. Yoshlar bundan qo'rqmasdi, biz xuddi armiyada xizmat qilayotgandek tasavvur uyg'onardi.

Bir jamoada o'ynaganmida, klubdagilarning yarmi Moskvadan, yarim janubiy viloyat yigitlari bo'lgan. Jamoamiz ahil bo'lgan deya olmayman, doimo qandaydir muammolar bo'lgan. Ish xatto dahanaki janglargacha etib borgan.

Jarimalar

Bir jamoani deyarli hamma ishi uchun jazolashgan. Agar sen baza hududiga kechki 11dan ertalabki 7gacha kirib kelsang, maoshning 10%ni ushlab qolishardi. Tushlikka kech qolsang - 1500 rubl to'laysan. Bir yigit bazada quyosh nurida dam olib yotgani uchun jazolangan. Bir safar men va yana bir necha yigitlarni mast holda tutib olishgan va yarim maoshdan ayirishgan.

Kechki sayrlar


Birinchi jamoamdan tashqari, qolgan barchasida kechki sayrga chiqardim. Ko'pincha o'yindan keyin kechki klublarga borganmiz.

Bir bazada qorovul kechasi uhlagani kirib ketar edi. Biz ikkinchi qavatda yashardik va doimo oynadan qochardik. Guruh-guruh bo'lib, klublarga borganmiz.

Tungi klublarda ichardik va raqsga tushardik. Pivo, viski, rom, aroq - umuman olganda hammasini ichardik. Men odatda pivo ichardim, ammo bir-ikki marta aroq bilan ham "do'stlashgan" paytim bo'lgan. Erta tongda bazaga qaytardik. Kimdir baza ochilganidan so'ng, kimdir esa vaqtliroq kelar edi. Bu yurishlarimizni murabbiy bilib qolgan va bir futbolchini jamoadan haydab yuborgan, chunki u yigit asosiy tarkib o'yinchisi bo'lmagan va unga shavqat qilib o'tirishmagan.

Boshqa jamoaning bazasidan esa tunda umuman qochib bo'lmasdi. U erda hamma erda kameralar, qoruvullar bo'lgan. SHu sababli, o'z xonamizga ichimlik olib kirishga majbur bo'lardik.

Alkogolizm


Bir yili futboldan umuman ko'nglim sovib ketdi. Bir jamoa bilan shartnoma imzolab, keyingi kun klub bazasiga kelganman va o'shanda qandaydir ahlatxonaga kelganimni bildim. U erda hamma xohlagan ishini qilar edi. Futbolchilar deyarli xar kuni ichardi, murabbiylar ertalab mashg'ulotni o'tkazib keyin qaytib ketardi. Bu jamoada tungi klubga borish kerak emas edi, chunki bazaning o'zida "bayram" uyushtirib yuborishardi. Bir marta musiqa balandligidan qo'shni binodagi kishilar policiyani chaqirishgan.

Men doimo o'z kasbimga jiddiy yondoshganman, o'ynab ketishni xohlardim va hozirgacha buni istayman. O'sha jamoadagi ikkinchi davrada men ham ularning biriga aylanib qoldim. Ammo asosiy tarkib futbolchisi bo'lganman. Bazaning yonida oqsochlar yurardi, ular ham biz bilan birga ichishardi.

O'yindan oldin ichmasdim, ammo hamma ham men qilgan ishni qaytarmasdi. O'sha jamoada bir futbolchi bo'lardi, xar tong ichib, mashg'ulotga mast holda chiqardi. Uni uzoq vaqt haydashmadi, ammo mavsum yakunlanishiga bir-ikki oy qolganda shartnomani bekor qilishdi. 

Ikkinchi ligandagi murabbiylarning yarmi mast bo'lguncha ichadi. Mashg'ulotga bunday holda kelmasdi, ammo o'yindan keyin yaxshigina kayfu-safo bo'lardi.

KELISHILGAN O'YINLAR

Bir paytlar o'yinni sotganman, bir o'zim emas, ammo qatnashchilarning biri edim. O'yindan oldin qandaydir kishi kelib, 5-6 futbolchini tanlab oldi va raqibga g'alabani taminlash kerakligini tushuntirdi. Albatta o'z darvozamizga gol urmadik, ammo to'liq kuch bilan o'ynamadik, bazida futbolchini yopmadik, bazida to'pni qo'yib yubordik. Darvozabon ham to'pga etolmagandek sakrab qo'yardi. Hujumchilar esa noaniq zarba berardi. Natijada 1:2 hisobida mag'lub bo'ldik. Bu ish uchun 15-18 ming atrofida oldik. Kam maosh olganingda, boshqa joydan pul ishlab olish haqida o'ylab qolarding. Agar yaxshi to'lashganida, hech qachon bunday ishlarga rozi bo'lmasdim.

Bir safar shunday voqea yuz bergan: CHempionat oxirigacha 5 yoki 6ta o'yin qolgandi. Aynan kim kelishganini bilmasdim, ammo hammasi uchun pul to'lab qo'yilgan edi. Ochiqchasiga o'yinni bizga berishgan: masalan, darvozabon tashqariga chiqib ketardi, himoyachilar to'pni olib oldinga borishni xohlamasdi. Avvaliga jamoadagilar buni bilmadi, keyinroq esa hammasini tushunib etishdi. So'nggi o'yinlarda murabbiyning o'zi bu haqda gapira boshladi va natijada barcha uchrashuvlarda g'alaba qozondik.

Boshqa jamoada 2:0ga yutayotganimizda zaxiradan o'yinga qo'shilayotganimda murabbiy menga quyidagi gapni aytdi: "Kelishib qo'yganmiz, bir to'p farqi bilan g'alaba qozonishimiz kerak. Sen maydonga chiqib raqibga penalti ishlab berasan". Almashtirildim, ammo hech narsa qilganim yo'q va uchrashuv 2:0 hisobida yakunlandi. Keyin menga hech kim hech narsa degani yo'q.

Umuman olganda ikkichi ligada kelishilgan o'yinlar soni etarlicha. Ammo o'ylashimcha, Premer-liga va FNLda bunday uchrashuvlar ko'p. Bir marta Premer-ligadagi kelishilgan o'yin haqida aytib qolishdi. Tikdim va yutdim.

Keyin nima

Ikkinchi ligadagi o'yinlarga 500 kishi kelardi. Ularning aksari futbolni sevadigan pensiyadagi yoshi katta kishilar. Meni hech kim hech qachon tanib qolishmagan.

To'g'risini aytsam, ikkinchi liga jonga tegdi, teparoqda o'ynashni istayman. Buning barchasi, avtobusdagi sayoxatlar, ahmoqona tashkilotchilik, bir ahvoldagi bazalardan zerikdim.

Agar jarohat olib qolsam, nima bilan shug'ullanishni ham bilmayman. Oliy malumotliman, ammo universitetda ham yaxshi o'qimaganman, ko'p narsani pul bilan hal qilganman. SHu sababli, futbol - yashash uchun pul ishlab topa oladigan yagona manbaim.



Ruschadan Jasur Aslanov tarjimasi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика